DAVLATNING MINTAQAVIY SIYOSATI VA HUDUDLAR RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI
Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri – iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat. Mintaqalar rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo‘yicha tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda rivojlanish darajasi past bo‘lgan hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit beradigan, ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat.