Davlatning ijtimoiy siyosati


-MAVZU. JAHON XO`JALIGI VA UNING



Yüklə 40,45 Kb.
səhifə3/3
tarix16.06.2023
ölçüsü40,45 Kb.
#131479
1   2   3
BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI

15-MAVZU. JAHON XO`JALIGI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
1. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi
2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi
3. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
4. To`lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
Asosiy tayanch tushunchalar:
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o`zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo`jaliklar o`rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo`jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi - mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishi.
Emigratsiya - ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari - iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo`lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi.
Boj ittifoqi - yagona tashqi savdo ta'riflari o`rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqazo qiladi.
To`lov ittifoqi - milliy valyutalarning o`zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor - bunda uning qatnashchilari o`zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o`tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta'minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo`lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o`tkazish bilan birga uyg`unlashadi.
Eksport – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo`lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport – qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o`z iste'moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport – iste'molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi –bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To`lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo`jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o`rtasida ma'lum vaqt oralig`ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya'ni tovarlar ko`rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o`tishi bo`yicha kelishuvlar. Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari

va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi


Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo`jalik regionlari o`rtasidagi o`zaro bog`liklarning o`sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo`jaligida har bir o`zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o`ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog`liqlik ob'ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo`lishidan qat'iy nazar, jahon xo`jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to`la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo`jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, deb ta'kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo`lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo`jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko`rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va bozor iqtisodi mavjud bo`lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo`yicha ham o`z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o`rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu jumladan eng kambag`al mamlakatlar (Chad, Baengladesh, Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o`zaro iqtisodiy bog`liqlikning har xil jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo`jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika revolyutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o`z-o`zini ta'minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas.
Jahon xo`jalik aloqalarining tez o`sishi shunday davrlarga to`g`ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o`sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo`jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko`p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya'ni u milliy chegaradan o`sib chiqadi va ob'ektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo`yadi.
Milliy xo`jaliklar va ular o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan jahon xo`jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo`naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.

Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to`ntarishidan keyin, ya'ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo`jaliklar doirasidan tashqariga o`sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o`z ichida oluvchi umumjahon xo`jaligi doirasida rivojlanmoqda.Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli jo`g`rofiy ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko`lami, darajasi va iqtisodiyotini tuzilishi, ichki bozorning hajmi bilan belgilanadi.Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo`ladi. Shuning uchun har bir mamlakat o`zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o`zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko`proq bo`ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko`ra umuman ishlab chiqarib bo`lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.Tovarlar mamlakatlar o`rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e'tirof qilinadi.Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holida amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo`lishiga to`sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta'sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o`zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hakazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o`n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o`tish jahon xo`jalik aloqalarining tez o`sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o`zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo`jaliklarning yaqinlashuvi, o`zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi. Jumladan, butun dunyoda regional davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning qaror topish tamoyili kuzatiladi. Jumladan, rivojlangan Evropa integratsion hamjamiyati (EI) doirasida tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchining erkin harakati amalga oshiriladi. Shimoliy Amerika umumiy iqtisodiy hamkorlik AqSh, Kanada va Meksika iqtisodiyotining integratsiyasini ko`zda tutadi. Davlatlararo integratsiyaning kuchayishi janubiy-sharqiy Osiyo, O`rta Osiyo, arab dunyosi, Afrika va Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo`lmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari.


Jahon infratuzilmasining rivojlanishi Xalqaro mehnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya'ni turli mamlakatlar o`rtasidagi xo`jalik aloqalari negizida yotadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchining migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari;
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o`zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o`tadiki, ulardan har biri milliy xo`jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma'lum darajasi bilan xarakterlanadi.
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va faoliyat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi.
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo`lishi mumkin.
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to`g`ridan-to`g`ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo`ladi. To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob'ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aktsiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o`z ifodasini mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishida topadi.
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi.
Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o`tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo`yicha qo`shma tadbirkorlikni o`z ichiga oladi.
Ilmiy texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob'ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko`rsatishdan iborat bo`ladi.
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to`xtovsiz o`sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transtport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo`l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog`i tobora ko`proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo`lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo`lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo`lgan.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko`rilmagan tezlik bilan operativ ma'lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta'siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.
Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma'lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha engillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi.
Xalqaro ayirboshlash tovarlarda materiallashgan shakllardan nomaterial aloqalarga tobora ko`proq o`rin bo`shatadi, ya'ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o`sib boradi. Hisob-kitoblarga ko`ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi milliy mahsuloti (YaMM)ning 46 foizini tashkil qiladi.
Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
Yüklə 40,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin