Davolash fakulteti fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/7
tarix21.04.2017
ölçüsü0,56 Mb.
#15081
1   2   3   4   5   6   7

Аtеrоsklеrоz – kаttа vа o’rtа kаlibrli (elаstik vа muskulli - elаstik) аrtеriyalаr - ning surunkаli kаsаlligi bo’lib, qоn tоmirlаr intimаsidа plаzmаning аtеrоgеn - lipоprоtеinlаrning to’plаnishi vа o’tirishi bilаn, kеyinchаlik biriktiruvchi to’kimаning rеаktiv o’sishi vа fibrоz pilаkchаlаrning хоsil bo’lishi bilаn хаrаktеrlаnаdi.

Аtеrоsklеrоzning хаvfli оmillаri

  • 40-50 yoshdаgi vа undаn kаttа оdаmlаr

  • Erkаklаr (ko’prоq chеkаdilаr vа strеsslаrdа bo’lаdilаr)

  • Аrtеriаl gipеrtеnziya

  • Tаmаki chеkish

  • Glyukоzаgа tоlеrаntlikning buzilishi, qаndli diаbеt

  • Tаnа vаzni оrtiqchа bo’lishi

  • Kаmхаrаkаtlik

  • «strеssli» tip

  • Gipеrtriglisеridеmiya, gipеrхоlistеrinе miya, dislipidеmiya

  • Аtеrоsklеrоzgа irsiy mоyillik

  • Pоdаgrа

Аtеrоsklеrоz dаvоlаsh strаtеgiyasi:Pаrхеz 10-stоl,Gipоlipidеmik vоsitаlаr (stаtinlаr – fluvоstаtin, nоvо-stаtin 20-80 mg/kunigа),Аniоnаlmаshinuvlаr smоlаlаri (o’t kislоtаlаri sеkvеstrаntlаri) – хоlеstrаminlаr yoki kоlеstipоl 5-12 gr kunigа 2-3 mахаl Nikоtin kislоtа kunigа 50 mg, dоzаsi аstа-sеkin kunigа 3 gr gаchа ko’tаrilаdi,Fibrаtlаr – gеmifibrоzil.


Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
14. Yurak ishemik kasalligi. Stenokardiya etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Yurak ishemik kasalligi (YUIK) - bu toj arte-riyalar tizimidagi patologik jarayonlar natijasida miokardga qon kelishining kamayishi yoki to’xtashi sababli yurak mushagining o’tkir va surunkali zararlanishi. Patologik jarayon asosida miokardning qon bilan taminlanishiga ta-labi bilan shikastlangan arteriyalardan qonning mumkin bo’lgan miqdorining oqib kelishi o’rtasidagi muvozanatning buzilishi yotadi. Bu nomutanosiblik miokardni ma’lum da-rajada qon bilan ta’minlanishining saqlanishi, lekin miokard ehtiyojini keskin oshishi yoki qon bilan ta’min-lanishining pasayishi natijasida vujudga kelishi mumkin.

Stenokardiya 50yoshdagi har 100 000 aholi so-niga o’rta hisobda 150 nafardan to’g’ri keladi. Erkaklar, ayollarga nisbatan, 5 marta ko’p xastalanadilar, ayollarda bu kasallik aksariyat menopauza davrida vujudga keladi.

a. Birlamchi profilaktika:

(1) Ateroskleroz, gipertoniya kasalligi, semirishni ol-dini olish;

(2) Tabak chekishni va spirtli ichimliklar ichishni chek-lash;

(3) Osh tuzi va xolesteringa boy bo’lgan mahsulotlar (yog’, tuxum, yogli go’sht) iste’molini chegaralash.

(4) Maxsus badantarbiya mashqlarini muntazam ravishda bajarish.

b. Ikkilamchi profilaktika:

(1) Aterosklerozga qarshi gipolipidemik dorilarni qo’llash.

(2) Ogriq sindromini, yurak urishi maromining buzili-shini va yurak etishmovchiligini izchillik bilan davolash.

Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
15. Miokard infarkti etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Yurak mushaklarining o’tkir rivojlanuvchi nekrozi bo’lib koronar qon aylanishini absolut yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kechadi.

MIОKARD INFARKTINING DAVRLARI

  1. PRОDRОMAL DAVR – 30 minutdan 30 kungacha davom etadi (nomuqim stenokardiya)

  2. O’TA O’TKIR – stenokardiya xuruji boshlanishidan nekroz belgilari paydo bo’lguncha bo’lgan davr davomiyligi bir necha soat

  3. O’TKIR DAVRI – Nekrotik massalarning so’rilishi, chandiq hosil bo’lishining boshlanishi bilan xarakterlanadi -10 kungacha davom etishi mumkin

  4. O’TKIR ОSTI DAVRI – Yurak yetishmovchiligi belgilari kamayadi, rezorbsion-nekrotik sindrom 3 xaftadan 8 xaftagacha

  5. CHANDIQLANISH (INFARKTDAN KEYINGI) DAVRI – Kechishi yaxshi bo’lsa klinik belgilari bo’lmaydi - 3 oydan 6 oygacha

MIОKARD INFARKTINING EKG BELGILARI BO’YICHA TASNIFI

  1. Patologik Q tish bilan – toj tomir arteriyasining tromb bilan muqim okklyziyasi bilan bog’liq samarali trombolitik terapiya.

  2. Q tishning ekvivalentlari – R –tishi amplitudasi o’zgarishi

  3. QRS Kompleksining boshqa o’zgarishlari

  4. Patologik Q tishsiz

  5. T – Tishning aloxida o’zgarishlari bilan o’tadigan miokard infarkti (mayda o’choqli)

  6. ST – Segmentining ko’tarilishi bilan o’tadigan miokard infarkt (intramural) – yaxshi kechishga ega lekin retsidivlanish extimoli yuqori, trombolitik terapiya ko’rsatilgan

  7. ST – Segmentining depressiyasi bilan bo’ladigan miokard infarkti (subendokardial) – og’ir kechishga ega, oqibati yaxshi bo’lmaydi.

DAVОLASH

  1. o’tkir оg’riq xurujini yo’qоtish;

  2. kardiоgen shоkni davоlash;

  3. Yurak marоmi buzilishining оldini оlish;

  4. qоn ivishi sistemasini bоshqarish;

  5. Yurak mushaklari metabоlizmini yaxshilash;

  6. parhez va dоri-darmоn оrqali qоnda xоlesterin, trigliserid lipоprоteidlari miqdоrini pasaytirish.


Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
16. Gipertoniya kasalligi etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Sistolik bosimning 140 mm. sim.ust., diastolik bosimning 90 mm.sim. ust. dan balandligi tinch holatda kamida 3 marta o'lchab aniqlansa va bemor shu kuni AQB ko'taruvchi vositalar qabul qilmagan bo'lsa arterial gipertenziya deb ataladi.

Tarqalganligi


  • AQB yuqori bo'lgan bemorlar soni hozirgi vaqtda 30–40% gacha etmoqda

  • 65 yoshdan keyin bu ko'rsatkich 60-70% ni tashkil qiladi

  • 50 yoshgacha ko'proq erkaklarda, 50 yoshdan keyin esa ko'proq ayollarda uchraydi

DAVOLASh Asosiy maqsad: AG asoratlari rivojlanishi xavfi va o’lim holatlarini maksimal pasaytirish. Bu – hayot davomida quyidagicha uzoq davolash bilan amalga oshiriladi:

- Ko’tarilgan AQB darajasini optimal belgilargacha tushirish;


- Nisho-a’zolarni “himoyalash” bilan keyinchalik zararlanishining oldini olish;
- Xavf omillari (semizlik, giperlipidemiya, karbonsuvlar almashinuvining buzilishi, osh tuzini ortiqcha iste’mol qilish, gipodinamiya va b.)ga qarshi faol ta’sir etish.

Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
17. Surunkali gastritlar etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Gastrit – me'da devori shilliq pardasi (goxida chukur qavatlari) ning yallig’lanishi. O’tkir va surunkali turlari tafovut qilinadi. Shilliq qavatni zaralanishi birlamchi mustaqil kasallik bo’lib yoki ikkilamchi boshqa infeksiyon va noinfeksion kasalliklar yoki intoksikatsiya hisobiga bo’lishi mumkin.

A tip (Autoimmunli) — Fundal bo’limida (tubida) va tanasida me'da kislotasi va ichki omil ishlab chiqaruvchi shilliq pardaning parietal xujayralariga nisbatan qonda autoantitana xosil bo’ladi. B tip (Xelikobakterli)- xeliko bakter pilori (HP) bakteriyasi bilan chaqiriladi— antral gastrit S tip (reflyuks gastrit ) - kimyoviy-toksik tabiatli bo’lib, o’tning oshqozonga tushishi (reflyuksi) natijasida vujudga keladi. Gastritning bu turi ko’pincha me'da rezeksiyasi oqibatida rivojlanadi.

Diagnostika. Bemorning umumiy xolati deyarli o’zgarmaydi. Ko’zdan kechirishda va Rentgenda antral gastritning boshlang’ich davrida shilliq parda qati (burmalari)ning notekis qalinlashganligi, qiyshiq yoki ko’ndalang joylashishi aniqlanadi. Gastroskopiyada ba'zan eroziya, petexiyali qontalashlar aniqlanadi. Tashxis aniqlashda endoskopik va gistologik tekshirishlar hal qiluvchi axamiyatga ega, HP borligi yoki yo’qligiga qarab surunkali gastritning turi, joylanishi va faolligi aniqlanadi. KechishiOdatda uzoq vaqt davom etadi, xastalik zo’rayishi remissiya bilan almashinib turadi.Davosi. Surunkali gastrit bilan og’rigan bemorlarni davolashda kasallik turini va og’irlik darajasini, klinik bosqichini, me'daning sekretor va motor-evakuator faoliyati xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Bemor chekishga va alkogolga chek qo’yishi kerak.



Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
18. Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Qaytalanib turuvchi va jadallashishga moyil kasallik bo`lib, me'da va o`n ikki barmoqli ichakda yara illati sodir bo’lishi bilan ifodalanadi. Yara kasalligi rivojlanishining mexanizmi asosida «tajovuzkor» va «ximoyachi» omillar o’rtasidagi fiziologik muvozanatning buzilishi yotadi

Me'da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi ba'zan belgisiz kuzatiladi. Xastalikning mazkur turida jarayon to`satdan qon qusish yoki yara teshilishi ko`rinishi bilan ifodalanadi. O`n ikki barmoq ichak «soqov» yarasida najas qora rangda bo`ladi (tarkibida qon mavjudligi xisobiga), ko`pincha bexushlik sodir bo`ladi.

Helikobakter pylori(HP) eradikasiyasi

Sxema№1


Omeprazol 20mgdan kuniga 2 marta: 1kundan 10gacha

De- nol 120mgdan kuniga 3 marta ovqatlanishdan 30 min oldin+ 1 marta uxlashdan oldin 4kundan 10gacha

Tetrasiklin 0.5 gdan kuniga 4 marta 4kundan 10 kungacha

Metronidazol 500mgdan kuniga 4 marta 4kundan 10gacha (usulning samaradorligi 90%)

HP bilan assosiasiyalanagan surunkali aktiv gastroduodenit va yara kasalligini davolash:

Sxema№2 2 ta variantga ega:

1.Omeprazol 20mgdan kuniga 2 marta; klaritromisin 0.5gdan kuniga 2 marta; amoksisillin 1gdan kuniga 2 marta.

2. Omeprazol 20mgdan kuniga 2 marta; klaritromisin 0.5gdan kuniga 2 marta; metronidazol 0.5gdan kuniga 2 marta (ushbu sxema 90% holatda samarali).

Peptik- kislotali agressiyani kamaytirish

Motor- evakuator buzilishlarni korreksiyalash

Shilliq- bikarbonat bar’erini tiklash

Reparativ jarayonlarni stimullash.



Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
19. Surunkali enterit etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi va distrofik o’zgarishlari bilan kuzatiladigan, xamda atrofiya bilan yakunlanadigan kasallik. Enterit koprologik sindromi - ich ketishining tezlashishi (1 sutkada 10-20 martagacha), najasning ko’p mikdorda ajralishi (polifekaliya) - 1 sutkada 1,5-2 kg gacha (normada 100-200 g) xastalikka xos belgidir. So’rilish yetishmasligi sindromi - bemorning tana vazni kamayishi (og’ir xolatlarda kaxeksiyagacha), umumiy quvvatsizlanish, loxaslik, ish qobiliyatining kamayishi bilan namoyon bo’ladi. Ko’rish. Bemorlar terisi rangi bo’zargan, ozib ketgani, qorni dimlangani aniqlanadi. Palpatsiyada kindik atrofida kuchsiz og’rik seziladi. Rentgen tekshirishlarida diskineziya belgilari bilan kuzatiladigan gipotoniya, ingichka ichakda gaz mavjudligi aniqlanadi. Surunkali enteritda koprogramma Fizik xususiyatlari: och jigar rangda, konsistensiyasi bo’tqasimon yoki qattiq (shakllangan najas). Kimyoviy xususiyatlari: rN 6,5-7 (bir oz nordon – neytral), bilirubinga reaksiya manfiy yoki musbat, sterkobilinga reaksiya – musbat, yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga reaksiya – musbat.

Davolash Qo’zish davrida statsionar davo, Parxez stol №4 – Yog’li o’tkir ovqatlar, sabzavotlar va ko’p xo’l mevalarmumkin emas, Spazmolitiklar, Diareyaga qarshi dorilar, Bakteriyaga qarshi dorilar, Disbakteriozga qarshi biologic preparatlar, Fermentativ dorilar, Vitaminlar, Oqsil moddalar-plazma, albumin, Fizioterapiya, Xalk tabobati.

Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
20. Surunkali kolit etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Yo’ґon ichak shillik kavatining distrofik yalliґlanishi bo’lib, unda ichakning shira ajratish, so’rilish va marom bilan хarakat kilish faoliyatlari buziladi. Surunkali kolit aksariyat yoshi katta shaхslarda uchraydi.



  • Fizik хususiyatlari: konsistentsiya bo’tqasimon, ko’pikli, shilimshiq aralash

  • Kimyoviy хususiyatlari: rN 5-5,5 (reaktsiya keskin nordon), yallig’lanish oqsili va leykotsitlarga musbat reaktsiya, bilirubinga musbat yoki manfiy reaktsiya, sterkobilinga musbat reaktsiya na.

  • Mikroskopiya: ҳazm bo’lgan kletchatka, ҳujayra ichidagi va ҳujayradan tashqari kraхmal, patologik yodofil flora.

Kiyosiy tashхisi.

  • Bakterial ichburuґning cho’ziluvchan va surunkali turi

  • Yo’ґon ichak diskineziyasi

  • Nospetsifik yarali kolit

Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
21. Surunkali gepatit etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

SURUNKALI GEPATIT - Bu turli sabablar tufayli kelib chiqadigan turli darajadagi jigar-hujayra nekrozi va yallig’lanish bilan xarakterlanuvchi va kamida 6 oy davomida yaxshilanmasdan kechuvchi jigar xastaligidir.

Surunkali gepatit – ko’pincha o’rta yashar, yoshi ulug’ erkaklarda ko’p uchraydi. Xastalik, aksariyat virus xamda virusning alkogol bilan birgalikdagi ta'sirida vujudga keladi. Klinik belgilari kam

1. O’ng kobirg’a ostida simillovchi og’riq va og’irlik qissi.

2. Asteno-vegetativ belgilar - sababsiz behollik, tez charchashlik, ish qobiliyatining pasayishi, oriqlash, uyquvning buzilishi

3. Dispepsiya belgilari-anoreksiya (ishtaxasizlik), kekirish, ko’ngil aynishi, og’iz bemaza bo’lishi, najasning beqarorlashishi - qabziyat, goxida ich ketishi.

4. Jigar yetishmovchiligi belgilari-qon ketish, sariqlik, astsit, ensefalopatiya.

Surunkali gepatitning «reaktiv turida» oqsil, vitamin yetishmovchiligi va disproteinemiya natijasida jigarda oraliq modda almashinuvi buziladi.Xolestatik gepatit patogenezi asosida birlamchi o’t ajralishining tutilishi, o’t dimlanishi yotad. Davolash-Qo’zg’alish davrida gospitalizatsiya,

5-dieta stoli – Qovurilgan, o’tkir oziqlarni kiritmaslik, Spazmolitiklar – Noshpa, platifilin

Gepatoprotektorlar – Essensiale, Karsil, Vitaminlar.



Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
22. Surunkali xoletsistitlar etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Surunkali xoletsistit o’tkir xoletsistitning yaxshi davolanmasligi natijasida kelib chiqadi, lekin ko’pincha mustakil ravishda va asta-sekin o’t-tosh kasalligi asosida rivojlanadi.

KLINIK KO’RINISHI

- O’ng kovurg’a ostida og’riq.

- Ko’pincha dispepsiya o’zgarishlari kuzatiladi

- Nevrasteniya belgilari: ta'sirchanlik, uyqusizlik rivojlanadi.

- Paypaslaganda o’ng kovurg’a ostidagi mushaklar taranglashgan bo’lib, qo’l tekkizganda og’riydi.

DIAGNOSTIKA: Qonda leykotsitlar soni ko’payadi, gipoxrom kamqonlikka moyillik kuzatiladi, ECHT oshadi.



  • Duodenal zondlash-o’tning B ulushi loyqasimon, tarkibida bir talay leykotsitlar, shilimshiq, epiteliy xujayralari topiladi.

  • Xoletsistografiyada o’t pufagining shakli o’zgarganligi belgilanadi.

  • Ultratovush bilan tekshirilganda o’t pufagi devorining qalinlashganligi va unda toshlar borligi yoki yo’qligi aniqlanadi.

QIYOSIY TASHXISI

  • O’t-tosh kasalligi

  • O’t pufagi diskineziyasi

  • Surunkali xolangit

DAVOSI

1) Parxez.  2) Farmakoterapiya.Infeksiyaga qarshi moddalar. Spazmolitiklar.O’t xaydovchi dorilar: (a) xoleretiklar  (b) xolekinetiklar 3) Fizioterapiya,4) Jarroxlik usuli.5) Xalq tabobati. 



Tа’lim tехnоlоgiyasi: Kеys tехnоlоgiya

Adabiyotlar: А: 1,2,3,4,5 Q: 1,3,4,5,6,7,8
23. Glomerulonefritlar etiоlоgiyasi, pаtоgеnеzi, klinikаsi, diаgnоstikаsi, qiyosiy tаshхisi, dаvоlаsh vа prоfilаktikаsi. (6 soat)

Buyrak koptokchalari kapillyarlari, kanalchalari va oraliq to’qimalarining jaroxatlanishi bilan kuzatiladigan umumiy immune – yallig’lanish kasalligi



  1. O’tkir Glomerulonefrit

  2. O’tkir osti Glomerulonefrit

  3. Surunkali Glomerulonefrit

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin