Bizning mamlakatimizda hozir inflyasiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustahkamlash yuzasidan asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
-- milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investitsiya faoliyatining susayib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini taʼminlash;
— raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni takomillashtirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
— xalq isteʼmoli tovarlari tayyorlovchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlari tarkibini o‘zgartirish va zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
— tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
— soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy eʼtiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
— davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
— pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga muvofiq o‘zgartirib turish;
— tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag‘batlantirish;
— erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish;
— davlat budjeti taqchilligini noinflyasion yo‘llar bilan qisqartirish;
Albatta, yuqorida taʼkidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun maʼlum vaqt kerak. Eng muhimi, oqilona yo‘lga qo‘yilgan antiinflyasion siyosat pirovard natijada milliy pul birligi mustahkamlanishiga va pul tizimi barqarorlashishiga xizmat qiladi.
Albatta, yuqorida taʼkidlab o‘tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash uchun maʼlum vaqt kerak. Eng muhimi, oqilona yo‘lga qo‘yilgan antiinflyasion siyosat pirovard natijada milliy pul birligi mustahkamlanishiga va pul tizimi barqarorlashishiga xizmat qiladi.
Isteʼmol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish inflyasiyaning oldini olishda muhim rol o‘ynashini qayd etdik.
Bu maqsadda esa:
-iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga investitsiyalar miqdorini oshirish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiri;
-xizmat ko‘rsatish va servis sohasini ustuvor tarzda rivojlantirish;
-aholining bo‘sh turgan mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish;
-iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish uchun soliq yukini kamaytirish kabi ustuvor vazifalarni amalaga oshirish kerak.