Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi


Auditor moliyaviy faoliyati



Yüklə 19,39 Kb.
səhifə3/3
tarix18.05.2023
ölçüsü19,39 Kb.
#116235
1   2   3
Davr xarajatini tekshirish

Auditor moliyaviy faoliyati
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda fav-qulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihat-larini o‘zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.
«Asad» fermer xo‘jaligida 4610–schyot debet qoldig‘i va 8310 schyotlar kredit qoldig‘ining tengligi ta’sischilar xo‘jalik ustav kapitaliga o‘z ulushlari bo‘yicha mablag‘larni umuman topshirmaganlagini va qo-nunchilikda belgilangan muddatga rioya qilinmaganligini bildiradi.

«Bobur» fermer xo‘jaligi 4610–schyotning debet qoldig‘i 8310-schyot kredit qoldig‘ining 50 %ni tashkil etadi, ya’ni ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar. Fermer xo‘jaligi faoliyat boshlaganiga bir yil to‘lmagan, ustav kapitalining qolgan qismi (50%) bir yil ichida qo‘-shilishi lozim.

Demak, «Bobur» fermer xo‘jaligida ustav kapitalini shakllantirish qo-nunchilik talablariga mos keladi.

«Samad» fermer xo‘jaligi ham «Bobur» fermer xo‘jaligidagi kabi ta’-sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar, ammo kor-xona faoliyat boshlaganiga bir yildan oshgan, demak ustav kapitaliga ulushlarni topshirish muddatiga rioya qilinmagan. Bunday holatda korxona yoxud o‘z ustav kapitalini kamaytirib, ustav va ta’sis shartnomasini qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazishi yoxud tugatish yo‘li bilan o‘z faoliyatini to‘x-tatish lozim.

«Do‘st» fermer xo‘jaligida 4610-Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti bo‘yicha debet qoldiq yo‘qligi va 8310–»Paylar va ulushlar» schyoti bo‘yicha kredit qoldiq summasining (400, 0 m. s) ta’sis hujjatlari (ustavi va ta’sis shartnomasi)ga mosligi ta’sischilar-ning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzdor emasliklarini va ulushlar to‘liq to‘langanligini bildiradi.

Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo‘shilganligini tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shakli-dagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalo-latnomalar, pul mablag‘lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag‘larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumot-lar bo‘lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.

Shuningdek, tekshiruv chog‘ida ushbu hujjatlar shakl va mazmun-larining O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»ga Qonun 9-moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.

Ustav kapitaliga chet el valutasida qo‘shiladigan ulushlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash «Chet el valutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» (O‘z. R. Adliya vazirligida 2000-yil 3 iyunda 931-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el valutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapi-taliga ulushlar bo‘yicha qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolan-gan sanada amalda bo‘lgan O‘z. R. MB kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda auditor chet el valutasi kursi va so‘mga hisoblab o‘tkazishning to‘g‘riligini hamda schyotlarda aks et-tirilishini tekshirishi zarur.

Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda qo‘-shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar» schyotlari bo‘yicha hisob registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qol-dig‘i ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarz-larini, 6620- schyotning kredit qoldig‘i korxonaning chiqib ketayotgan ta’-sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo‘yicha qarzlarni bildiradi. Audi-tor ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo‘yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.

Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

– ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyadorlik ja-miyati aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;

– barcha aksiyalar egasi yozilgan aksiya ekanligi va ta’sis etishda ta’-sischilar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi lozim;

– joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;

– aksiyadorlik jamiyati aksiyalari uni ta’sis etish chog‘ida ustavda ko‘rsatilgan muddat davomida to‘liq to‘lanishi lozim. Ammo ustav kapi-talining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir yil ichida to‘lanishi lozim;



– to‘lov shakllari (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, pulda baho-langan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aksiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;


FOYDALANILGAN SAYTLAR

  1. LEX.UZ



  1. DEPOZIT.UZ




  1. LIBRARY SAMDU

  2. FAYLLAR.ORG







Yüklə 19,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin