Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning narxlarini o‘sishi, yaʼni pullarning miqdori o‘sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
1.Sokin (sudralib yuruvchi, mo‘tadil) inflyasiya. Ushbu inflyasiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi deyarli o‘zgarmaydi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2.Shiddatli inflyasiya. “Ushbu inflyasiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 10% dan 100% gacha baʼzi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko‘payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyasiya) inflyasiya. Ushbu inflyasiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq Yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko‘rsatadi, narx-navo va ish haqi o‘rtasidagi farq ortadi.
Inflyasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini quyidagicha
Aholi va korxonalar real daromadlarining pasayishi.
Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Pulning moddiy boylikka almashinish jarayoni tezlashadi.
Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar kamayib boradi.
Aholining pul ko‘rinishidagi jamg‘armalari qiymati tushib ketadi;
Ishlab chiqarishga bo‘lgan manfaatdorlik qisqaradi.
Iqtisodiy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi pasayadi.
Manba : Gazeta.uz
Mamlakatimizda 1994 yil 1 iyuldan O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘la qiymatli milliy valyuta – yagona qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan “so‘m”ning muomalaga kiritilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Lekin mamlakatimizda “1992-1994 yillarda isteʼmol narxlarining o‘sishi o‘rtacha 1000 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich, ayniqsa, 1994 yili o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili inflyasiya darajasi 1282 foizni tashkil etdi, bu esa iqtisod fanida giperinflyasiya deb yuritiladi”. Aynan shunday juda murakkab davrda O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining pul–kredit siyosati, birinchi navbatda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga, inflyasiya darajasini kamaytirishga va iqtisodiyotdagi to‘lov intizomini kuchaytirishga yo‘naltirildi. “Pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish hamda pulning qadrsizlanishiga qarshi samarali tadbirlar qo‘llash zarur. Pulning qadrsizlanishi surʼatlarining ancha pasaytirilishi hozirgi bosqichda barqarorlashtirish siyosatining o‘zagidir”