13
qiziqarli va daromadli karera qilish;
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan
ongli fuqarolik qarorlari
qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.
Shunday ekan, yuqoridagilarning qay biri Sizga maqbul emas? Qaysisini
men uchun kerak emas, deya olasiz? O‘zingizni ozgina bo‘lsa-da,
hurmat
qilsangiz, yuqorida qayd etilgan har bir holatlarga nisbatan befarq qarash
huquqiga ega emasligingiz ma’lum bo‘ladi. Ularning Siz uchun har doim, butun
hayotingiz “sikl”i davomida, “beshikdan – tobutgacha” kerakligini his qilasiz.
Bunga bizning ishonchimiz komil.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.
Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va
qonunlarni bilish shaxsiy
mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday
imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz
yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi
(savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi.
Yoki Siz bunga
ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu
– bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli
o‘tgan – aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda
sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik
hayotimizga
shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb
etayaptimi?! Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga
aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda
bo‘lsangiz, unda nima qildik?
Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat
qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy
maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari,
o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi
kompaniya xodimlari va
ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday
maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis
yaqin kunlarda kompaniyaning yoki tegishli
mutaxassisning potensial
(salohiyatli) mijozig bo‘lishi mumkin. Ammo, olingan maslahatning sifatini
qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin
tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “moliya” (fani)ni
chuqur o‘rganibgina shunday obyektiv baholash uchun zarur asosiy me’zonlar
bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”,
degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi f
Dostları ilə paylaş: