2-mavzu. Moliyaviy tizim Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari.
Moliyaviy tizimning ta’rifi.
Davlat moliyasi, mahalliy moliya, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi va
ularning bo’g’inlari. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’inida
shakllanuvchi pul fondlari hamda ularni daromad manbalari, ulardan
foydalanishning o’ziga xos shakllari va metodlari. Moliyaviy tizim funksiyalari.
Moliyaviy tizimni iqtisodiyotni boshqarishdagi roli.
3-mavzu. Moliyaviy qarorlar Moliyaviy qaror. Uning o’ziga xos xususiyatlari. Uy xo’jaliklari qabul
qiladigan moliyaviy qarorlar va ularning asosiy tiplari: pul mablag’larini iste’mol
qilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar, investitsion qarorlar, moliyalashtirish
xususidagi qarorlar, riskiy boshqaruv haqidagi qarorlar. Insoniy ehtiyojlar va
moliya nazariyasiga muvofiq ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishda aks
etishi. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar. Firmaning ta’rifi. Firmaga xos
bo’lgan xususiyatlar. Korxonalar moliyasi va korporativ moliya. Kapital.
Jismoniy va moliyaviy kapital. Strategik rejalashtirish va strategik maqsadlar.
Investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsion loyiha. Moliyalashtirishning oqilona
tarkibiy tuzilmasi. Asosiy va aylanma kapitalni boshqarish. Firma moliyasini
umumiy boshqarish. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlarga ta’sir qiluvchi
asosiy omillar. Firmaning moliyaviy siyosati.
4-mavzu. Moliyaviy siyosat Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruvning
barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy siyosatning
moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. Moliyaviy siyosat
davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Uning
davlatning u yoki bu iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga
oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilganligi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari). Byudjet siyosati, soliq
siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, ijtimoiy-
813
moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi omillar, uning faqat
byudjet jarayoniga tegishli emasligi.