O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
MAVZU:TA’LIM MUASSASASI MENJMENTI.
Bajardi: Nazirov N .
Tekshirdi: Tursunova Z.
REJA:
1.Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi.
2.Menejment va pedagogik asosiy prinsiplar, boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi.
3. Ta’lim muassasalari, ularning turlari va tashkiliy tuzilmasi.
Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar tashlasak qadim tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida rivojlana boshladi. “Management“ inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Amerika Qo’shma Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablari evolyutsiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi mumkinligini isbotladi. Menejmentda ma’naviy rag’batlantirishdan foydalanishni maslahat berdi, masalan, xodimning hamkasblari bilan aloqasi. U rahbarlarni jamoaviy munosabatlarga e’tibor berishga chaqirdi va maktab menejmentning ajralib chiqishiga hissa qo’shdi uning fikricha alohida kasb va ikkita yo’nalishga ega. Birinchisi, korxonalarni boshqarish muammolarini o’rganish va zamonaviy boshqaruv tushunchalarini ishlab chiqish. Ikkinchisi - menejerlarning lavozim vazifalari va funktsiyalarini o’rganish. Har qanday rahbar ma’lum ya’ni quydagi funksiyalarni bajarishga chaqiriladi:
• korxona uchun maqsadlarni belgilash va rivojlanish yo’llarini tanlash;
• ishlarni tasniflash, taqsimlash, tashkiliy tuzilmani yaratish, kadrlarni tanlash, joylashtirish va boshqalar;
• xodimlarni rag’batlantirish va muvofiqlashtirish, menejerlar va jamoa o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan nazorat;
• me’yorlash, korxona ishini va unda ishlaydigan barcha ishchilarni tahlil qilish;
• ish natijalariga qarab motivatsiya.
Dostları ilə paylaş: |