MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI “Defektologiya” yo'nalishi 11-guruh tinglovchisi Tosheva Nasiba Chinpo'latovnaning Sigmatizm –turlari va bartatraf etish metodikasi kurs tugatish ishi ho'yicha himova TAQDIMOTI Kursni tugatish ishi rahbari: Fattaxova Aziza Normurohovna Bajardi: Tosheva Nasiba Chinpo'latovna Toshkent-2023 Annotatsiya Ushbu kursni tugatish ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, predmeti, ob’yekti, metodlari asoslab berildi. kursni tugatish ishining birinchi bobida Dislaliya nutq nuqsoni haqida bo`lib,bunda dislaliyaning turlari, dislaliya o’zi qanday nutq nuqsoni ekanligi Sirg`aluvchi tovushlarni nutqqa qo`yish hamda bunday nuqsonga ega bo`lgan bolalar bilan qanday ishlar olib borilishi haqida fikrlar yoritilgan.Shuningdek kurs ishida dislaliyaning kelib chiqish sabablari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Kursni tugatish ishining ikkinchi bobida esa Sigmatizm nutq buzilishi va bartatraf etish metodikasi yoritib berildi, ishning yakunida xulosa va takliflar keltirildi.
Mundarija Kirish I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari
1.1 Dislaliya turlari, kelib chiqish sabablari
1.2 Sigmatizm turlari va kelib chiqish sabablari
II.BOB. Sigmatizm nutq buzilishi va bartatraf etish metodikasi
2.1 Sirg`aluvchi tovushlarni nutqqa qo`yish va mustahkamlash
2.1 SHovqinli tovushlarni nutqqa qo`yish va mustahkamlash Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISh Respublikamiz iqtisodiyoti va munosabatlarda bo‘layotgan o‘zgarish hamda islohotlar uzluksiz ta’lim tizimi oldiga bir qator muhim va holzarb vazifalarni qo‘ydi. Ularni hal etish shu sohaga bevosita aloqahor bo‘lgan har bir xodimdan kadrlar tayyorlashdek sharafli mas’uliyatni chuqur his qilib, ishga oqilona, tadbirkorlik bilan ilmiy yondashishni, bu bilan birga ta’lim shakli va mazmunini tubdan o‘zgartirish, ta’lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy va moddiy texnik ta’minotni yaxshilash, o‘qituvchilarning ushbu talablariga javob beradigan yangi avlodni shakllantirishni, boshqarish tizimini yangicha tashkil etishni talab etmoqda.
Bu narsa inson shaxsiga nisbatan e’tibor ham, talab ham kuchayganligini ko‘rsatadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda uning uzviy davomi bo‘lmish maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi yurtimiz ta’lim sohasini modernizatsiyalash, o‘qituvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, o‘qitishning yangicha usullarini faoliyat jarayoniga keng tadbiq etish borasidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.