8-mavzu. Moliyaviy yangiliklar Moliyaviy yangiliklar va bozorning “ko’rinmas qo’li”. Moliyaviy
yangiliklarning ayrim tadbirkorlar va firmalarning harakatlari natijasida yuzaga
kelishi. O’zining foydasi uchun harakat qilayotgan individning uning maqsadiga
kirmaydigan natijaga “ko’rinmas qo’l” tomonidan yo’naltirilishi. Moliyaviy
sohada innovatsiyalarning yuzaga kelishiga turtki bo’ladigan asosiy iqtisodiy
manfaatlarning inson faoliyatining boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi
manfaatlardan hech qanday farq qilmasligi. Innovatsiyalar va texnologiyalarning
rivojlanishi.
9-mavzu. Moliyaviy bozorlar Moliyaviy bozorlar. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy
ko’rinishlari: pul bozori, kapital bozori, fond bozori, valyuta bozori. Pul bozoriga
xos xarakterli xususiyatlar. Qarz instrumentlarini muomalaga chiqaruvchilar.
Moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlarning sotilishi va sotib olinishi. Moliyaviy
aktivlarning asosiy turlari: qarz majburiyatlari, aksiyalar, hosilaviy qimmatli
qog’ozlar. Qisqa va uzoq muddatli qarz majburiyatlari. Optsionlar va forvard
shartnomalari. Moliya bozori stavkalari. Moliya bozori stavkalarini shakllanishi.
Fond bozori elementlari. Davlat qimmat qog’ozlarini fond bozorida joylashuvi.
10-mavzu. Moliyaviy vositachilar Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi
. Banklar. Ularning asosiy
funksiyalari. Banklarning turlari. Universal banklar va tijorat banklari.
Ixtisoslashtirilgan banklar. Boshqa depozit-jamg’arma tashkilotlari. Jamg’arma
banklari, ssuda-jamg’arma assotsiatsiyalari va kredit uyushmalari. Sug’urta
korxonalari. Ularning asosiy funksiyalari. Sug’urta polislari. Sug’urta turlari.
Sug’urta mukofotlari. Pensiya fondlari. Pensiyani rejalashtirish dasturlari.
Pensiya dasturlarining turlari. O’zaro fondlar. Ularning o’ziga xos xususiyatlari.
O’zaro fondlarning ikki asosiy turi. Investitsion banklar va ularning asosiy
vazifalari. Anderrayting va qimmatli qog’ozlarga obuna bo’lish. Venchur
korxonalarga kapital tikadigan firmalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Aktivlarni boshqaruvchi firmalar. Informatsion xizmatlar taqdim etadigan
firmalar.