2. Inflyatsiyaning turlari va iqtisodiyotga ta’sir omillari.
3. O’zbekiston iqtisodiyotidagi Inflyatsiyaning tahlili.
4. Inflyatsiyaga qarshi siyosatni takomillashtirish yo‘llari.
Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga iqtisodiy o‘sishni, to‘lov balansining barqarorligini, ishsizlikning past darajasini taʼminlash qatori inflyasiya surʼatlarini pasaytirish ham kiradi.
Inflyasiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish)- maʼlum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi deb taʼriflanadi.
Hozirgi kunda barcha davlatlarda inflyatsiya bor.
Inflyasiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning surʼati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli taʼsiri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyasiyaning iqtisodiyotga taʼsiri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.
Inflyasiyaning past darajada bo‘lishi — mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilgani holda iqtisodiyotning uzoq muddatda sog‘lom faoliyat yuritishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi
nflyasiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, baʼzilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyasiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflyasiya atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyasiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi
Inflyasiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‘lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‘arma va isteʼmol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo‘jaliklarning pul massasi va unga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklar, shuningdek Markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu keltirib o‘tilgan omillar o‘z mohiyatiga ko‘ra inflyasiyaga, uning darajasiga turlicha taʼsir etishi mumkin
Inflyasiyaning yuzaga chiqish shakllari
Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi
Mahsulotlar va xizmatlar narxining o‘sishi natijasida pulning qadrsizlanishi
Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini ko‘tarilishi
Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi
Мамлакат аҳолисида олтиннинг тўпланиши
Aholi va xo‘jalik subʼektlarida xorijiy valyutaning jamg‘arilishi