Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Ikkinchidan, 
“Moliya”ni o‘rganishning sababi shundan iboratki, moliya 
sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. 
Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham 
moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur. 
Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida, 
hech bo‘lmaganda, eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi 
yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga 
chorangiz qolmaydi. Olayotgan pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni 
bildirish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-ku, yaxshi-ya
ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda, hech bo‘lmaganda, bu unga shu 
mutaxassislar bilan bemalol muloqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun 
ularni jalb qilish imkonini beradi.
Uchinchidan,
ajab emas (ehtimol), Sizni moliya sohasida karera qilish 
qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, 
kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson moliyaning 
barcha sir-asrorlarini egallashi lozim. Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-
diyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-
tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-
sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining 
moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa 
akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy 
maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan 
tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera 
qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, 
bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z 
mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.
To‘rtinchidan, 
moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan 


16 
fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor 
munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim 
qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri 
tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin 
yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri 
keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi 
chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga 
chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, 
buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin? 
Beshinchidan,
ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun 
ham “Moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Moliya qonuniyatlarini bilish 
dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan 
rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
“Moliya” fani quyidagi fanlar bilan o’zara aloqador hisoblandi: 
• 
Matematika; 
• 
Ekonometrika; 
• 
Moliya huquqi; 
• 
Barcha iqtisodiy fanlar. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin