64
uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat
qilinganda, ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga
0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq
ravishda pensiya avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning
qaramog’idagilar uchun qarilik pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha
to’lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-
ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi
qo’shimcha imtiyozlarga ega.
GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa
yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha
ish haqi va to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat
pensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol o’ynaydi.
Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq
o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning
darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko’zda tutilgan
muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada -
7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda - 10,8%, Buyuk
Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning
bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida
Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945-1950 yillarda temir yo’l va havo
transporti, energetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar korxonalarining
milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu
tarmoqlar texnikaviy jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni
modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi mablag’larni talab
etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to’lovchilar hisobidan ajratildi.
Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga
qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga
ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati og’ir-
ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining
yurgizilayotganligidir.
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron
doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra ko’pgina davlat
tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining
miqdorini keskin kamaytirdi.
Dostları ilə paylaş: