Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

17

Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat xazinasini adolat 
tamoyillari asosida tashkil etish bo’yicha keng qamrovli soliq islohoti o’tkazgan,
yagona davlatning yaxlit soliq tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli 
darajada kamaytirgan. Avvallar har bitta rojaning o’z qoidalari bo’yicha 
yig’iladigan soliq va yig’imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot 
asosida olinadigan bo’lgan. 
16
Bobur Z.M. “Boburnoma”.- T.: Yulduzcha, 1989.- 368 b. “Mubayyan” va nasriy bayoni, “Risolai Volidiyya” asari 
nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon va sharhlar muallifi M.Kenjabek; mas’ul muharrir A.Mansur; - T.: “Sharq”, 2014. 
213- 238-betlar. 
17
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston”, 2011. 164-171-betlar.


46 
Ya’ni Bobur o’z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil soliqqa 
tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim manbai bo’lgan ekin eri 
maydonini o’lchash tizimini takomillashtirgan va aniqlashtirgan.
Bobur saltanatida quyidagi soliq va yig’imlar mavjud bo’lgan - yyer solig’i, 
savdo solig’i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya (nomusulmonlar uchun), o’lpon 
to’lovlari, tuz solig’i, urushlardan olinadigan o’ljalarning beshdan bir qismi, zarb 
qilingan pullar, musodara qilingan egasiz mollar va sovg’alar. 
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatila-digan soliqlar ham 
mavjud bo’lib, ularni mahalliy hoki-miyat yig’ib olgan (mazkur soliqlar “ahbob” 
deb atalgan). 
Bobur kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar bergan. Buning 
uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda soliqlarning ma’lum qismini boy-
badavlatlar davlatga emas, beva-bechoralarga berishgan. Masalan, islo-miy
qoidaga ko’ra, “zakot” solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur 
musulmonlardan olinadigan “tamg’a” solig’ini bekor qilgan. 
Boburning qator farmon va hukmlari Hindistonning iqtisodiyotini 
rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini yaxshilashga katta hissa 
qo’shgan. 
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning iqtisodiy 
qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi tushungan. Uning bu 
xususdagi qarashlari “Boburnoma”da atroflicha ifodalangan.
Shu bois savdogarlarga katta engillik va imtiyozlar berilgan. Savdo ahlidan 
olinadigan soliq va yig’imlar miqdori mo’’tadil, adolatli va oshkora bo’lgan. 
Sotiladigan mahsulotlar miqdorining oshishi soliqlar hissasining kamayishiga 
olib kelgan va savdo rivojiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan. 
Xorijiy savdogarlarga bir qator yengilliklar berilgan. Agar savdogarlar islom 
davlatlaridan kelgan bo’lsalar, daromadlarining 5 foizi miqdorida soliq 
to’lashgan. Nomusulmon davlatlardan kelgan savdogarlar esa o’z yurtlarida 
musulmon savdogarlardan olinadigan miqdorda soliq to’lashgan. 
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning nevarasi Buyuk 
Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha xalqlariga nisbatan bir xil va 
adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida 
yagona soliq idoralari tizimi hamda soliq-larni to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil 
og’irlik va miqdor o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi 
to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura shaklida 
olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng bo’lgan yyer solig’ini pul 
shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning natijasida soliq to’lash uchun dehqon 
mahsulotini 
bozorda 
sotishi shart bo’lganligi Hindistonda tovar-pul 


47 
munosabatlari keskin rivojlanishiga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga 
iqtisodiy zamin yaratgan. 
Vazifalari aniq belgilab qo’yilgan yagona soliq ido-ralari tizimining barpo 
etilishi, soliqlarni pul shaklida yig’ishning joriy etilishi, soliq yig’imlari 
miqdorining 
aniqligi, 
hisob-kitoblarning 
puxtaligi 
soliqchilarning 
boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu tadbirlar soliq yig’uvchilar soliqlarni 
o’g’irlay olmaydigan tizim yaratish uchun xizmat qilgan.
Buyuk Akbar hosil yaxshi bo’lmagan va ocharchilik davrida soliq olmaslik 
imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda pul va g’alla bilan qarz 
berish tartibini amaliyotga kiritgan. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’zlaridan oldin mavjud bo’lgan davlatlarga 
nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun adolatli va engil soliq siyosati yaratil-
ganligi Hindiston hududida Boburiylar saltanati uzoq davr hukm surganligining 
muhim sabablaridan biri bo’lgan. 
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o’ta muhim 
bo’g’ini bo’lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa qo’shgan, u kishining 
ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan qator engilliklar berilishiga sabab 
bo’lgan. 
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-1490-yillar) o’z zamonasining eng obro’li va 
buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, “xojalar xojasi, ulug’lar ulug’i” 
bo’lgan. U kishi o’zi yashab o’tgan 15 asrda islom olamining diniy, siyosiy, 
ma’rifiy va iqtisodiy hayotida juda katta o’rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk 
zotning moliya va soliq sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz. 
Ayrim islom davlatlarida XV asrda o’zaro taxt uchun kurashlar natijasida 
oddiy xalq ahvoli og’irlasha borgan. Masalan, temuriylar davlatida shariat 
tomonidan belgi-langan ushr, mol va zakotlardan tashqari har xil vaqtlarda turli 
munosabatlar bilan olinadigan soliqlar soni 30 taga etgan. Ulardan ayrimlari 
(tamg’o, yorg’u) mo’g’ullar hukmron-ligi davrida joriy etilgan bo’lib, ba’zi 
vaqtlarda hali ham qo’llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror 
musulmonlar boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va shariatni dastur qilgan 
holda sultonlarga murojaat qilib, masalani ijobiy hal etardi.
Turli masalalar bo’yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa 
zamondoshlariga yozilgan nomalari – “ ruqa” deb atalgan va ularning ko’pchiligi 
turli to’plamlar orqali bugungacha etib kelgan. Ana shu “ruqa”larning uchinchi 
turkumi iqtisodiy, savdo va soliq masalalariga bag’ishlangan. Bu “ruqa”larda 
Xoja Ahror oddiy xalqning soliq bo’yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta 
e’tibor qaratgan. 
Xoja Ahror hatto saroy xizmatidan voz kechmoqchi bo’lgan Alisher 
Navoiyga xat yozib, aytadi: «...Eshitishimcha, onhazrat, ya’ni sultonga 


48 
mulozamat qilishchdan goho malomat chekar ekansiz. Iltimos shuki, 
musulmonlarga madad yetkazmoq va biror faqirning dili mushkullikdan xalos 
topib, shod bo’lmog’i uchun xotiri sharifingizni saroy xizmatidan uzmang... Biror 
kishi ham musulmonlar g’amini eyishni o’ylamay qo’ygan bu vaqtda ularga 
g’amxo’rlik qilish — eng xayrli ishdir!..» 
Manbalarda ko’rsatilishicha, Xoja Ahror o’z zamonasining eng yirik 
tadbirkorlaridan biri bo’lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari muallifi Faxriddin Ali 
Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to Amudaryo sohillarigacha bo’lgan 
hududda 1300 dan ortiq ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu 
mulklarning katta qismi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning o’z erlari va 
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli tashkil topgan.
Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi shari-atda belgilangandan 
(ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda soliqlarni mehnatkashlar gardaniga 
yuklashdan ularni himoya etgan. Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda 
uni oldingi egasi ishlatib, foydasini o’zi olavergan. Dehqonchilik, 
chorvachilikdan tashqari Xoja Ahrorning shaharlarda ham hunarmandchilik 
rastalari, ustaxonalari bo’lgan va bulardan ham katta daromad kelib turgan. 
Lekin Xoja Ahror o’z xo’jalik faoliyatidan olgan daromadning katta qismini 
aholi boshiga tushgan og’ir soliqlarni to’lash, diniy va madaniy qurilishlarni 
amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan. Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent 
aholisidan 250000 dinor hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu mablag’ning 
hammasini o’zi to’lab, yana 70000 dinorni ham soliq yig’uvchilarga topshirgan. 
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror o’z davrida davlat xazinasini 
tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat mezonlariga rioya qilish 
sohasida hukmdorlarga takliflar bergan va o’z amaliy harakatlari bilan ularga 
o’rnak ko’rsatgan. 
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070-yillarda yozilgan “Qutadg’u bilik” 
(“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin o’g’li Rabg’uziyning 
“Qisasi Rabg’uziy”(1310-yil) asarlari, Ulug’bek Mirzo(1394-1449)ning 
islohotlari ham mazkur sohada muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) “Hilo-liya”, “Vaqfiya, 
“Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar 
devori”) kabi qator asarlarida adolatli davlat, adolatli soliq masalalari bo’yicha 
o’z fikr-qarashlarini bayon etgan. 
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va bosh vaziri 
lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan davrida aholi uchun soliq miqdorining adolatli 
bo’lishi uchun kurashgan. 
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g’arblik olim va 
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz. Haqiqatdan ham 


49 
ular zamonaviy moliya nazariyasi va amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. 
Bunga hech kim shubha qilayotgani yo’q.
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar, insoniyat 
tarixida o’zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g’oyalar va oldin hukmronlik qilgan 
podsholarning amaliy faoliyatlariga tayanishganligi negadir ko’pchiligimizning 
esimizdan chiqib qolmoqda.
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng qamrovli sohasiki, 
ular jamiyat a’zolarining mutloq ko’pchilik qismi hayotiga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni, amal qilish shakl va vositalari barcha 
soliq to’lovchilarni qiziqtirishi o’z-o’zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni 
yaqinda qo’lga kiritgan davlatlarda soliq mexanizmi hali shakllanish va 
takomillashish bosqichlarini o’z boshidan kechirmoqda. Shu o’rinda
 
mamlakatimizda soliq konsepsiyasini takomillashtirish bo’yicha 2018-yil 
davomida olib borilgan amaliy harakatlar va munozaralarni eslatib o’tish 
mumkin. Shu sabablarga ko’ra mamlakatimizda so’nggi yillarda soliqlar bilan 
bog’liq muammolar tobora ko’proq kitob, maqola va ilmiy tadqiqotlarga mavzu 
bo’layotganligini tabiiy bir hol sifatida qabul qilish mumkin. 
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa, dissertatsiyalar 
bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq bir holat kishini o’ylashga 
majbur qiladi. Sobiq sho’rolar davrida iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq 
nazariyasi bilan shug’ullanadigan olimlar o’z tadqiqotlarini asosan K.Marks, 
F.Engels va V.Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar edi. 
Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog’liq obyektiv sabablarga ko’ra 
marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy fanlar cho’qqisidan tushib 
ketishdi va bu borada muayyan bo’shliq paydo bo’ldi. Ulardan keyin moliya va 
soliq masalalari bo’yicha yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar
mualliflari mazkur vakuumni asosan g’arb asarlari hisobiga to’ldira boshlashdi. 
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng dolzarb 
muammolari haqida yozilayotgan bo’lsa, bunday yondoshishni ma’qullash
mumkin. Lekin hatto moliya va soliqlarning tarixi, ularning paydo bo’lishi, 
rivojlanish bosqichlari, obyektiv sabablarga ko’ra o’ziga xos xususi-yatlarga ega 
bo’lgan sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi
masalalarni tadqiq qila-yotganda ham tadqiqotchilar o’z fikr-mulohazalarini 
bayon qilish jarayonida ko’proq g’arb olimlari asarlariga tayanishmoqda. 
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy tadqiqotda 
mavzuning o’rganilganlik darajasi V.Petti, A.Smit, D.Rikardo kabi g’arblik 
klassik olimlarning soliqlarga oid qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi
taomilga kirib qoldi. Soliqlar haqidagi fanning paydo bo’lishi ham asosan 
yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa allaqachon 


50 
hammamizning qon-qonimizga singib ketdi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o’z oldiga shunday maqsad qo’ygan
davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning zamonaviy 
muammolari tadqiq qilingan asarlarning “foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati”
qismida ham asosan yana g’arblik olimlarning nomlarini ko’ramiz. qaysi 
dissertatsiya, kitob yoki maqolani olib qaramang, ular S.Bryu, J.Keyns,
M.Kempbel, Y.Kornai, K.Makkonell, J.Lourens, P.Samuelson, Y.Shumpeter, 
M.Fridman kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana o’shalar bilan tugaydi. 
G’arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus olimlari asarlari, va 
nihoyat, oxirida o’zbek olimlari tadqiqotlari tilga olinadi. 
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondoshish tarixiy voqelikka
to’g’ri kelmaydi va uni o’zgartirish fursati allaqachon yetib keldi.
Masalan, soliqqa tortishning umumiy prinsiplari birinchi bor A.Smit, V.Petti 
va D.Rikardo asarlarida ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o’rinda ortiqcha 
e’tirozimiz yo’q. Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo’lmish ingliz 
olimlari V.Petti (1623-1687) “Soliqlar va yig’imlar haqidagi risola” (1662-yil), 
A.Smit (1723-1790) “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” 
(1776-yil), D.Rikardo (1772-1822) “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari” 
(1817-yil) kabi mashhur asarlarida soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta 
xizmat qilishgan. 
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha sifatida 
shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqorida nomlari zikr etilgan buyuk
farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini tan olish kerak. 
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat moliya va soliqlar 
masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming taassufki, adabiyot va fanning 
boshqa sohalarida ham hozirgacha “oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”,
qabilida yashab kelayotgan xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz 
yozayotgan kitob, maqola, o’tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televideniya va 
radiodagi chiqishlarida ko’proq g’arb asarlariga tayanish kasalligidan hozirgacha 
qutula olishmayapti. Hatto kundalik hayotimiz va o’zaro suhbatlarimizda ham 
Buyuk Navoiy, Boburlardan emas, Shekspir yoki Gyotelardan ko’proq misol 
keltiramiz... 
Agar bobolarimiz tomonidan o’z vaqtida mazkur masalalar bo’yicha biror 
jo’yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo’lishga asos yo’q edi. 
Ming afsuslar bo’lsinkim, hozirga qadar ajdodlarimizning moliya sohasidagi 
buyuk merosi yetarli darajada o’rganilmagan va o’zining haqiqiy bahosini 
olmagan. Sobiq sho’rolar davrida biz buyuk merosimizni bilmas edik, Al-
Farg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Marg’inoniy, Moturidiy kabi


51 
allomalarimizning xizmatlari u yoqda tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan 
edik. Mustaqillik sharofati bilangina biz ularni bila boshladik. 
Mazkur holatga chek qo’yish uchun ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni 
sinchiklab o’rganish talab etiladi. Lekin bu oson va tez fursatda hal bo’ladigan ish 
emas. Negaki, ularning asarlari eski o’zbek(turk), arab va fors tillarida va boshqa 
imloda, ya’ni arab alifbosida bitilgan. 
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qara-masdan asrlar davomida jahon 
mamlakatlari va xalqlari o’rtasida o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan va oldiga 
buyuk maqsadlarni qo’ygan davlatimiz o’z ajdodlari merosini tobora kengroq 
ko’lamda o’rganmoqda.
2016-yildan boshlab ajdodlarimiz merosini o’rganishga e’tibor yanada
kuchaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va 
qarorlari qabul qilindi, nufuzli tadbirlar o’tkazildi.
Jumladan, Samarqandda 2017-yilning 28-30-avgust kunlarida YuNESKO 
shafeligida 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin