29 -jadval
O’zbekistonning seldor hududlari
Seldor hududlar
|
Jilg’a
va
soylar soni
|
1870-1990
yillarda
sodir bo’lgan
sellar soni
|
Eng ko’p seldor soylar
|
Farg’ona
Vodiysi
|
270
|
1491
|
Poshshoota, G’ovasoy, Shohi-
mardon, Chortoqsoy
|
O’rta Sirdaryo
|
|
660
|
Chirchiq, Ohangaron daryolari,
Kattasoy, Suluqtasoy, Tomchi-
Soy, Zominsoy, Sangzar,Farashsoy
|
Zarafshon
|
4200
|
966
|
Urgutsoy, Omanqutonsoy,
Oltinsoy, Mardonsoy,Tasmachisoy,
|
Janubiy g’ar-
biy O’zbekiston
|
5300
|
470
|
G’uzardaryo, Sheroboddaryo,
To’palangdaryo, Langarsoy,Boysunsoy
|
Agro-o’rmon meliorativ tadbirlari tog’ va tog’ oldi yerlarida amalga oshiriladi. Bunda u yerlarda mol boqishni tartibga solish, tik yon bag’irlarni qaydamaslik, o’t ekish, yon bag’irlarda daraxtzorlar barpo qilish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Yalanglanib qolgan va yuvilgan yonbag’irlarga ko’p yillik o’tlar ekish yaxshi natija beradi. Yonbag’irlarni pag’onalarga bo’lib chiqish va o’rmonlashtirishning foydasi juda katta. Pag’onalarning oralig’i yon bag’ir tikligiga, uning kengligi va sig’imiga qarab belgilanadi. Pag’ona eni 3,0-3,5 m; ish sig’imi 0,5 m3 bo’lsa 1qiyalikka qarab, uning oralig’i quyidagicha bo’ladi: 20° 4,5-5,5 m, 30° - 6,5-7,5 m, 40° - 12,5-13,5 m Pag’onalarga archa, yong’oq, olma va boshqa daraxtlar o’tqazish mumkin. Adirlarga esa kurg’oqchilikka ancha chidamli daraxtlardan o’rik, bodom, akasiya ekish mumkin.
Gidrotexnika tadbirlari oqim o’zanlarida va o’zan oldi uchastkalarda va shunga o’xshash tik yerlarda ixota inshootlari qurishdan iborat. Bularga: yo’naltirish dambalari, tepa ariqlar; qor oqizindi, tosh tutgich inshootlar va boshqalar kiradi.
XULOSA:
Tuproq eroziyasining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun eroziyaga sabab bo’luvchi faktorlarni bartaraf qilish va unga qarshi tadbirlar qo’llash kerak. Buning uchun tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, o’rmon-texnika va gidrotexnika tadbirlar tizimini reja asosida amalga oshirish kerak. Tog’, tog’ oldi, va adir mintaqalarida kuchli jala quyishi yoki qorlarning jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, shag’al,tosh aralash holda sel oqimi vujudga keladi. Sel hosil bo’lishi tog’ yonbag’irlaridagi tuproq eroziyasi bilan chambarchas bog’liq. Sel oqimining oldini olish va qarshi kurashish uchun agro-o’rmon agromeliorasiyasi va gidrotexnik tadbirlar majmuasi qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |