Davolash ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy imtixon savollari Hamshiralik ishi asoslar



Yüklə 77,73 Kb.
səhifə6/13
tarix23.08.2022
ölçüsü77,73 Kb.
#63218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Davolash ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy im

Yuqumli kasalliklar
1.Ich terlamaga xos bo‘lmagan yuqish yo‘lini aniqlang.
2.Ich terlamada me'da-ichak tizimida qaysi o‘zgarish kuzatilmaydi?
3.Ich terlama bilan og‘rigan bemor parvarishida qaysi usul qo‘llanilmaydi?
4.Ich terlamada qanday toshma toshadi?
5.Ich terlamada toshma tananing qaysi qismiga toshadi?
6.Ich terlama kasalligida bemorning tili qanday ko’rinishda bo’ladi?
7. Ich terlamada bakteriologik tekshiruvga bemordan nima olinmaydi?
8.Paratif A da kimlar infeksiya manbai bo‘lmaydi?
9. Ich terlamada qaysi limfa tugunlarining yallig‘lanishi kuzatiladi?
10.Salmonellyoz kasalligida infeksiya manbaini aniqlang.
11. Salmonellyoz kasalligiga xos najasni ko‘rsating.
12.Esherixioz qanday yo‘l bilan yuqadi?
13.Esherixioz kasalligiga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsating.
14.Salmonellez kasaligida bemor nimalarga shikoyat qiladi?
15.Salmonellyoz profilaktikasida shart bo’lmagan tadbirni aniqlang?
16.Salmonellyozda bakteriologik tekshiruvga bemordan nima olinmaydi?
17.Botulizm ta’rifini aniqlang.
18.Toksinning turi aniqlanmasdan turib tezkorlik bilan botulizmda qanday zardob yuboriladi?
19.Botulizm bilan og‘rigan bemor bilan birga ovqat iste'mol qilgan shaxslarga qo‘llaniladigan spetsifik profilaktikani ko‘rsating.
20.Botulizm klinikasiga xos bo‘lmagan belgini aniqlang.
21.Botulizmda kuzatiladigan simptomlarni aniqlang.
22.Dizenteriya qo‘zg‘atuvchisini aniqlang.
23.Dizenteriya qo‘zg‘atuvchisining yuqish yo‘lini aniqlang.
24. Dizenteriyaning klinikasiga xos bo‘lmagan simptomni aniqlang.
25.Dizenteriyaga quyidagi shikoyatlardan qaysi biri xos emas?
26."Rektal tupik" ko‘rinishdagi najas ta'rifini aniqlang.
27.Ekzotoksin ajratadigan shigellani aniqlang.
28.Bakterial dizenteriyada patologik o‘zgarishlar kuzatiladigan ichakni aniqlang.
29.Dizenteriyada defekatsiyaga soxta istak bu-
30.Dizenteriyada qorin paypaslanganda qanday o‘zgarish aniqlanadi?
31.Dizenteriyada najasni bakteriologik tekshirish uchun qaysi qismidan olinadi.
32.Dizenteriya tashxisini qo‘yishda ahamiyatga ega bo‘lmagan dalilni aniqlang.
33.Vabo kasalligining qo‘zg‘atuvchisini aniqlang.
34.Vabo kasalligi klinikasiga hos bo‘lmagan simptomni ko‘rsating?
35.I darajali eksikozda regidratatsion davo qanday o‘tkaziladi?
36.Vabo bilan kasallangan bemor tashqi ko‘rinishiga xos bo‘lmagan belgini aniqlang.
37.Quyidagi simptomlar yig‘indisi qaysi kasallikka xos: yuqori isitma,, lanjlik, qayt qilish, guruch qaynatmasiga o‘xshash najas ajralishi.
38.Vaboga xos najasni ko‘rsating.
39.Vaboning yuqish yo‘lini aniqlang.
40.Vabo kasalligida regidratatsiya maqsadida qo‘llaniladigan preparatni aniqlang?
41.Virusli gepatit "D" nima orqali yuqmaydi?
42.Virusli gepatit "E"ning yuqish yo‘lini aniqlang.
43.Virusli gepatit "B" da infeksiya manbai kim?
44.Virusli gepatit "A" ning prodromal davrida qaysi simptom uchramaydi?
45.Virusli gepatit "D"ning serologik markyorlarini aniqlang.
46.Quyidagi belgilar virusli gepatit "A"ning qaysi davrida uchraydi: isitmalash, tumov belgisi, jigarning kattalashuvi, fermentlar miqdorining oshishi.
47.Virusli gepatit "B" ning yuqish yo‘lini aniqlang.
48.Sariqlik oldi davrida virusli gepatitlar uchun xos bo‘lmagan simptomni aniqlang.
49.Qaysi laborator natijaga asoslanib virusli gepatit “C” tashxisi qo‘yiladi?
50.Virusli gepatit “A” tashxisli bemor bilan kontaktda bo‘lganlarga observatsiya varag‘i to‘ldirishda qanday tekshirish qayt etilmaydi?
51.Virusli gepatit "A"ning spetsifik profilaktikasi maqsadida olib boriladigan tadbirni aniqlang.
52.Virusli gepatit "B" virusi xususiyatiga nima kirmaydi?
53.Virusli gepatit "B”ning spetsifik(maxsus) profilaktikasini ko‘rsating?
54.Virusli gepatitlarda ALT, AST fermentlari miqdorini aniqlash uchun tekshiruvga bemordan nima olinadi?
55.Tibbiyot hodimlari o‘zini parenteral gepatitlar yuqishidan qanday himoya qiladi?
56.Brutsellyozning qo’zg’atuvchisini aniqlang.
57.Brutsellyozda infeksiya manbai kim?
58.Brutsellyozda bo’g’im haltalarining zararlanishi nima deyiladi?
59.Leptospirozda infeksiya manbaini aniqlang.
60.Brutsellyozda gemokulturaga material olish qanday olib boriladi?
61.Rayt -Xeddelson reaksiyasi uchun qon olish muolajasi qanday olib boriladi?
62.Brutsellyozda bo’g’imlarning zararlanishi nima deyiladi?
63.Brutsellyozda bo’g’im haltalarining zararlanishi nima deyiladi?
64.Leptospiralar nima vositasida yuqadi?
65.Quyidagi simptomakompleks qaysi kasallika xos: tana harorati 39-40 C, bosh orig’i, mushaklarda og’riq, bel, oyoq-qo’llarda og’riq, yuz gipermiyasi, sklera inyeksiyasi.
66.Byurne sinamasi qanday olib boriladi?
67.Leptospirozning maxsus davosida qaysi antibiotic qo’llaniladi.
68.Gripp virusining kirish darvozasini aniqlang.
69.Quyidagi simptomlar qaysi kasallikka xos: tumov, yuqori isitma, bosh og‘rishi, tananing qaqshab og’rishi, og’iz burun atrofida uchuqli toshma .
70.Parranda grippining qo’zg’atuvchisini aniqlang.
71.Paragripp virusining kirish darvozasini aniqlang.
72.Quyidagi simptomlar qaysi kasallikka xos: tumov, laringit, qisqa muddatli
isitma.
73.Adenovirusli infeksiyaning qanday klinik shakllari mavjud?
74.Parranda grippining laborator tashxisotida qaysi usuldan foydalaniladi?
75.Juft zardob usulida serologik tekshirish uchun qon olish muolajasi qanday olib boriladi?
76.Meningokokkli infeksiya qo‘zg‘atuvchisining yuqish yo‘lini aniqlang.
77.Meningokokksemiyada qanday toshma toshadi?
78.Quyidagi simptomlar meingokokkli infeksiyaning qaysi shakliga xos: yuqori harorat, qattiq bosh og‘rishi, qayt qilish, qo’zg’alishlar, o’ziga xos vaziyatda yotish.
79.Bemor chalqancha yotganida, tekshiruvchi uning boshini oldinga egmoqchi bo‘lganida
mushaklar qarshiligini aniqlovchi simptom qaysi?
80.Meningokokkli infeksiya kasalligida infeksiya manbaini aniqlang.
81.Meningokokksemiyada toshma ko’proq tananing qaysi sohasiga toshadi?
82.Quyidagi simptomlar meningokokkli infeksiyaning qaysi shakliga xos: yuqori harorat, bosh og‘rishi, terida gemorragik toshmalar.
83.Bemor chalqancha yotganida, tekshiruvchi uning boshini oldinga egmoqchi bo’lganida
oyoqlarining son va tizza bo’g’imida o’z-o’zidan bukilishi bilan aniqlanuvchi simptom qaysi?
84.Meningokokkli nazofaringitda uchramaydigan simptomni aniqlang.
85.Meningokokkli nazofaringitda olinadigan yuqumli materialni aniqlang.
86.Qrim-Kongo gemorragik isitmasining qo’zg’atuvchisini aniqlang.
87.Gemmoragik isitmalarga xos bo’lgan bemorning tashqi ko’rinishini aniqlang.
88.Qrim-Kongo gemorragik isitmasida infeksiya manbaini aniqlang.
89.Gemmoragik isitmalarning laborator tashxisotida qo’llaniladigan asosiy usulni aniqlang.
90.Quyidagi simptomlar yig’indisi o’latning qaysi shakliga xos: kuchli intoksikatsiya, qorinda og’riq, qon aralash ich ketish va qusish:
91.O’lat kasalligida bemorning tili qanday ko’rinishda bo’ladi?
92.O’lat kasalligi qaysi yo’l bilan yuqqanda o’pka shakli rivojlanadi?
93.Tulyaremiyada infeksiya manbai kim?
94.O’latda infeksiya manbai kim?
95.Quyidagi simptomlar yig’indisi o’latning qaysi shakliga xos: kuchli intoksikatsiya, yo’tal, hansirash, qon aralash balg’am ajralishi.
96.O’lat kasalligi qaysi yo’l bilan yuqqanda ichak shakli rivojlanadi?
97.O’latda qanday klinik shakl uchramaydi?
98.Quturishning qo’zg’atuvchisini aniqlang.
99.Quturish virusi qanday yo’l bilan yuqadi?
100.Qutirish kasalligida uchramaydigan simptomni aniqlang.
101.Quturish bilan og‘rigan bemor parvarishida qo’llanilmaydigan tadbirni aniqlang.
102.Quturishning spetsifik profilaktikasini ko’rsating.
103.Kuydirgining infeksiya manbai nima ?
104.Kuydirgi teri shakli klinikasida qaysi simptom uchramaydi?
105.Kuydirgi o‘pka shaklining klinikasida uchramaydigan belgini aniqlang.
106.OIV infeksiyayada infeksiya manbaini aniqlang.
107.OIV infeksiya serologik tekshiruvida qo‘llaniladigan usulni ko‘rsating.
108.OIV qaysi hujayralarni zararlaydi?
109.OIV dan kasbiy zararlanishning oldini olish uchun o’tkazilishi shart bo’lmagan tadbirni aniqlang.
110.OIV infeksiyaning IV klinik bosqichiga xos bo’lgan simptomlarni aniqlang.
111.Quyidagi simptomlar OIV infeksiyaning kaysi davriga xos: 1- 2 xafta mobaynida isitmalash, angina, limfoadenopatiya?
112.Amyobiazda infeksiya manbaini aniqlang.
113.Amyobali dizenteriya kasalligiga xos najasni ko‘rsating.
114.Bezgak plazmodiyalarining yuqish yo’lini aniqlang.
115.Bezgak xurujining II (avj olish) bosqichida kuzatiladigan simptomlarni aniqlang.
116.Bezgakning laborator diagnostikasida qonni tekshirish usulini aniqlang.
117.Leyshmaniozning qo’zg’atuvchisini aniqlang.
118.Leyshmaniozning qanday shakllari farqlanadi?
119.Teri leyshmaniozi qanday yo’l bilan yuqadi?
120.Leyshmaniozning davosida qaysi guruh preparatlaridan foydalaniladi?
121.Visseral leyshmaniozning davosida qaysi dori preparati qo’llaniladi?
122.Geminolepidozda infeksiya manbaini aniqlang.
123.Askaridozning ichak bosqichiga xos bo’lgan simptomlarni aniqlang.
124.Teniorinxozning qo’zg’atuvchisini aniqlang.
125.Antigelmintologik preparatlarni aniqlang.

Yüklə 77,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin