Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
3 – Modul
TUPROQNING SUV REJIMI HAMDA ULARNI BOSHQARISH USULLARI
Reja:
1. O’simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyativa uning asosiy manbalari Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.
1-jadval
Urug’larning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori
(urug’ massasiga nisbatan % hisobida)
Ekinlar urug’i
Talab etiladigan suv miqdori
Ekinlar urug’i
Talab etiladigan suv miqdori
Tariq
Makkajo’xori
Bug’doy
Arpa
Beda
Javdar
25
44
45
48,2
56,3
57,5
Suli
Chigit
Zig’ir
Ko’k nuxat
Qizil sebarga
Qand lavlagi
58,9
60
100
106,8
117,3
120,3
O’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.
Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdori transpirasiya koeffisiyenti deyiladi. (2-jadval)
2-jadval