Inflyatsiya nazaryasi va aksinflyatsiya



Yüklə 156,42 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#197325
INFLYATSIYA NAZARYASI VA AKSINFLYATSIYA MANSUR

INFLYATSIYA NAZARYASI VA AKSINFLYATSIYA


Reja:
  • Inflyasiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari.
  • Inflyatsiya turlari.
  • Aksilinflyatsiya siyosat

Inflyasiya (lotincha inflatio - shishish, boʻrtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar oʻrtacha (umumiy) darajasining barqaror oʻsishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishidir.
Deflyasiya – bu inflyasiyaga teskari boʻlgan jarayon boʻlib, u pulning xarid qobiliyatini ortishida oʻz aksini topadi.
Dezinflyasiya – bu inflyasiya sur’atlarining pasayishidir.
Inflyasiya sharoitida quyidagilar roʻy beradi:
  • muomalada keragidan ortiqcha pul paydo boʻladi;
  • tovarlar bahosi va xizmatlar haqi toʻxtovsiz oʻsib boradi;
  • pulning qadr – qiymati va xarid qobiliyati pasayib boradi;
  • pul qadrsizlanadi, obroʻsizlanadi, «kasallanadi».

Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko`ra uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin:
TALAB INFLYATSYASI
Talab inflyasiyasi - bu yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan yuqori sur’atlarda oʻsishi tufayli narxlarning oshishidir.
TAKLIF INFLYATSIYA
Taklif inflyasiyasi – ishlab chiqarish xarajatlari oshishi hisobiga yalpi taklifning qisqarishi va narxlarning oshishidir.

Narxlarning oʻsish sur’atlariga koʻra inflyasiyaning quyidagi turlari farqlanadi:
giperinflyasiya - bunda narxlarning umumiy darajasi yiliga 1000% dan yuqori oʻsadi;
yuqori inflyasiya - bunda narxlarning umumiy darajasi yiliga 100-1000% ga oʻsadi;
oʻrmalovchi inflyasiya - bunda narxlarning umumiy darajasi yiliga 10-100% ga oʻsadi;
me’yordagi (yoki sudraluvchi) inflyasiya – bunda narxlarning umumiy darajasi yiliga 10% gacha oʻsadi;
Namoyon boʻlish shakliga koʻra inflyasiya
2 xil boʻladi:
  • ochiq inflyasiya

  • ushbu inflyasiya
    narxlarning oʻsishida
    namoyon boʻladi;
  • yashirin inflyasiya

  • ushbu inflyasiya
    tovarlarning defisitida,
    Kamomatida namoyon boʻladi;

Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini;
- “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin