Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

IV.
 
TESTLAR 
1. SODDA DARAJADAGI TESTLAR 
1.
Moliyaviy vositachilarning asosiy vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni 
aniqlang. 
A)
moliya 
bozoridagi 
mijozlarni 
shaxsan 
ular 
ishtirokidagi 
operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va 
xizmatlar bilan ta’minlash; 
B)
banklardagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra 
yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash; 
C)
sug’urta 
bozoridagi 
mijozlarni 
shaxsan 
ular 
ishtirokidagi 
operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va 
xizmatlar bilan ta’minlash; 
D)
axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar mijozlarni shaxsan ular 
ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy 
mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash. 
2.
Moliyaviy vositachilar to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan javobni aniqlang. 
A)
banklar, depozit jamg’armalar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, 
o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi 
firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; 
B)
banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, supermarketlar, 
investitsion banklar, venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, 
axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; 
C)
banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, ta’lim institutlari, 
o‘zaro fondlar, investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi 
firmalar, axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar; 
D)
banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari, o‘zaro fondlar, 
investitsion banklar. venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar, 
axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar. 
3.
Bank birinchi bo’lib qaysi davlatda paydo bo’lgan? 
A)
Italiya; 
B)
Fransiya; 
C)
AQSH; 
D)
Germaniya. 
4.
Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha 
moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi tashkilotlar ………… deb taladi. 
A)
universal banklar; 
B)
tijorat banklar; 
C)
investitsion banklar; 


633 
D)
pensiya fondlari. 
5.
Sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan axborot 
xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma berilgan javobni aniqlang. 
A)
Best's; 
B)
Moody's; 
C)
Standard & Poor's; 
D)
Bloomberg; 
6.
Xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini 
moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam beruvchi 
moliyaviy vositachilar tog’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. 
A)
investitsion banklar; 
B)
o’zaro fondlar; 
C)
sug’urta kompaniyalari; 
D)
venchur kompaniyalar; 
7.
Olinayotgan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilinayotgan daromadlik 
stavkasiga…………………. deb ataladi. 
A)
foiz stavkasi; 
B)
real stavka; 
C)
nominal stavka; 
D)
bank stavkasi; 
8.
“Nikkei”, “Topix” kabi indekslar qaysi davlat fond bozorlarida 
qo’llaniladi. 
A)
Yaponiya; 
B)
Fransiya; 
C)
BAA; 
D)
Germaniya; 
9.
“CAC 40” indeksi qaysi mamlakat fond bozorlarida foydalaniladi. 
A)
Fransiya; 
B)
Yaponiya; 
C)
Gollandiya; 
D)
Germaniya; 
10.
…………– bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan 
ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar 
narxlarining o’sishidir. 
A)
Inflatsiya; 
B)
Devalivatsiya; 
C)
Revalivatsiya; 
D)
Bifilatsiya; 


634 
11.
Inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma 
obligatsiyalari qanday nomlanadi? 
A)
I Bond; 
B)
I Stock; 
C)
I Veksel; 
D)
I Saving. 
12.
Sug’urta kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgani uchun 
sug’urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan pullar …………………. deyiladi. 
A)
sug’urta mukofoti; 
B)
sug’urta badali; 
C)
sug’urta polisi; 
D)
sug’urta shartnomasi. 
13.
Bir 
valyutaga 
nisbatan 
boshqa 
bir 
valyutaning 
bahosini 
o’zgarishi………………. deb ataladi. 
A)
valyuta kursi; 
B)
valyuta riski; 
C)
valyuta ayirboshlash; 
D)
valyuta sotuvi. 
14.
Daromadi va’da qilingan daromad stavkasida beriladigan moliyaviy 
instrument ko’rsatilgan javobni aniqlang. 
A)
obligatsiya; 
B)
aksiya; 
C)
fyuchers; 
D)
forvard. 
15.
“FT-30”, “FT-100” fond bozori indekslari qaysi mamlakat fond 
bozorlarida ishlatiladi? 
A)
Buyuk Britaniya; 
B)
Fransiya; 
C)
Germaniya; 
D)
Avstraliya. 
16.
Keltirilgan qiymatni aniqlash …………… deb ataladi. 
A)
diskontlash; 
B)
investitsiyalash; 
C)
bo’lajak qiymatni topish; 
D)
annuitet. 
17.
Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga…….kiradi. 
A)
rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish, korporatsiya aktivlarini 
himoya qilish, investorlar bilan o’zaro munosabatlar; 
B)
rejalashtirish, pul mablag’larini boshqarish; 


635 
C)
kapital bilan ta’minlash, buxgalteriya hisobi, soliqlarni boshqarish, 
baholash va konsalting; 
D)
kirim va chiqimlarni nazorat qilish. 
18.
Moliyaviy 
bitimlar 
tuzish, 
aktivlar 
va 
riskni 
almashishda 
foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga…………... deyiladi.
A)
moliyaviy tizim; 
B)
foiz stavkasi; 
C)
moliyaviy boshqaruv; 
D)
moliyaviy oqim; 
19.
Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari nimalardan iborat? 
A)
hisob raqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish, 
sug’urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok 
etishiga yo’l ochish; 
B)
mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, hisobraqamlarni ochish, 
tijorat qarzlari va ipoteka kreditlarini berish; 
C)
mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, sug’urta shartnomalarining 
keng doirasiga hamda o’zaro jamg’armalarda ishtirok etishiga yo’l ochish; 
D)
ish haqi berish, homiylik qilish, hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari 
va ipoteka kreditlarini berish; 
20.
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy 
subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib 
o’tishi nima deyiladi? 
A)
moliyaviy oqim; 
B)
moliyaviy vositachilar; 
C)
xalqaro firma; 
D)
pul oqimi; 
21.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy 
resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko’proq firmalarni qanday ataymiz? 
A)
ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar; 
B)
resurslari defitsit bo’lgan obyektlar; 
C)
resurslari defitsit bo’lgan subyektlar; 
D)
mustaqil firmalar; 
22.
Kelgusi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalarni qanday 
ataymiz? 
A)
resurslari defitsit bo’lgan subyektlar; 
B)
ortiq mablag’ga ega bo’lgan subyektlar; 
C)
resurslari avval ortib keyin kamayib ketadigan subyektlar; 
D)
moliyaviy qaram subyektlar; 


636 
23.
Quyidagi qaysi operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir 
nuqtasidan boshqasiga o’tishi joylashuviga olib keladi. 
A)
korxonalarni 
qo’llab 
quvvatlash 
uchun 
qarzlar, 
mamlakat 
rivojlanishidagi xarajatlar, tijorat banklari kreditlarini harkatlanishi; 
B)
riskni boshqarish, resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo’linishi; 
C)
uy sotib olish qarzlari, jamg’arilgan pensiya va ishlab chiqarish 
quvvatiga kapital qo’yilmalar, korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar; 
D)
korxonalarni qo’llab quvvatlash uchun qarzlar; 
24.
To’lovlarni amalga oshirishning alternativ vositalari tog’ri ko’rsatilgan 
qatorni belgilang. 
A)
cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov; 
B)
pul, tovar, mahsulot; 
C)
qimmatli qog’ozlar, resurslar, cheklar; 
D)
kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to’lov, pul, tovar; 
25.
Stimullar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlang va ular xalqaro 
amaliyotda qanday nom olgan? 1) “umrbod renta” maummosi; 2) “komitent-
komissioner” maummosi; 3) “ma’naviy risk” maummosi; 4) “noqulay tanlov” 
maummosi. 
A)
2, 3, 4; 
B)
1, 2, 3; 
C)
1, 3, 4; 
D)
1, 2, 4; 
26.
Korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish uchun kimga 
vakolatini beradilar? 
A)
korporativ menenjerlarga; 
B)
umrbod renta; 
C)
hamkorlarga; 
D)
ishchilarga; 
27.
Moliyaviy yangiliklar qanday yuzaga keladi? 
A)
tadbirkorlar va firmalarning iqtisodiy va innovatsion faoliyatlari 
natijasida; 
B)
markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilishi natijasida; 
C)
davlat boshqaruvi o’zgarishi natijasida; 
D)
davlat boshqaruvi o’zgarishi va markazlashtirilgan organlar tomonidan 
rejalashtirilishi natijasida; 
28.
Moliyaviy bozorlarni tarkibiy qismi to’g’ri berilgan javobni belgilang. 
A)
pul bozori, kapital bozori; 
B)
kapital bozori, kredit bozori; 


637 
C)
pul bozori, buyum bozori; 
D)
qimmatli qog’ozlar bozori, pul bozori; 
29.
Aksiyaning turlari to’g’ri berilgan javobni belgilang. 
A)
imtiyozli, oddiy; 
B)
belgili, imtiyozli; 
C)
oddiy, yutuqli; 
D)
uzoq va qisqa muddatli; 
30.
Uy xo’jaliklarining mavjud jamg‘armalarini qanday aktivlarga 
yo‘naltirish kerakligini uy xo’jaliklarining qaysi qarori asosida aniqlashimiz 
mumkin? 
A)
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar; 
B)
pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; 
C)
moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; 
D)
riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar; 
31.
Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar …... deyiladi. 
A)
aktivlar; 
B)
qimmatli qog’ozlar; 
C)
pul; 
D)
passivlar; 
32.
Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan 
shug‘ullanadigan moliya sohasi nima deb ataladi? 
A)
korxonalar moliyasi; 
B)
bo’limlar faoliyati; 
C)
uy xo’jaliklari; 
D)
tashqi savdo; 
33.
Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida 
ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning qanday kapitali hisoblanadi? 
A)
jismoniy kapitali; 
B)
an’anaviy kapitali; 
C)
zaruriy kapitali; 
D)
moliyaviy kapitali; 
34.
Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini 
beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar qanday kapital deyiladi? 
A)
moliyaviy kapitali; 
B)
an’anaviy kapitali; 
C)
zaruriy kapitali; 
D)
jamg’arma kapitali; 


638 
35.
Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish 
uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi 
kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi? 
A)
moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; 
B)
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; 
C)
pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; 
D)
riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar; 
36.
Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash 
mumkinligi, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab 
qo‘yish va jamg‘arib borishlilgi uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi? 
A)
pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; 
B)
moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; 
C)
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; 
D)
riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar; 
37.
Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat 
mavhumligi va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon kamaytirishlari kerakligi 
uy xo’jaliklarining qaysi qaroriga misol bo’ladi? 
A)
riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar; 
B)
pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; 
C)
moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; 
D)
investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; 
38.
Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat 
bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot 
subyekt) nima deb ataladi? 
A)
firma; 
B)
bo’lim; 
C)
uy xo’jaliklari; 
D)
departament; 
39.
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy bozorlar tarkibiga kirmaydi? 
A)
xo'jalik buyumlari bozori; 
B)
pul bozori; 
C)
valyuta bozori; 
D)
kapital bozori; 
40.
Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) 
qarz majburiyatlari; 2) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 3) ko’chmas mulklar; 4) 
aksiyalar; 5) asbob-uskunalar. 
A)
1, 2, 4; 
B)
1, 2, 3; 
C)
3, 4, 5; 


639 
D)
2, 3, 4. 
41.
Muddati bir yildan kam bo'lgan qarz majburiyatlari bozori qanday 
nomlanadi? 
A)
pul bozori; 
B)
kapital bozori; 
C)
valyuta bozori; 
D)
fond bozori; 
42.
O’rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi? 
A)
kapital bozori; 
B)
pul bozori; 
C)
valyuta bozori 
D)
fond bozori; 
43.
…………. - bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga 
qo‘yiladigan talabdir. 
A)
Aksiya; 
B)
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 
C)
To’lov balansi; 
D)
Obligatsiya; 
44.
Aksiyani sotib olish va sotish ……………da amalga oshiriladi.
A)
fond bozori; 
B)
pul bozori ; 
C)
valyuta bozori ; 
D)
kapital bozori; 
45.
”Moliya” fabi nechta asosiy analitik ustundan iborat hisoblanadi? 
A)
3; 
B)
5; 
C)
4; 
D)
2; 
46.
“Moliya” faniga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang. 
A)
Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi va 
chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan; 
B)
Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida profitsit pul resurslari kirimi va 
chiqimini o'rganuvchi fan; 
C)
Korporativ boshqarishni o'rganuvchi fan; 
D)
Shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida jamg'argan pul resurslari kirimi va 
chiqimini qanday boshqarishni o'rganuvchi fan; 
47.
Biznesni olib borishning asosiy tashkiliy shakllari nechta? 
A)
3; 
B)
4; 


640 
C)
5; 
D)
6; 
48.
Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi? 
A)
Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini 
beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarga; 
B)
Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida 
ishlatiladigan boshqa zarur resurslarga; 
C)
Korxonalarning uzoq muddatli kapital qo'yilmalari va mamlakat 
iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlariga; 
D)
Imkoniyatiga ega bo’lish, dunyoqarashni kengaytirishga; 
49.
Moliyaviy oqimlar deb nimaga aytiladi? 
A)
Moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy 
resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga; 
B)
Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy 
resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlarga oqib o‘tishiga; 
C)
Pul mablag'larining bir joydan, ikkinchi bir joyga ko'chib o'tishiga; 
D)
Moliyalashtirish, riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlarga; 
50.
“Moliya” o'ziga xos ilmiy - amaliy fan bo'lib, unda qanday masalalar 
o'rganiladi? 
A)
vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag'larini taqsimlash; 
B)
vaqt va noaniqlik sharoitida profitsit pul mablag'larini taqsimlash;
C)
vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag'larini taqsimlash; 
D)
vaqt omili, YaIM, pul; 
51.
Aksiya - bu? 
A)
firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talab; 
B)
uzoq muddatli qarz majburiyatlari; 
C)
pul omonati; 
D)
qarz majburiyatlariga qo'yiladigan talab; 
52.
Talab deb nimaga aytiladi? 
A)
Ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismiga; 
B)
Ehtiyojlarning ortib borishiga; 
C)
Fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o’tkaziladigan labaratoriyalar, 
ko’rgazma zallari, ulgurji omborxonalar loyihalarini tayyorlashlariga; 
D)
Taklif hajmining pasayishiga; 
53.
Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka nima deb ataladi? 
A)
tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi; 
B)
garov bo‘yicha foiz stavkasi; 
C)
omonat bo'yicha foiz stavkasi; 
D)
kapital stavkasi; 


641 
54.
Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi? 
A)
Moliyaviy 
bitimlar 
tuzish, 
aktivlar 
va 
riskni 
almashishda 
foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim 
deyiladi; 
B)
Muayyan moliyaviy qarorni qabul qilish va uni amalga oshirishiga 
moliyaviy tizim deyiladi; 
C)
Moliyaviy vositachilar yig’indisiga moliyaviy tizim deyiladi; 
D)
Moliyaviy munosabatlarning shakl va usullar yig’indisiga moliyaviy 
tizim deyiladi; 
55.
“Moliya” fanini o’rganish sabablari to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating. 
1) o’z pul mablag’laridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) Qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) 
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul 
qilish imkoniyatiga ega bo’lish; 5) dunyoqarashni kengaytirish. 
A)
1, 2, 3, 4, 5; 
B)
1, 3, 4, 5; 
C)
1, 2, 3, 5; 
D)
1, 2, 4, 5; 
56.
Uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga 
quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A)
taqsimlash to’g’risidagi qarorlar; 
B)
investitsiyalar bilan bog’liq bo’lgan qarorlar; 
C)
pul mablag’larini iste’mol qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar; 
D)
riskni boshqarish bilan bog’liq qarorlar; 
57.
Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakli noto’g’ri berilgan javobni 
aniqlang; 
A)
jamoatchilik; 
B)
yakka egalik; 
C)
shirkat; 
D)
korporatsiya; 
58.
Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalariga quyidagilardan 
qaysi biri kirmaydi?
A)
investorlarni himoya qilish; 
B)
rejalashtirish; 
C)
soliqlarni boshqarish; 
D)
boshqaruvning axborot tizimlari; 
59.
Real daromadlilik stavkasi nima?


642 
A)
Kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati 
o’zgarishi hisobga olingan holda to’g’rilangan yoki o’zgartirilgan (korrektirovka 
qilingan) nominal foiz stavkasi; 
B)
Kreditor tomonidan ishlab topilgan (korrektirovka qilingan) nominal 
foiz stavkasidir; 
C)
Pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishi hisobga olingan holda 
to’g’rilangan nominal foiz stavkasidir; 
D)
Qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va berilgan pul evaziga 
olinadigan summadir; 
60.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi 
asosiy omillarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
A)
riskni maqsadga muvofiq ko’rish; 
B)
ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi; 
C)
ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik 
darajasi; 
D)
odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko’rishi; 
61.
Sug’urta mukofoti bu ……...?
A)
xizmat ko’rsatilgani uchun mijoz tomonidan to’lanadigan pullar; 
B)
sug’urta kompaniyasi foydasi; 
C)
sug’urta kompaniyasi tomonidan mijozga to’lanadigan pullar; 
D)
sug’urta bonuslari. 
62.
O’zaro fondlarning qanday asosiy turlari mavjud?
A)
ochiq va yopiq; 
B)
keng qamrovli; 
C)
cheklangan va cheklanmagan; 
D)
kelishilgan va kelishilmagan; 
63.
Investitsion banklar qanday tashkilot? 
A)
Ular shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, 
hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur 
mablag’larni jalb qilishda yordam berishdan iborat; 
B)
Ular banklar singari vazifalarni bajaradi; 
C)
Ular investorlarni birlashtiradi; 
D)
Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi; 
64.
Moliyaviy hisobotlar tizimini o’rganuvchi predmet yoki fan qanday 
nomlanadi? 
A)
Buxgalteriya hisobi; 
B)
Buxgalteriya va audit; 
C)
Moliya; 
D)
Audit; 


643 
65.
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy hisobot turlariga kirmaydi? 
A)
Vaqtinchalik smeta; 
B)
Balans; 
C)
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot; 
D)
Pul oqimlari to’g’risida hisobot; 
66.
Pul oqimlari to’g’risida hisobot nima?
A)
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul 
oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi; 
B)
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma 
samaradorligiga umumiy baho beriladi; 
C)
Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini (va 
majburiyatlarini aks ettiradi; 
D)
Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi; 
67.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot nima? 
A)
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma 
samaradorligiga umumiy baho beriladi; 
B)
Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va 
majburiyatlarini aks ettiradi; 
C)
Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi; 
D)
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul 
oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi; 
68.
Balans nima?
A)
Firma balansi uning muayyan vaqt oralig’idagi aktivlarini va 
majburiyatlarini aks ettiradi; 
B)
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ma’lum vaqt oralig’ida firma 
samaradorligiga umumiy baho beriladi; 
C)
Daromad va xarajatlarning balansi ko’rsatiladi; 
D)
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul 
oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi; 
69.
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko’rsatilgan kompaniya 
aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati ....... deb ataladi. 
A)
balans qiymati; 
B)
aktiv qiymati; 
C)
passiv qiymati; 
D)
kapital qiymati;; 
70.
Moliyaviy hisobotlarninig qanday asosiy turlari mavjud? 
A)
Balans, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida 
hisobot; 


644 
B)
Balans, asosiy vositalar to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida 
hisobot; 
C)
Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar to’g’rida 
hisobot, asosiy vositalar to’g’risida hisobot; 
D)
Debitorlik va kreditorlik to’g’risida hisobot, moliyaviy natijalar 
to’g’risida hisobot, pul oqimlari to’g’risida hisobot. 
71.
Foyda - bu kompaniyaning ……………… o’rtasidagi farq. 
A)
daromadi va xarajatlari; 
B)
aktivlar va majburiyatlar; 
C)
taqsimlanmagan daromad va kreditorlik qarzlari; 
D)
aylanma aktivlar va xarajatlari; 
72.
Firmaning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerda aks ettiriladi? 
A)
Firmaning moliyaviy hisobotlarida. 
B)
Firmaning nizomida; 
C)
Firmaning balansida; 
D)
Ommaviy axborot vositalarida; 
73.
Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi – bu………..? 
A)
firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak 
bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi 
vaqt; 
B)
firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak 
bo‘lgan sana; 
C)
firma o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun; 
D)
u yoki bu davr mobaynida firmaning mumkin bo’lgan moliyaviy 
ahvolini oldindan ko’ra bilish; 
74.
…………………….. - bu umumiy muammolarni hal qilishga hamkorlar 
sifatida boshqa korxonalar yoki yuridik shaxslarni jalb qilish orqali o’z riskining 
darajasini pasaytirishdir. 
A)
Risk sug’urtasi; 
B)
Riskni birlashtrish; 
C)
Riskni xejirlash; 
D)
Riskni diversifikatsiyalash; 
75.
…………….. narxlarning salbiy o’zgarishlarni oldini olish maqsadida 
oldindan tuziladigan birjadagi bitimlar orqali risk darajasini pasaytirishdir. 
A)
Risk sug’urtasi; 
B)
Riskni birlashtrish; 
C)
Riskni xejirlash; 
D)
Riskni diversifikatsiyalsh; 


645 
76.
O’rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga oshganligini 
ko’rsatuvchi ko’rsatkich …………. deb ataladi. 
A)
inflatsiya indeksi; 
B)
inflatsiya riski; 
C)
inflatsiya darajasi; 
D)
inflatsiya nominali; 
77.
Milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul 
birliklariga nisbatan qadrining tushishi ………… deb ataladi. 
A)
devalivatsiya; 
B)
inflatsiya; 
C)
imobilizatsiya; 
D)
revalvatsiya; 
78.
Byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilish yakunida 
qanday hujjat rasmiylashtiriladi? 
A)
dalolatnoma; 
B)
bildirishnoma; 
C)
ma’lumotnoma; 
D)
xabarnoma; 
79.
Dalolatnoma nima? 
A)
taftish natijalarini umumlashtiriluvchi hujjat; 
B)
taftish o‘tkazish haqida bildirishnoma; 
C)
tarixiy hujjat; 
D)
nazorat obyekti to‘g‘risida ma’lumotnoma; 
80.
Taftish o‘tkazish o‘z ichiga necha bosqichni oladi? 
A)
to‘rt bosqichni; 
B)
olti bosqichni; 
C)
besh bosqichni; 
D)
uch bosqichni; 
81.
Bojxona nazorati bu – 
A)
O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonun hujjatlari 
va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona 
organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmui; 
B)
tovarlarni respublikaga olib kirish bilan bog‘liq nazorat; 
C)
bojxona bojlarini to‘g‘ri hisoblashni tashkil etish; 
D)
boj undirishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi; 
82.
Tijorat banklarida majburiy rezerv normasi kim tomonidan belgilanadi? 
A)
Markaziy Bank; 
B)
Oliy Majlis; 
C)
Moliya Vazirligi; 


646 
D)
Vazirlar Mahkamasi; 
83.
INTOSAI qanday tashkilot? 
A)
oliy darajadagi xalqaro nazorat organi; 
B)
siyosiy tashkilot; 
C)
moliyaviy tashkilot; 
D)
mustaqil organ; 
84.
Davlat moliyaviy nazorati tizimining elementlarini ko‘rsating. 
A)
nazorat tamoyillari; 
B)
nazoratning afzalligi; 
C)
nazorat vazifasi; 
D)
nazoratning mavjudligi; 
85.
Moliyaviy nazorat subyektlarini ko‘rsating. 
A)
moliya organlari; 
B)
ta’lim muassasalari; 
C)
siyosiy partiyalar; 
D)
korxonalar; 
86.
Hujjatlar asosida o`tkaziladigan tekshiruv qanday ataladi? 
A)
kameral tekshiruv; 
B)
tanlanma tekshiruvi; 
C)
buxgalteriya tekshiruvi; 
D)
axborot tekshiruvi; 
87.
Amalga oshirish reglamentiga ko‘ra moliyaviy nazoratning shakllarini 
ko`rsating. 
A)
tashabbuskorlik, majburiy; 
B)
dastlabki, yakuniy; 
C)
ichki, tashqi, oraliq; 
D)
dastlabki, joriy, so‘ngi; 
88.
Umumiy va eng oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda 
... 
A)
moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi; 
B)
faqat moliyaviy rejalarni amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi; 
C)
faqat moliyaviy rejalarni tuzish jarayoni nazarda tutiladi; 
D)
odatda, moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda 
tutilmaydi; 
89.
“Moliya” so’zining ona tilmizda ishlatilishining qanday ko’rinishlari 
mavjud? 
A)
Biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag’lari; 
B)
Pul fondlarini taqsimlash, sarflash; 


647 
C)
Davlat tasarufidagi moddiy va nomoddiy aktivlarni shakllantirish; 
D)
Moliya tizimi faoliyati; 
90.
Ijtimoiy iste’mol fondlariga …………… kirmaydi? 
A)
ishlab chiqarish fondlari; 
B)
boshqaruv, mudofaa; 
C)
ijtimoiy ta’minot va sug’urta; 
D)
maorif, sog’liqni saqlash; 
91.
Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bo’lishi 
mumkin? 
A)
korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlari barqarorligini 
ta’minlash; 
B)
korxonaning bozor qiymatini minimallashtirish; 
C)
byudjet daromadlarini ko‘payish; 
D)
iqtisodiyotni rivojlanishi; 
92.
Kredit siyosati natijasida kreditning arzonlashuvi nimalarga olib keladi? 
A)
takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining oshishiga; 
B)
byudjet daromadlarini ko‘payishiga; 
C)
byudjet daromadlarini kamayishiga; 
D)
itisodiyotni rivojlanishiga; 
93.
Moliya -…………. 
A)
pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan 
bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi; 
B)
pulli munosabatarini tartibga solidi; 
C)
pul fondlarini ifoda etadi; 
D)
tog’ri javob yo’q; 
94.
Moliyaning qanday funksiyalari mavjud? 
A)
taqsimlash va nazorat; 
B)
nazorat va rag‘batlantirish; 
C)
taqsimlash va tartibga solish; 
D)
pul fondlarini shakllantirish va nazorat; 
95.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan 
moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar 
tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona 
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi …….. ning asosiy vazifasi bo’lib 
hisoblanadi. 
A)
moliyaviy boshqaruv; 
B)
moliyaviy nazorat; 
C)
moliyaviy siyosat; 
D)
moliya tizim; 


648 
96.
Moliyaviy bashoratlash bu -…………… 
A)
ma’lum bir davr mobaynida davlat yoki xo’jalik yurituvchi subyektning 
mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko’ra bilish va moliyaviy reja 
ko’rsatkichlarini asoslash; 
B)
tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish subyekti 
moliyaviy taraqqiyotining ko’p li bashoratlarini amalga oshirish jarayoni; 
C)
moliyaviy 
resurslarning 
balansliligini 
va 
prorportsionalliligini 
ta’minlashga qaratilgan faoliyat; 
D)
moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni; 
97.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi berilgan javobni aniqlang; 
A)
Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi; 
B)
Markaziy bank va uning joylardagi organlari hisoblanadi; 
C)
Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi organlari hisoblanadi; 
D)
G’aznachilik va uning joylardagi organlari hisoblanadi; 
98.
Moliyaviy rejalashtirish nima? 
A)
moliyaviy resurslarning balansliligini va prorportsionalliligini
ta’minlashga qaratilgan faoliyat; 
B)
umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalarni amalga oshirish 
jarayoni; 
C)
pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan 
korxonaning foydasini oshirish; 
D)
umumiy va oddiy ko‘rinishda moliyaviy rejalarni tuzish jarayoni; 
99.
Pul siyosati orqali qanday vazifani amalga oshiriladi? 
A)
muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan 
sharoitda pul massasining yetmagan qismini qog‘oz pullar hisobidan yoki xorijiy 
valyuta hisobidan to‘ldirish; 
B)
emissiya qilinayotgan pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos 
kelmagan sharoitda xorijiy valyuta hisobidan to‘ldirish; 
C)
tovar ishlab chivqarishni chegaralash; 
D)
mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishiga ruhsat bermaslik; 
100.
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga 
kirmaydi? 
A)
ishsizlik siyosati; 
B)
ijtimoiy moliyaviy siyosat; 
C)
byudjet-soliq siyosati; 
D)
kredit siyosati. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin