Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi



Yüklə 222 Kb.
səhifə9/10
tarix25.12.2016
ölçüsü222 Kb.
#3220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Klinikasi. Ko‘ks oraligining usmalari va kista-lari ilk boskichlarida simptomlarsiz kechadi va profi­laktika maksadida rentgenologik tekshiruvda aniklanadi. Keyinchalik usib ketganda va atrofdagi organlarni bosib kuyganida kukrak kafasida ogrik, nafas olish kiyinla-shuvi, nafas nervlarining infeksion kasalliklari paydo buladi. Simpatik nerv kasallanganda Gorner simptomi aniklanadi, kaytuvchi nerv kasallanganda tovush bugi-lib koladi. Yurakning bosilishi kukrak qafasining ung yarmida ogrik paydo bulishi, yurak ritmi buzilishida namoyon buladi. Nevrogen usmalar orka miyaning bosilish simptomlari — sezuvchanlik buzilishining xar xil tur-lari, parez, falajlik, chanok, organlari funksiyasi bu­zilishlari bilan yuzaga chikishi mumkin. Yukori kovak vena bushligining kattik bosilishi «yuqori kovak vena» kompleksiga olib keladi, bunda yuz, buyin, kullar, gav-daning yukori yarmida shish va sianoz paydo buladi. Shu bilan birga usmaga alokdsor simptomlar paydo bulishi xam extimol. Ko‘ks oralig‘i usmalarining kupchiligi xavfsiz. G’oyat katta usmalarni odatda operatsiya qilsa buladi. Ko’ks oralig’ining ko’pgina usmalari vaqt utishi bilan xavfli turga aylanadi. Shundan kelib chikib, xrzirgi vaktda bemorning axvoli imkon bersa, ko‘ks oralig‘i usmasini olib tashlash kerak, degan fikr quvvatlanmoqda.

Ko‘ks oraliri usmalari va kistalarining ayrim turlari klinikasi, diagnostikasi va davolash. Nevrogen usmalar — Ko‘ks oraligining eng kup uchraydigan xavfsiz usmalari xisoblanadi. Odatda orka Ko‘ks oraligida joy-lashadi. Ular simpatik nerv gangliylari va uzaklari, adashgan va kovurgalararo nervlar, orka miya pardalaridan kelib chikadi. Gistologik tuzilishi jixatidan bular ney-rofibroma, neyromioma, ganglionevroma, paraganglioma, feoxromotsitomalardir. Orka miya ildizlaridan chikadigan usmalar kisman orka miya kanali ichiga, kisman Ko‘ks oraligiga «kum soat» tipi buyicha usadi. Shu munosabat bilan bemorlar orkadagi ogrikdan shikoyat kiladilar, ularda orka miyaning bosilish simptomlari, parezlar va falajliklar rivojlanadi.

Rentgenologik alomatlar tuxumsimon yoki yumalok shakldagi intensiv gomogen kulankasining anik kontur-lari bor, Ko‘ks oraligining orka yukori bulimlarida joylashadi, sun'iy pnevmotoraks kuyilgandan keyin yaxshi bilinadi.

Davolash — xirurgik, usma olib tashlanadi.

Kukrak kafasi ichidagi bukok. Kukrak kafasi orkasi-.dagi bukok tereoptoz (kalkonsimon bezning kukrak orkasi pastiga tu shishi) va kukrak kafasi orkasida joylashgan kushimcha kalkonsimon bezga bulinady. Askariyat o’ng tomonlama kukrak orkasi buqog’i uchraydi.

Kukrak orkasidagi bukokning mux,im simptomlari tra-xeyaning bosilishi va deviatsiyasi xisoblanadi. Ulchamlari katta bulganda ko‘ks oralig‘idagi yirik tomirlarning bo­silish simptomlari — buyin teri osti venalarining ken-gayishi va urib turishi, bosh ogrigi, yuz salkishi rivoj-lanishi mumkin. Rentgenologik jixatdan traxeya va kizil-ungachni joyidan siljitadigan anik konturlari bulgan kulanka aniklanadi. U131 bilan skenirlash eng kup ma'lumot beradi.

Davolash — buqoqni xirurgik olib tashlashdan iborat.

Timomalar — ayrisimon bez usmalari, xavfsiz va xavfli bulishi mumkin.

«Kompressiey sindrom» dan tashkari aregenerator ane­miya, Kushing sindromi bilan namoyon buladi. Kup lol­larda miasteniya simptomlari (skelet mushaklarining birdaniga bushashishi, chaynash, yutish, nutk, nafas buzi-lishi, mushak gipotrofiyasi) bilan utadi, bular antixo-linesteraza preparatlari yuborilgandan keyin kamayadi.

Diagnostika usullaridan mediastinografiya eng kup ma'lumot beradi. Davolash — bezni operatsiya nuli bilan olib tashlash­dan iborat.

Dermoid kistalar va teratomalar. Dermoid kistalar endoderma elementlaridan rivojlanadi, devorlari ka­lin, bushligida yopishkok suyuklik, teri va soch element-lari buladi. Teratomalar urta ko‘ks oralirida bir necha pusht varakdaridan rivojlanadi. Ogrik va «kompression sindrom» paydo bulganda diagnostika kilinadi.

Davolash — operatsiya kilib olib tashlanadi.

Perikard kistalari. Embrional davrda tukimalarning rivojlanish nuksoni bilan boglik- Aksariyat ung kar-diodiafragmal burchakda joylashadi. Kechishi kupincha simptomlarsiz. Katta ulchamlarda bulganda yurak soxasida ogrik, aritmiyalar kayd kilinishi mumkin. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — kista operatsiya kilib olib tashlanadi.

Bronxogen kistalar. Odatda traxeya va yirik bronxlarga taallukli. Kistalar ulchami kattalashib ketganda bemor-lar shikoyatlar kiladilar. Ular kuruk yutal, nafas kisishi, stridoroz nafas xrlida yuzaga chikadi. Rentgenologik jixatdan traxeyaga tegib yumalok, kulanka aniklanadi.

Davolash — kistani xirurgik kesishdan iborat. Ope-ratsiyaga kursatma bulib asoratlari: yiringlanish, per­foratsiya (teshilish) xisoblanadi.

Enterogen kistalar. Orka Ko‘ks oraligining pastki bulimlarida joylashadi. Birlamchi ichak naychasidan ri-vojlanadi. Kistalarning ichki pardasi xlorid kislota ishlab beradigan me'da epiteliysi bilan koplanganligi tufayli devorida yaralar paydo bo’lishi, qon oqishi, perforatsiya yuz berishi mumkin. Ular ichi kovak organlarga, perikard, plevra bushligaga teshib kirib yiring x,osil kilishi extimol. Diagnostika uchun pnevmomediastinogra-fiya kup ma'lumot beradi.

Davolash — kistalarni operatsiya yuli bilan olib tash-lashdan iborat.

Lipomalar — kupincha ung kardiodiafragmal burchakda joylashadi. Simptomsiz kechadi. Katta ulchamlargacha yetishi mumkin, shundagina Ko‘ks oraliga organlarining bosilish simptomlari yuzaga keladi. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — operatsiya kilinib, usma olib tashlanadi.

Limfomalar. Mediastinal limfatik tugunlardan ri-vojlanadi. Odatda oldingi Ko‘ks oraligida joylashadi. Tabiatiga kura xavfli xisoblanadi.

Simptomlari intoksikatsiya bilan boglik — loxaslik, darmon kurishi, gavda temperaturasi kutarilishi, orik-lab ketish, terida kichima paydo bulishi. Katta ulcham-larga yetganda — yutal, kukrakda orrik, Ko‘ks oralig‘i organlarining bosilish simptomlari buladi.

Diagnostika uchun rentgenologik tekshiruv, mediasti-noskopiya, mediastinotomiya utkaziladi.

Davolash — xirurgik. Davolash erta boskichlaridagina amalga oshiriladi, keyinchalik nur va ximiyaviy preparat-lar bilan davo kilinadi.




Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin