5.
Takror ishlab chiqarish va moliya
Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va
ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi taqozo etiladi. Planetamiz
aholisi sonining o’sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi,
mamlakatlar ichidagi va ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi,
ilmiy-texnika taraqqiyotining rivoj-lanishi qator omillar ta’siri sharoitida “hayot
kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay olishining
28
muhim sharti bo’lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining foydali
tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham mavjud. Uning salbiy tomonlari yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat
sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora ko’proq to’planishiga olib
kelmoqda. Kambag’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan mamlakatlar esa hamon
xomashyo qazib chiqarish va qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bilan
shug’ullanishga majbur etilmoqda. Shunday bo’lishiga qaramasdan, har qanday
sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o’zgarmasdan
qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng
rivojlangan mamla-katlarda
yig’ilmoqda va ularga kelgusida ham taqsimlashni
o’zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti.
Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab chiqarish
jarayonida moliyaning o’rni va ahamiyatini chuqur tasavvur qilish
O‘zbekistonning bo’lajak moliyachi mutaxassisi uchun o’ta zarur sifat
hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
ishlab chiqarish;
almashuv;
taqsimlash;
iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart
bo’lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib
qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar
xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi
bevosita va bilvosita shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi
tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o’rinni egallaydi. Biroq,
baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa
kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita
namoyon bo’ladi. O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasining ijtimoiy
mo’ljallanganlik darajasi yuqori ekanligidan kelib chiqiladigan bo’lsa, taqsimlash
bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko’rinadi. Takror ishlab
chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar
va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon
bo’ladi.
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda,
takror ishlab chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat
qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi.
Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda
takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar
29
o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda
ishtirokchilarning har biri o’ziga tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida
bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda
yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so’ng esa
almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi. Takror ishlab chiqarish
jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni quyidagi ikki
qismga bo’ladi:
iste’mol fondi;
jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar,
qarzlar, sug’urta to’lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda
individual va jamoa daromadlaridan o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan
qismni) ajratib oladi.
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning chegarasini
aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamo-atchilik tashkilotlari, partiyalar va
shunga o’xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo’li
bilan davlat faoliyatining chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O‘z navbatida,
davlat ham o’zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi.
Uning funksiyalari qancha keng bo’lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha
katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol
proportsiyalari (nisbatlari) ham o’zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni
saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining kattaroq qismini o’z zimmasiga olsa
(bizning mamlaka-timizda aynan shunday), bu narsa ishchi kuchining bahosida
va demak, mehnat haqining darajasida o’z aksini topadi.
Bu jarayonda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo’lsa,
shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bo’lishi bilan
xarakterlanadigan tendentsiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida
takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samaradorligi
xususidagi bahslar hali-hamon to’xtaganicha yo’q. Har bir davlat uchun ma’lum
bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami)
qancha boy bo’lsa, davlatning o’zi ham shuncha boy bo’ladi, degan tushunchadan
kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki
daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan
iqtiso-diyotni vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza
(asos) o’sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar ssuda kapitalining
asosini tashkil etib, o’z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va
ilmiy-texnika taraqqiyotiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad miqdorlarini chegaralab
(cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish bazasi ham torayishi
30
mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan
chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan
chiqadi). Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi
kambag’al qatlam-larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda
majbu-riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi mumkin.
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to’liq
almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin
emas. Biroq yangi tizimni yaratishda iqtisodiyot tarmoqlari texnologiyala-rining
holati, tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi
kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan ko’r-ko’rona nusxa olish
noto’g’ri va bu o’zini oqlamaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab,
kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan
chegaralanish etarli emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan
olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank
sohalarining o’ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy korxonalarning keng
rivojlanishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o’rnini ko’rsatish uchun JIMning
o’rniga YaIMdan foydalanish mumkin. Bunda har ikki ko’rsatkichlar o’zlarining
afzalliklari va kamchiliklariga ega ekanligini e’tiborga olish lozim bo’ladi.
Masalan, YaIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy
xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o’zida esa, JIMning tarkibiga noishlab
chiqarish xizmatlari kiritilmaydi, xolbuki, ularning salmog’i yuqori darajada
taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat xarajatlarining 1/3 qismini tashkil etishi
mumkin. Biroq taqsimlashning ko’pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bo’lsa,
JIM ko’rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega
ekanligi ma’lum bo’ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi
bo’lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o’zida to’liqroq aks ettiradi.
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining
qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
milliy daromad (ishchi kuchi va qo’shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o’z mablag’lari etarli bo’lmagan
sharoitda davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish mumkin.
Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi.
JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni
(amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib
olish, yoqilg’i, elektroenergiyani xarid qilish ko’rinishlarida va h.k.) taqsimlash
31
jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning
uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa,
u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlarni to’lashga borib tugar
edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok
etibgina qolmasdan, balki xizmat ko’rsatish sohasi, maorif, sog’liqni saqlash,
bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o’z daromadlarini shakllantirib,
ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga ish haqi to’laydi. Byudjet
tizimida ishlaydiganlar esa, o’z navbatida, Davlat byudjetining daromadlarini
shakllan-tirishga yo’naltirilgan soliqlarni to’laydilar. Fuqarolar o’zlarining
shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini to’laydilar, sug’urta
fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari
uchun foizlarni qayta-radilar. Korxonalar turli xizmatlar ko’rsatish orqali topgan
daromadlari hisobidan ham soliqlar to’laydilarki, ular byudjet daromadlarini
shakllantirishga yo’naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha
munosabatlar ham moliya bo’lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan
chetda moliya mavjud emas.
JIMning ikkiga bo’linishi bilan xarakterlanadigan taqsimlashning birinchi
bosqichidan so’ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg’arish
fondi va iste’mol fondiga bo’linadi.
Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bo’lib, uning bir qismi takror ishlab
chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa zaxira(rezerv) fondlarini
shakllantirishga mo’ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning
ishtiroki iqtisodiyotga davlat
investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini
shakllantirish va sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo’ladi. Bunda
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq amalga
oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin.
Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet
ko’rsatkichlari doirasida (chegarasida) amalga oshiriladi. Tarixiy taraq-qiyotning
bugungi bosqichida deyarli barcha
mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega
bo’lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini o’rganayotgan paytda
daromad va xarajat-larning ketma-ketligiga e’tibor bermaslikka imkon beradi.
Ko’pchilik hollarda amaliyotda daromadlar hali yig’ilmasdan oldin xarajatlarning
amalga oshirilishi sodir bo’ladi. Bunday vaziyatlarda, ya’ni daromad va
xarajatlarning muddatlari bo’yicha paydo bo’layotgan nomuvofiqlikning oldini
olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan
foydalanish mumkin.
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham,
takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subyektlari (davlat bilan ham
32
birgalikda) o’rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya
holati, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning obro’si va
boshqa shu kabi ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Jamg’arish fondi va iste’mol fondi o’rtasidagi nisbatlarning o’zgarishiga
qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, iste’mol fondining etarli yuqori
darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni,
shaxsiy jamg’armalar o’sadi). Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi kamroq
bo’lsa, korpo-rativ jamg’armalar o’sadi. Chunki yaratilgan MD yangidan
yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish
jarayonining negizida o’ziga xos tovar bo’lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida
ishchi kuchi o’zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo’lgan qiymatni
yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy
qismlari bo’lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlariga esa xos emas.
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy iste’mol fondlari;
shaxsiy iste’mol fondlari.
Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o’rtasidagi nisbat
hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog’liq. Yaqin o’tmishda
kommunistik yoki sotsialistik partiyalar hukmronlik qilgan mamlakatlarda
ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy o’rinni
egallagan. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni
saqlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil
etgan.
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashti-rish darajasi yuqori
bo’lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy Saudiya Arabistoni, Quvayt,
Birlashgan Arab amirliklari, Bruney sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijti-
moiy iste’mol fondlarining iste’mol fondlaridagi salmog’i katta. Bozor
iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida
ham aholining ijtimoiy himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’z
zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan davlatlarda iste’mol fondlarining
umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol fondlari asosiy o’rinni egallaydi. Chunki
ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy
yordam ko’rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol
fondlarining salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bo’lib, bu
fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xo’jaligi va
h.k.larni moliya-lashtirish qo’llab-quvvatlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanishni
moliyaning ishtirokisiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Boshqa
33
iqtisodiy kategoriyalar bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni
so’zma-so’z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi
soliqlar va ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amor-
tizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Biroq
ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita
jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan Davlat byudjeti
orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy
ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo’lgan
dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot
fondlarini shakllantirishda o’zining to’lovlari bilan ish beruvchilar va yollanma
mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini
shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi yo’naltiriladi. Shaxsiy
iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bo’linadi:
shaxsiy jamg’arma fondlari;
iste’mol fondlari.
Shaxsiy iste’mol jamg’armasining aynan shu ikki qismi tovarlarni olish-
sotish bilan bog’liq operatsiyalarning to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun tegishli
sharoitni yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi
nisbat hamda ularning hajmi davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beruvchi
muhim ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Agar davlat soliqlar ko’rinishida birlamchi
daromadlarning katta qismini o’z ixtiyoriga olib qo’ysa, u shu bilan
iqtisodiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa
boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi – uning
xarajatlari ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to’g’risida gap
ketayapti), samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yoki nooqilona
(ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo’lib, ishchi kuchining takror
ishlab chiqarilishini rag’batlantirmaydi) bo’lishi mumkin.
Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yaratilayotgan daromadlarning 30 foizdan
ortiq qismi olib qo’yilayotgan davlatlarda ishlab chiqaruvchi va xizmat
ko’rsatuvchilarda iqtisodiy o’sish uchun mablag’lar yetarli bo’lmay qolishi
mumkin. Shunday holatlarda davlat ishchi kuchini takror ishlab chiqarish bilan
bog’liq xarajatlarning bir qismini o’zi hisobidan amalga oshirishi taqozo etiladi.
Soliqqa tortish darajasi yuqori bo’lgan sharoitda soliqni to’lashdan bosh tortish
tendentsiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham ortadi.
Dostları ilə paylaş: |