18-mavzu. Mahalliy byudjetlar Mahalliy byudjetlarning mohiyati. Mahalliy byudjetlarning umumiy
moliya munosabatlari tarkibidagi o‘rni va ahmiyati. Davlat byudjeti tizimida
mahalliy byudjetlarning tutgan o‘rni. Mahalliy byudjetlarni shakllantirishning
ahamiyati. Mahalliy byudjetlarning moliya tizimi bog‘inlari bilan munosabati.
Mahalliy byudjet daromadlarining shakllantirishning asosiy manbalari. Mahalliy
byudjetlarning biriktirilgan daromadlari. Mahalliy byudjetlarning tartibga
solingan daromadlari. Mahalliy byudjet xarajatlarining mohiyati. Mahalliy
byudjet xarajatlarining tarkibi va turlari.
19-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha. Byudjet darajalari
o‘rtasida daromadlar va xarajatlarning taqsimlanishi. Tartibga soluvchi
daromadlar, ularning byudjet tizimi byudjetlarini tartibga solishdagi ahamiyati.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar
rioya qilishi lozim bo‘lgan cheklanishlar. Byudjetlararo munosabatlarning
zarurligi. Byudjetlararo transfertlarning shakllari: subvensiyalar, o‘tkazib
beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‘zaro hisob-kitoblar
bo‘yicha mablag‘lar. Byudjetlararo transfertlarni o‘tkazish tartibi. Byudjet tizimi
byudjetlari daromadlarini tartibga solishda byudjetlararo munosabatlarning
ahamiyati. Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert. Aylanma kassa
mablag‘lari. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari.
20-mavzu. Byudjet jarayoni Byudjet jarayoni to‘g‘risida tushuncha. Byudjet jarayoni bosqichlari:
byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish,
byudjet ijrosini nazorat qilish, byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash
va tasdiqlash. Byudjet jarayoni ishtirokchilari, ularning vakolatlari va vazifalari.
Tasdiqlangan byudjetning byudjet mablag‘larini oluvchilarga yetkazilishi.
Byudjetni ijro yetish, uning vazifalari, byudjet ijrosini ta’minlovchi organlar.
Byudjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Byudjet jarayoni bosqichlarini nazorat qilish, nazoratning asosiy vazifalari.
Xorijiy davlatlarda byudjet jarayonini tashkil qilishning xususiyatlari. Xorijiy
davlatlarda byudjet jarayoni: ishtirokchilari, ularning vakolatlari.