V. Kristallyer «Markaziy o‘rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matematik hisob-kitoblar orqali hududiy iyerarxiya bir darajadan boshqa darajaga to‘g‘ri geometrik progressiya orqali o‘tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir necha tumanlardan, o‘z navbatida tumanlar ko‘plab qishloq fuqarolari yig‘inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar va xizmatlar yo‘naltirilgan. SHunday qilib, olim aholi punktlari guruhiy tizimini tashkil etishning qulay variantini aniqlash orqali markaziy o‘rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor mintaqasining eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona yo‘nalishlarini, shahar va aholi punktlari boshqaruvi ma’muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin.
Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) o‘rganishga oxirgi o‘n yilliklarda nisbatan kamroq e’tibor berildi. To‘g‘ri, hududiy iqtisodiyot bo‘yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy asoslari ularning ayrimlaridagina ko‘rib chiqildi. Hududiy o‘sish nazariyalarini ko‘rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o‘sish modellarini qo‘llash. Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan modellarga o‘xshatish mumkin (development economics). Ikkinchisi esa, alohida korxona va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. CHunki mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini, avvalambor, ularning faoliyatigina belgilab beradi. Kompaniyalar o‘z faoliyatini u yoki bu hududda olib borishining sabablari joylashtirish nazariyalari orqali ko‘rib chiqiladi.