14
Faraz
qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar portfeli (shu
jumladan, pensiya hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va
aksiyalar opsioniga egasiz.
Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital
qo‘yilmalaringiz
qanchalik oqilona ekanini, pensiya jamg‘armangiz yetarlimi
yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana
qanday choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z
hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas,
bir qancha
reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz.
Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi
inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahatchilarning
aksariyati – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni
o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat
(axir, ana shuning evaziga ular daromad oladilar-da!). Bundan tashqari, ba’zi
maslahatchilar o‘z xizmat-larini xuddi yurist va
buxgalterlar kabi soatbay
baholaydilar. O‘zini moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini
tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat
beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang.
Ehtimoldan holi emas,
bojangiz yoki
qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib
maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari
to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanigini unda
faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina
maqtayotgan kishining
gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan
masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan
keyingina ularning
gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”,
- deb bekorga aytilmagan-ku!;
Dostları ilə paylaş: