6.
Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
34
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari
xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish
munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib
chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi
kerak. Alohida olingan davlatda o’zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va
bog’liqlikda sodir bo’lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy
qonuniyatlar xususiy holatlarga bog’liq bo’lmaydi. Har bir ijtimoiy tuzum va
shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma
mos keladi.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda
moliya munosa-batlari bir-biridan
farq
qiladi va bu farqlar
quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi:
har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi mos keladi.
Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat
foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning maqsadlari va
vazifalariga bo’ysunadi;
ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabatlarining yangi tizimini
vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarga natural munosabatlar
xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham
asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul
munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish
ham pul shaklida amalga oshiriladi;
agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish
munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga
moliya ham xizmat qiladi;
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir
davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan
mamlakatlarda ham pul o’zining barcha funksiyalarini bajara olmagan. Shunga
mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham jamiyatning
barcha tarmoqlari va sohalari uchun umumiylik kasb eta olmagan. Ibtidoiy-jamoa
tuzumining xo’jalik tuzilmasi to’g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bo’lmaganligi
uchun faraz qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yo’q bo’lganligi uchun ana
shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bo’lmagan.
Davlat apparatining shaklla-nishi, unga tegishli bo’lgan funksiyalarning
kengayishi, xususan, doimiy qo’shinlarning tashkil etilishi, yo’l qurilishining
joriy etilishi bilan jamiyatda moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari
daromadlarining asosiy manbalari kontributsiyalar, harbiy o’ljalar, natural
soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr
35
mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko’rinishidagi soliq-larni to’lagan
bo’lishi mumkin. Shunday bo’lishiga qara-masdan, quldorlik tuzumida pul
ko’rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek,
natural xo’jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik
kasb qilgan emas.
Jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o’tishi munosa-bati bilan iqtisodiy
kategoriya sifatida moliya umumiylik xarakteriga ega bo’ladi. Biroq, hatto ana
shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xarakterga ega
bo’lgan usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning sodda va tushunarli misoli
sifatida yoppasiga harbiy majbu-riyatni ko’rsatib o’tish mumkin.
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o’z
funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamg’armalarni shakllantirish
va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon
beradi. Bunda turli davlat va tuzumlarda jamg’armalarni shakl-lantirish va
ulardan foydalanishning shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi
mumkin. Bu yerda gap undirishning shakllari to’g’risida emas, balki uning
obyektlari to’g’risida ketayapti. Ana shunday obyektlar sifatida har doim mulk va
daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to’g’risida gapiriladigan bo’lsa, u
holda hatto antik grek davlatlaridayoq to’g’ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda
egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo’lgan. To’g’ri (bevosita) soliqlar er va mol
egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri
(bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga
chiqqan.
Rim imperiyasida armiyada pulli to’lanmalar (yollanma askarlar va ofitserlar
uchun) joriy etilgan. Bu va shunga o’xshash boshqa ehtiyojlar (tomoshalarni
tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam ko’rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni
talab etgan. Shuning uchun ham harbiy o’ljalar va kontributsiyalarga qo’shimcha
ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun to’lanadigan
soliq ana shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buyumlarini
sotganlik uchun (asosan 1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida
har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham to’lagan.
Rimda 5% miqdorida undiriladigan merosdan olinadigan soliq ham joriy etilgan.
Ijtimoiy tuzum sifatida feodalizm qullarga egalik qilish yoki patriarxal tuzum
asosida rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dehqonlarning feodallarga
biriktirilganligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir ko’rsatmagan.
Biriktirilgan dehqonlar bo’lmagan joyda feodalizm ham mavjud bo’lmagan.
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning
funksiyalari feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o’zi egalik qiladigan
joy chegaralari doirasida o’z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy
36
hokimiyat xo’jalik hayotiga, xususan, aholini soliqqa tortish masalalarini faqat
feodal bilan muvofiqlashtirilgan chegara doirasida aralashuvi mumkin edi.
Yevropada feodal bo’linuvchanlikka birinchi marta salb yurishlari orqali kelib
chiqqan ritsarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan. Davlatlar
o’rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda
qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf qilingan
to’lanmalardan tashqari dehqonlar yo’llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga
xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur
bo’lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat
o’zlarining buyumlari bilan emas, balki pullari bilan ham to’laganlar. Savdogarlar
feodalga sovg’alar va daromadlaridan to’lovlardan tashqari tranzit va boshqa
bojlarni to’laganlar.
O‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o’z soliqlari va o’lponlarini joriy
etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va o’lponlarni unifikatsiya qilish
to’g’risida gap bo’lmagan. Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga o’tishga sabab bo’ldi.
Jamiyatda tovar munosabatlari qancha yuqori bo’lsa, pulli soliqlarning salmog’i
ham shuncha katta bo’la borgan. Feodalizmning o’rta va so’nggi davrlariga xos
bo’lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof
etish mumkin. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani
to’lab, daromadlarning katta qismini o’z ixtiyorlariga qoldir-ganlar. Shuning
uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlarni
burjua munosabatlariga aylantirishda eng asosiy manfaatdorlar shaklida
maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo’lida katta
miqdordagi pul resurslarining to’planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar
va banklarning birinchi mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga
aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va preferentsiyalari, to’siqli bojxona bojlari
va soliq immunitetlari kapitalning jamg’arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi bilan jamg’arilgan kapital endigina tug’ilib kelayotgan
sanoat sari yo’l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o’z ta’sirini
ko’rsatdi. Va, nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-
yarog’, harbiy inshootlar, flot qurishning buyurtmachisi sifatida maydonga
chiqib, MDni soliq tizimi orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda
to’planishiga (jamg’arilishiga) olib keldi. Kapitalning jamg’arilishiga sanoatning
rivojlanishini rag’batlantirgan, burjuaziyaning mustahkamlanishiga sharoit
yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi.
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi tobora ko’proq ishchi kuchi zarur
bo’lgan. Ishchilar salmog’ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi
37
jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik
munosabatlarning rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Burjuaziya tomonidan
hokimiyatning qo’lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki uning
hokimiyatchilik vakolatlari qisqar-ganligini anglatadi. Hokimiyat tepasiga kelib,
burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki feodallarga tegishli bo’lgan
imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga
yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy soliq yuklamasi engillashmadi. Turlicha
tarzda ta’sir etadigan omillarning ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada
jamg’arish va o’z foydasini o’stirish uchun o’zini tegishli imkoniyatlar bilan
ta’minladi.
Kapitallar harakatidagi davlatlararo chegaralarga barham berilishi bilan
banklar, birjalar va mustam-lakachilik urushlari bunday vaziyatning vositalari
bo’lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning butun og’irligini bosib olingan
mustamlaka davlatlar
fuqarolari elkasiga yuklab, o’z mamlakatlari
xalqining
ashaddiy himoyachilariga aylandi. O‘z daromadlari miqdorini ko’paytirish uchun
ishchilar sinfining qarshi kurashi natijasida burjuaziya qo’lida kapitalning yanada
to’planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy institutlarni o’ylab topdi. Bu yerda
gap tibbiy va ijtimoiy sug’urta, mol-mulk va hayot sug’urtasi tizimlari paydo
bo’lganligi to’g’risida ketayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli
soliqlarning juda katta qismini o’z qo’liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga,
uy-joy qurilishiga va hokozolarga buyurtmalar orqali to’play boshladi.
Xususiy tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning
taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va shu
asosda kapitalning rivojlangan mamlakatlarda yig’ilishi kuzatiladi. Nafaqat soliq
imtiyozlari va hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi,
norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish
infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat har doim milliy
burjuaziyaning pozitsiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar
va buyurtmalar bilan manipulyatsiya qilish asosida o’zining tartibga soluvchilik
(regulyatorlik) rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929-yildagi
iqtisodiy tanazzul paytida AQSh hukumatining yurgizgan siyosatini ko’rsatish
mumkin.
Moliya masalalariga bag’ishlangan ilmiy ishlar juda qadimda paydo bo’lgan.
Moliya bo’yicha ilk ilmiy ishning birinchi yevropalik muallifi Ksenofont
(eramizdan avvalgi 430-355-yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari
“Afina respublikasining daromadlari to’g’risida” deb nomlangan. Buyuk
mutafakkir Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322-yillar) moliya sohasidagi
qarashlari uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon qilingan.
38
Eramizning 948-yilida soliqlar to’g’risida asar yozgan Qadam ismli arab
olimining nomi ham fanda ma’lum. F.Akvinskiy (1225-1274-yillar) ilk marta
qirolning soliqlarni undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan.
Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka,
D.Karaf, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham
kiritish mumkin.
XVII asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga ingliz iqtisodchilari katta
hissa qo’shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni
alohida ajratib ko’rsatish kerak.
L.fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnenfels kabi nemis olimlari
XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini
qo’shganlar. Ular fanga kameralistikaning nemis maktabi vakillari sifatida
kiritilgan. I.Yusti 1746-yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida
moliya to’g’risidagi kameralistik maktab vakillarining qarash-larini
umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib
ko’rsatilgan (chegaralangan).
Fiziokratlarning o’tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o’rganganlar. Ularning
asarlarida moliyaning turli yo’nalishlari va jihatlari tahlil va tadqiq qilingan.
Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber,
S.Voban, Dj.Styuartlarni ko’rsatish mumkin. Aynan V.Petti (1623-1687 yillar)
o’zining “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy
iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi.
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII asrga
to’g’ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar
va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar
– A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining
darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo’lishiga qaramasdan
ularning moliya
to’g’risidagi ta’limotlarini quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishga keltirish mumkin:
davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan
himoyalaydi;
davlatni saqlash arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv
xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;
davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza
olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan
ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak;
davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsip-lariga qat’iy rioya
etmog’i lozim:
o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak (bu qoida
ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo’naltirilgan);
39
soliqni oldindan aniq belgilash zarur;
soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim;
soliqlarni yig’ish xarajatlari arzon bo’lishi kerak.
Kapitalistik tuzumning feodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab chiqarish
munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va
qarashlarning vujudga kelishiga olib keldi. Sho’rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy
maktabning vakillari “vulgar iqtisodchilar” deb atalgan. Chunki ular, davlat
daromadlarini shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning
xarajatlarini tahlil etish burjua hukumatlari to’g’risida salbiy tasavvur hosil
qilishi mumkinligi to’g’ri, deb hisoblagan edilar. Bu maktabning yetakchi
namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” deb nomlangan o’z asarini 1848-
yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. XIX asrning oxirlaridagi moliyachi olimlar
qatoriga 1877-yilda moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Le-rua-Boleni va
1892-yilda “Davlat moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin.
XIX asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo’shib, 1826-1832
yillarda uchinchi qismi to’liq moliyaga bag’ishlangan siyosiy iqtisod kursini
nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining asosiy boshlanishi” deb
nomlangan asari 1867-yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada moliya fanining
rivojlanishiga o’zining keskin ta’sirini ko’rsatgan.
Nemis olimlaridan Soden (1811-yil), Yakob (1821-yil), Malhus (1830-yil)
va Shenlarning (1832-yil) XIX asrning boshlarida nashr etilgan moliya
to’g’risidagi asarlari alohida mashhurlikka ega bo’lmagan bo’lsada, lekin bu
ishlar “moliya” tushunchasining tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani
kiritgan L.fon Shteyn va moliya fanining mumtozi A.Vagnerlar (uning “Moliya
to’g’risidagi fan” asari 1880-yilda nashr etilgan) dunyoqarashlarining
shakllanishida katta rol o’ynadi. XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari
qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va,
nihoyat, “Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869-yilda (1900-yilda – rus
tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin.
XX asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabiyotlarda yetarli darajada
tadqiq qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra,
rus iqtisodiy (moliyaviy) adabiyotida “moliya” tushunchasining taraqqiy etishini
ko’rib chiqish muayyan ahamiyat kasb etadi.
Rossiya tarixida moliya sohasidagi
ilk asarning muallifi Ivan Grozniy
davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini
kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini ko’paytirish va davlat resurslarini
markazlashtirishning tarafdori bo’lgan.
XVII asrdan bizgacha Y.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya
xususidagi asarlar ham yetib kelgan. Y.Krijanich o’z asarlarida yevropalik
40
mualliflarning iqtisod va moliyaga oid qarashlari va mulohazalaridan keng
foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga “bog’laydi”. U davlatning boyishi
usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga – boyishning
“to’g’ri” va “noto’g’ri” usullariga bo’ladi va bu narsalarning dunyoda allaqachon
ma’lum ekanligini aytib, ularning yangilarini o’ylab topmaslik kerak, deb
hisoblaydi.
G.Kotoshixinning 1664-yilda yozilgan va “Aleksey Mixaylovich
podshohligidagi Rossiya to’g’risida” deb nomlangan asari oradan ikki yuz yil
o’tgandan so’ng ma’lum bo’lgan. Unda XVII asrning o’rtalaridagi Rossiyaga
tegishli bo’lgan katta ma’lumotlar keltirilgan.
XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili
I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash
mumkin: boqimandani undirayotgan paytda uning to’lovchisini xonavayron
qilmasdan, to’lovchidan to’lovni amalga oshirish muddatlari xususida yozma
ravishda majburiyatni olmoq lozim.
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar
paydo bo’ldi. Ularning orasida yaqqol ko’zga tashlangani A.Polenovning
“Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati xususida” deb nomlangan asaridir.
Bu asarda Rossiyada birinchi bo’lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy
sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi
tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.
A.Narishkin 1767-yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” deb nomlangan
maqolasida soliqlarga oid bir necha qiziqarli mulohazalarni oldinga suradi,
soliqlar va davlat o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qiladi.
Rossiyada “moliya” atamasining paydo bo’lishi XVIII asrga borib taqaladi.
Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib, qariyb yarim asr mobaynida
“xazina” atamasi bilan
bir xil ma’noda tushunilgan. Birinchi marta Rossiya
adabiyotida “moliya” ilmiy tushunchasi 1767-yilda Moskva universiteti
tomonidan nashr etilgan “Entsiklopediyadan tarjimalar” kitobining so’zboshisida
ishlatilgan. Bu yerda “moliya” tushunchasi “davlat daromadlariga tegishli bo’lgan
ish”, deb talqin qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva
universitetining huquq bo’yicha professori S.Desnitskiy kiritgan. 1802-yilda
Moliya vazirligining tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalalarda
mustahkam o’rin egallay boshladi. Biroq 1835-yilga qadar, ya’ni rus
universitetlarida “Moliyaviy huquq” kursi paydo bo’lgancha qadar moliya
mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi sifatida
tushunilgan. Amaliyotda esa ko’proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishchev o’zining “Jon yig’imi xususida” deb nomlangan asarida
birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan.
41
Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811-yillarda
N.Turgenev tomonidan yozilgan.
Moliya sohasidagi o’ziga xos asarlarga graf Speranskiyning moliyaviy
rejasini, Y.Gagemayster, V.Kuri, D.Tolstoylarning moliyaning rivojlanish
tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning davlat krediti to’g’risidagi
ishlarini kiritish mumkin. Moliya nazariyasi bo’yicha rus tilida ilk darslikni
I.Gorlov yozgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning nazariy
masalalariga bag’ishlangan asarlar orasida I.Shilning monografiyasi alohida o’rin
egallaydi. Uning fikricha, moliya nazariyasi davlat xazinasi g’oyasiga
bo’ysundirilgan.
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini chegaralab
bergan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov o’zining o’tmishdoshlaridan
ancha oldinga o’tib ketgan va u moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas,
balki ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tushungan.
XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte va
I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o’zining munosib
hissasini qo’shgan.
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akademik I.Yanjulning
asarlarida o’z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya fanining predmeti
davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish
hisoblanadi.
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning xizmatlari ham
katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondoshuvni asoslab bergan. Uning nazarida
moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir.
Prof. L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi va uning
tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham kiritadi.
1882-1885-yillarda o’zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan
Sankt-Peterburg universitetining professori V.Lebedev ham moliya nazariyasini
rivojlantirishga munosib xizmat ko’rsatgan. U moliyaning tarkibiga faqat pul
daromadlarini kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiritadi, davlat
xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov,
A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo bo’ladi.
Sho’rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga V.Dyachenko,
A.Aleksandrov,
A.Birman,
E.Voznesenskiy,
V.Chantladze,
B.Boldirev,
V.Rodionova, P.Nikolskiy, M. Shermenev, M.Romanovskiy, B.Sabanti,
42
V.Kolesnikov, D.Molyakov, A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa
qo’shganlar
7
.
Dostları ilə paylaş: |