527
13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi
bo’yicha sug’urta summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
-
farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey
yoki maktabga o’qishga kirishi;
-
farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar bola qayd
etilgan muddatda o’qishga kira olmagan taqdirda).
Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori ilgari
to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta tashkiloti tomonidan
taqdim etiladigan bonusga teng.
3)
nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta mahsuloti
farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning ota-onasi sarflaydigan
xarajatlarni moliyaviy ta’minlash masalasini hal etishga ko’mak beradi. Sug’urta
shartnomasining butun amal qilish davomida ishonchli sug’urta himoyasi
ta’minlanadi. Hatto, oila boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham nikoh arafasida
farzand sug’urta polisida belgilangan summani oladi. Bu sug’urta turida ham
sug’urta polisining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni
tashkil etadi. Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi farzand nikohga kirganda
yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga etganda to’lanadi. Sug’urta
summasining miqdori sug’urta qildiruvchi tomonidan ilgari to’langan barcha
sug’urta mukofotlari miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan
bonusga teng.
Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta xizmat
turlari bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga oshiriladi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash bozorini yanada rivojlantirish maqsadida
quyidagi soliq imtiyozlari berilgan:
1)
yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta
mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa xarajatlar tarkibiga kiritiladi
va foyda solig’ini hisoblashda hisobga olinmaydi;
2)
yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta
mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadi
sifatida qaralmaydi;
3)
jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq muddatli
hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari daromad solig’iga
tortilmaydi.
Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda hayotni sug’urtalash bozorini
rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: