Dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha
173688/123-22 - SON SHARTNOMA
18.03.2022 y.
Norin tumani hokimi NURMATOV JO‘RABEK XAMIDOVICH orqali keyingi o‘rinlarda “Ijaraga
beruvchi” deb ataladi, bir tomondan va MAMATKULOV PIRMAXAMMAD MAMARASULOVICH
orqali, keyingi o‘rinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi, ikkinchi tomondan 17.03.2022 yildagi 1478275-son
ochiq elektron tanlov yakuni bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida ushbu Shartnomani quyidagilar
to‘g‘risida tuzishdi:
I. Shartnomaning mavzusi
1. Ijaraga beruvchi №1478275 (Y1714216-08468/049 - e-ijara dagi lot raqami) lot bo‘yicha
aniqlangan ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasini ijaraga topshiradi,
Ijaraga oluvchi esa yer
uchastkasini qabul qilib oladi.
2. Yer uchastkasining ixtisoslashuvi, maydoni, toifasi, holati, suv bilan ta’minlanganlik
darajasi,
irrigatsiya ob’ektlarining holati, o‘rtacha ball boniteti, sho‘rlanish darajasi, servitutlar ko‘rsatilgan yer tuzish
hujjatlari qilinadi (1-ilova).
II. Ijara haqi
3. Yer uchun ijara haqi yer solig‘i tarzida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlar bo‘yicha va
muddatlarda to‘lanadi.
4. Yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda penya
undiriladi.
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari
5. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan maqsadda
oqilona va samarali
foydalanilishi lozim.
6. Yerlarni o‘zlashtirish yoki foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritishda yer
uchastkalari Ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari elektron-onlayn auksion natijalari
to‘g‘risidagi 17.03.2022 yildagi YU 111 - 303398-son bayonnomada keltirilgan (2-ilova).