27-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar ishtirok
etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya
institutlari, transmilliy korxonalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar.
Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi
subyektlari o’rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro
tashkilotlar o’rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari
o’rtasida yuzaga kelishi mumkin.
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy subyekt
hisoblanadi.
Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
organlari bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi,
kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zahiralarini saqlash vazifalari
biriktirilgan.
Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo’lib,
doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan holda jahon xo’jaligi
birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini
bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini
barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini
tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy
tashkilotlar.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korxonalar va transmilliy
banklar kabi subyektlar faol rol o’ynaydi.
Jahon valyuta tizimi
Xalqaro moliya Xalqaro moliya
bozorlari
Xalqaro moliyaviy
menejment
Xalqaro soliqqa
tortish
Xalqaro hisob-
kitoblar
Jahon moliyaviy muhiti