778
KIRISH
“Moliya” fanining ishchi o‘quv dasturi pandemiya
sharoitida moliyaviy
resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish
maqsadlariga erishish, ulardan samarali foydalanish,
shuningdek
mamlakat moliya tizimini amal qilish qonuniyatlarini o‘rganish kabi masalalarni
qamrab oladi. Ushbu o’quv dasturi bo’yicha o’qitiladigan mavzular bo‘lg‘usi
mutaxasislarning kasbi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z faoliyatining
maoliyaviy natijalarini bilishi, moliyaning mohiyatini tushunib yetishi, “Moliya”
fanining sir asrorlarini idrok etishiga yordam beradi.
Dasturda asosida talabalar
mavzularni mustaqil o‘rganib, qo‘shimcha bilim olishlarini hisobga olib bir qator
nazariy masalalar kengroq berilgan.
“Moliya” fani “Iqtisod” ta’lim sohasi yo’nalishlari uchun umumkasbiy va
ixtisoslik fanlaridan biri sanaladi. Shuning uchun talabalarning moliyaviy
tafakkurini shakllantirishda “Moliya” fani muhim rol o‘ynaydi.
“Moliya” fanining mazkur ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
3151-son Qarori hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
PQ-3775-
sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab
chiqilgan va unda “Moliya” fanini o‘qitishda zarur bo‘lgan
asosiy jihatlar
yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: