6
KIRISH
“Moliya” fani iqtisod sohasi uchun mutaxassislar
tayyorlash tizimida eng
asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqil fan sifatida unga o’tgan asrning 50-
yillarida asos solingan bo’lib, u o’sha davrga xos moliya to’g’risidagi
tasavvurlarga mos bo’lgan. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga
oshirilishi “Moliya” fani eng muhim nazariy qoidalarining qayta ko’rib
chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o’quv adabiyotlarida o’z aksini to’liq
topgani yo’q. Shu boisdan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliyaviy tizimda
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda
mashg’ulotlarni o’tkazish xavfi mavjud. Mazkur o’quv uslubiy majmuada
moliyaning nazariy masalalariga oid barcha prinsipial o’zgarishlarni
o’quvchilarning e’tiboriga yetkazishga harakat qilingan.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti
davrida iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solish quroli bo‘lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib
bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli
moliyaviy munosabatlarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o‘rni oliy
malakali kadrlarni
tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliya” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va
baholash mezonlari oldindan berilib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar doirasida
fanga oid boshlang‘ich nazariy bilim berish, amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
davomida maxsus modellar, usullar va uslubiyatlarni
tavsiflovchi masalalar,
tahliliy va ko‘rgazmali materiallar qo‘llanishiga hamda yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga alohida e’tibor
qaratish zarur.
Ushbu o’quv uslubiy majmua 10 qismdan iborat bo’lib, 1-qism ma’ruza
mashg’ulotlari materiallaridan tashkil topgan. Ma’ruza mashg’ulotlari 2 modulda
berilgan bo’lib, 1-modul “Moliyaning nazariy asoslari” deb nomlanib 14 ta
mavzuni, 2-modul “Turli sohalarda moliya” 16 ta mavzuni o’z ichiga olgan.
Modullardagi mavzular to’liq yortilgan. Shuningdek, 2-qism amaliy mashg’ulot
materiallaridan tashkil topgan, turli nazorat savollari, keyslar va masalalarni o’z
ichiga oladi. O’quv uslubiy majmuada tarqatma materiallar, testlar, yakuniy va
oraliq nazorat savollaridan namunalar, talabalarning mustaqil ta’limni olib borish
bo’yicha qo’llanma, glossariy hamda faning fan dasturi va ishchi o’quv dasturi
aks ettirilgan.
“Moliya” fani bo’yicha ishlab chiqilgan ushbu o’quv uslubiy majmua orqali
talabalar pandemiya sharoitida moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish
hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
maqsadlariga erishish,
ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish
qonuniyatlarini chuqur o‘rganishlari mumkin. Ushbu o’quv uslubiy majmua
7
bo’yicha o’qitiladigan mavzular bo‘lg‘usi mutaxasislarning kasbi qanday
bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining maoliyaviy natijalarini bilishi,
moliyaning
mohiyatini tushunib yetishi, “Moliya” fanining sir asrorlarini idrok
etishiga yordam beradi. O’quv uslubiy majmuada asosida talabalar mavzularni
mustaqil o‘rganib, pandemiya sharoitida qo‘shimcha bilim olishlarini hisobga
olib bir qator nazariy masalalar kengroq berilgan.
“Moliya” fani mamlakat moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish
va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda,
mamlakatni
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan
qurollantiradi.
“Moliya” fani tegishli ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy va ixtisoslik
fanlari blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, ushbu fan tegishli ta’lim
yo‘nalishlarining 2, 3 kursida o‘qitilishi rejalashtirilgan va mazkur o’quv-uslubiy
majmua professor-o’qiyuvchilar hamda talabalarni o’quv yili davomida samarali
faoliyat yuritishiga yordam beradi.
“Moliya” fanining mazkur o’quv uslubiy majmuasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-
sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
3151-son Qarori hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab
chiqilgan va unda “Moliya” fanini o‘qitishda zarur bo‘lgan asosiy jihatlar
yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: