Defektologiya logopediya nutq haqida tushuncha


Logoped o’z oldiga qo’ygan maqsad – vazifani hal etishda tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko’radi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə4/4
tarix29.12.2021
ölçüsü1,35 Mb.
#48526
1   2   3   4
DEFEKTOLOGIYA nutqiy nuqson.doc

Logoped o’z oldiga qo’ygan maqsad – vazifani hal etishda tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko’radi.

  • Logoped o’z oldiga qo’ygan maqsad – vazifani hal etishda tilshunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko’radi.
  • Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli bo’lgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qismlari: tovush, so’z, so’z birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikrni og’zaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun hizmat qiladi. O’ar bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lug’at va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali o’qiy olish va to’g’ri so’zlay olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi kerak. Tabiiyki, logopedning o’zi imloni yaxshi bilmay turib, o’quvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun og’zaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped so’z vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqtda nutqida kamchiligi bo’lgan bolani tarbiyalaydi, tarbiyalanuvchilar yo’lini yoritadi ham.
  • Logopediya maxsus pedagogika – defektologiya fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o’qituvchilari kabi, ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, printsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo’llay olishi kerak.
  • Logoped bolalarning psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni o’z kuchiga ishontirishi, mashg’ulotlarga havasini uyg’ota bilishi, material bayoni vaqtida ularning dikqatini to’la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo’llarini (mashq, ko’rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik o’yin kabi vositalarni) qo’llanishi o’qitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini ko’rib, kuzatib, mushohada yo’li bilan o’zlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab o’zlashtirib boradilar.
  • Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning in’ikosi so’z shaklida ifodalanadi, til hodisalari vositasida namoyon bo’ladi. Inson o’zi ko’rgan va ta’sirlangan buyum yoki voqealarni so’z yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar ko’rinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladi. O’ar qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam o’rnashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblaadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bog’lash jarayonida tafakkur kuragi bo’lib xizmat qiladi.SHu bilan birga aloqa jarayonida nutq – ifodalash, biror narsani bildirish,anglatish va ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo bo’ladi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Og’ir nutqiy kamchiligi bo’lgan bolalarda intellektual kamchiliklar bo’lishi,yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur o’rganib nutq kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo’lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qolgan bo’lsa, bunday bola nutqida kamchiligi bo’lgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog’chasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turg’un buzulishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan bo’lsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bog’chasiga yuborish talab etiladi
    • Ma’lumki, nutq murakkab funktsional sistemani o’z ichiga oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlari bilan mahkam bog’langan. R.E.Levina va shogirdlari L.S.Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo’lib: fonetiko-fonematik, leksik va grammatik nutqqa ajratib o’rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil. Nutqida kamchiligi bo’lmagan va kamchiligi bo’lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq ma’romi, sur’ati, rovonligidan, shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug’at boyligi va grammatik qurilishini o’z ichiga oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o’rinni egallaydi. Bola nutqida so’zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo’lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma’lum kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlarni noto’g’ri talaffuz etish tufayli so’zlar leksikaning o’zgarishi, nutqning grammatik tuzumiga ta’sir etadi. Sistemalilik printsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo’llari, usullarni to’g’ri belgilashga yordam beradi.
  • Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondoshish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondoshish - bolaga har tomonlama ta’sir ko’rsatishini ko’zlab ta’lim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham meditsina metodlarini ishlatishdir.
  • Rivojlanish printsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yo’lini, uning rivojlanishini tahlil qilishni ko’zda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday o’zgarishlar natijasi ekanligini ko’rsatish – asosiy vazifadir.
  • Nutq kamchiliklari ko’p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning birgalashib ta’sir o’tkazishi natijasida paydo bo’ladi. Logopedik ishning samarodorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, turlarini to’g’ri aniqlashga bog’liqdir. Bu o’rinda ontogenetik, etiopatogenetik printsiplarni ahamiyati katta.
  • Nutq kamchiliklarini o’rganish, aniqlash, ularni bartaraf etishda logoped barcha didaktik printsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlarni hisobga olish, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirish, ta’limning o’quvchilarga xos bo’lishi, ta’lim va tarbiyaning birligi printsipiga amal qilish, onglilik, aktivlik va mustaqillik kabi printsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.
  • Nutqdagi asosiy funktsiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta’sir ko’rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og’ir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, ayrim so’zlarning noto’g’ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qo’yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab qo’yadi, u gapirganda o’z fikrini to’la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og’ir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirsh va boshqalar) maktab dasturini o’zlashtirishga, keyinchalik, kasb tanlashga, ba’zan, umuman o’qishga to’sqinlik qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida intellektual yetishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. SHu nuqtai nazarda, nutqdagi kamchiliklarni boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog’langan holda o’rganish printsipiga amal qilish nihoyatda zarur.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin