546
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan
bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot
holatini tashqi dunyo bilan
taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini
beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va
istiqboldagi rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi.
Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar
uchun valyuta kursi muhim
ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita
ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda
inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan,
valyuta kursining
o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar
o’zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga,
va iqtisodiyotning
boshqa sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko’ra nominal va real almashuv
kurslariga bo’linadi.
Nominal ayirboshlash kursi
— bu ikki mamlakat
valyutasining nisbiy bahosidir.
Dostları ilə paylaş: