Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri.
Qayd qilingan
daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul
birligiga muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz
stavkasi ham nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu
hodisani aniqroq tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda
ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari
bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha
yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa
obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda,
mazkur shartlar barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini
afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi?
Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu obligatsiyalarning
nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda,
Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass)
obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida
taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada
noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning
almashish kursiga bog‘liqdir.
186
Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir
mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat
obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik
obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir
valyutaning bahosini o‘z ichiga olgan
valyuta kursi
(exchange rate), 1 funt
sterling 150 iyenaga teng.
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga
investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon
obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar
Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir
yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Misol.
AQSh yoki O’zbekiston davlat obligatsiyalariga mablag’ingizni
investitsiya qilmoqchisiz. Ular taxminan bir xil qaytarish muddatiga ega bo’lsin.
Ushbu obligatsiyalar nominallari turli valyutalarda ifodalangan: AQSh
obligatsiyalari dollarda, O’zbekiston obligatsiyalari – so’mda. O’zbekiston davlat
obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz stavkasi 16 %, AQSh obligatsiyalari bo’yicha
esa 6%. Bir valyutaning boshqasi bilan ifodalangan narxini o’zida aks ettiruvchi
valyuta kursi 1 $ =9200 UZS.
Tasavvur qiling, siz o’z kapitalini so’mda qandaydir ishonchli aktivga
investitsiya qilmoqchisiz. O’zbekiston obligatsiyalarini sotib olganingizdan
so’ng, o’zingiz uchun 16% lik daromadni kafolatlaysiz. Agar AQSh
obligatsiyalarini sotib olsangiz, so’mdagi daromadlilik foiz stavkasi bir yil keyin
so’m bilan $ ning ayirboshlash kursiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromadlilik
stavkasi quyidagicha bo‘ladi:
𝒎
𝒅
=
𝑺
𝒙
∗ 𝑲
𝒐
− 𝑹
𝒎
𝑹
𝒎
=
𝟓𝟑𝟎𝟎𝑲
𝒐
− 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
Bu yerda:
𝒎
𝒅
- daromadlilik stavkasi (iyen)
Bir yil davomida $ kursi ortib, 1 $ = 9680 UZSni tashkil qildi deb tasavvur
qilamiz. U holda AQSh obligatsiyalarida bo’yicha so’mda ifodalangan
haqiqatdagi daromadlilik stavkasi quyidagiga teng:
𝒎
𝒅
=
𝟓𝟑𝟎𝟎 ∗ 𝟗𝟔𝟖𝟎 − 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
= 𝟎, 𝟏𝟏𝟓𝟑𝒚 𝒐𝒌𝒊 𝟏𝟏, 𝟓𝟑%
187
Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 11,53%ni tashkil etadi. Bu
esa Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan O’zbekiston obligatsiyalarini sotib
olish orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 16%dan kamroqdir.
Dostları ilə paylaş: |