Davlatiy moliya


I. O‘QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

I.
O‘QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY 
TA’LIMDAGI O‘RNI
Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda 
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan 
samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimini amal qilish 
qonuniyatlarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab oladi. “Moliya” fani mamlakat 
moliya tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilish va ularning amal qilishiga 
ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni 
bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda 
talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. 


779 
“Moliya” fani tegishli ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy va ixtisoslik 
fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, ushbu fan tegishli ta’lim 
yo‘nalishlarining 2, 3 kursida o‘qitilishi rejalashtirilgan.
“Moliya” fani sirtqi (ikkinchi oliy) ta’lim shakli ishchi o‘quv rejasiga binoan 
tegishli ta’li, yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil 
qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar, obyektlarni 
baholash, iqtisodiyotdagi pul munosabatlarini hamda moliyaviy instrumentlarni 
boshqarish, yaratish va o‘rganishni tasvirlab beradi.
 
II. O‘QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI 
“Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, 
moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya 
nazariyalari, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning 
moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, 
byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat krediti, ijtimoiy himoya, 
sug‘urta va xalqaro moliya munosabatlari kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha 
yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy 
ko‘nikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning 
bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
Talaba: 

“Moliya” fanining predmeti, obyekti, usullari va boshqa fanlar bilan 
aloqasi; 

moliyaning mohiyati va vazifalari; 

moliya tizimi; 

moliyaviy qarorlar; 

moliyaviy siyosat; 

uy xo‘jaliklar moliyasi; 

moliyaviy boshqaruv haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 

moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish; 

moliyaviy nazorat; 

moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari; 

ijtimoiy ta’minot; 

xalqaro moliya munosabatlari; 

moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan 
foydalana olishi; 

davlat byudjeti; 

davlat maqsadli jamg‘armalari; 


780 

byudjetlararo munosabatlar; 

sug‘urta munosabatlari; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari; 

asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va 
rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin