«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Tuproqning agregat holatini aniqlash



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə100/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Tuproqning agregat holatini aniqlash

Fraksiyalar
o’lchami

Quruq holda elakdan o’tkazish
Suvda elaklash

Fraksiya
Massasi

Foiz
miqdori

Elash uchun
olingan
tuproq
massasi, g

Kosachaning
raqami

Mustahkam
agregat-
larning
massasi, g

Mustahkam ag-regatlarning miqdori %

10 dan katta



















10 –7



















7 –5



















5-3



















3-2



















2-1



















1-0,5



















0,5 – 0,25



















Yig’indisi:



















10-0,25



















0,25 mm dan kichik



















J a m i:






















  1. Talabalar uchun topshiriqlar


1. Mashg’ulot matnini kiskacha konspektlashtirish;
2. Tuproq strukturasini N.I.Savvinov usulida aniqlash tartibini o’zlashtirish;
3. Tuproq strukturaviy holatini o’rganish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha tajribani bajarish va olingan ma’lumotlarni 1-jadvalga yozish hamda tuproq strukturaviy holatiga 2-jadval asosida baho berish.
4. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qilishlari zarur
Tuproqning struktura holatini baholash
2-jadval


Agregatlarning miqdori, %

Struktura holatining bahosi

Quruq holda elash
Suvda elash

> 80

>70

A’lo

80-60

70-55

Yaxshi

60-40

55-40

Qoniqarli

40-20

40-20

Yomon

<20

< 20

Juda yomon



5. Har xil turdagi kerakli jihoz va uskunalar.
Tuproq namunalari, taglik va qopqogi bo’lgan, teshiklari 10, 7, 5, 3, 2, 1, 0,5 va 0,25 mm diametrli elaklar, diametri 7 sm, bo’yi 45 sm li 1 l li silindr, 8 dona katta va 9 dona kichik chinni kosachalar, texnik tarozi va toshlari, suv hammomi, diametri 30-40 sm, bo’yi 30-35 sm li idish yoki silindrsimon vannacha.


6. Nazorat savollari.

  1. Tuproq strukturasi nima va uning dehqonchilikdagi ahamiyati qanday?

  1. Tuproq strukturasini buzilish sabablarini aytib bering?

  2. Tuproq strukturasini yaxshilash yo’llarini tushuntiring?

  3. Tuproq strukturasini aniqlash usullari qanday?

  4. Tuproq strukturasini N.I.Savvinov usulida aniqlash qanday amalga oshiriladi?

2-modul: Haydalma qatlam tuzilishini aniqlash (4 soat)
PASPORTI


Mashg’ulotning maqsadi: Haydalma qatlam tuzilishi haqida tushuncha. Tuproqning qattiq, suyuq va gazsimon qismlardan iboratligi. Kapillyar, nokapillyar va umumiy kovaklik. Haydalma qatlam tuzilishini aniqlash usullari. Laboratoriya sharoitida haydalma qatlam tuzilishini E.Zaurov usulida aniqlash. Tuproqning kapillyar, nokapillyar va umumiy kovaklikni agerasiya hamda to’yinish darajasini aniqlash.


Kerakli jihozlar va asboblar: Patron yoki silindrlar, dastali shtanga, namlikni aniqlashda patron yoki silindrdan namuna olish uchun kichkina burg’u yoki pichoqcha, tuproq namligini aniqlash uchun alyuminiy stakanchalar, to’yintirish uchun vannacha, tarozi va toshlari, chizg’ichlar, filtr qog’oz.
.


Topshiriq: 1. Haydalma qatlam tuzilishini aniqlashni o’qib, yozib oling.
2. Haydalma qatlam tuzilishini o’rganish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha tajribani bajaring va olingan ma’lumotlarni berilgan jadvalga yozing.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.


Adabiyotlar:
1. S.А.Vоrоbyev, А.N.Каshtanov, А.М.Likov, I.I.Маkаrоv, “Zеmlеdеliе” М.: “Аgrоprоmizdat”, 1991.
2. А.К.Ermаtоv “Sug’oriladigan dеhqоnchilik” “O’qituvchi” Т.1983.
3. А.К.Ermаtоv, V.G’аniyev “Dеhqоnchilik” “Меhnat” Т. 1990.
4. А.I.Imamaliyev, N.F..Bespalov, М.А.Bеlousov vа boshqalar. Меtоdikа polevx оptov s хlopchatnikom. Т.; 1981.
5. B.A.Dospexov. Metodika polevogo opыta. Moskva., 1985.
6. E.I.Zaurov “Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar” “O’qituvchi” T.; 1992.
7. O.Hamdamov., A.Sanaqulov. Ilmiy izlanish asoslari. Samarqand., 2003.
8. R.Yu.Aliqulov Dehqonchilikda ilmiy izlanish asoslari bilan. Ma’ruza matinlari. Qarshi., 2005.
9. “Dehqonchilikda ilmiy izlanish asoslari bilan” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga oid uslubiy qo’llanma. Qarshi., 2010.
10. Mo’minov K.M., Islomov I.S., Sanaqulov A.L.Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan” fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi. Samarqand.: SamQXI., 2010 y.

3-modul: Haydalma qatlam tuzilishini aniqlash


1. Mashg’ulot maqsadi. Haydalma qatlam tuzilishi haqida tushuncha. Tuproqning qattiq, suyuq va gazsimon qismlardan iboratligi. Kapillyar, nokapillyar va umumiy kovaklik. Haydalma qatlam tuzilishini aniqlash usullari. Laboratoriya sharoitida haydalma qatlam tuzilishini E.Zaurov usulida aniqlash. Tuproqning kapillyar, nokapillyar va umumiy kovaklikni agerasiya hamda to’yinish darajasini aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproq qattiq qismi hajmining kapillyar va nokapillyar kovakligining buzilmagan holatdagi olingan tuproq namunasining hajm birligiga nisbati haydalma qatlam tuzilishi deyiladi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va rivojlanishi uchun bir qator sharoitlar, jumladan, haydalma qatlam tuzilishiga bog’liq bo’lgan unumdorlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Unumdorlik deganda, tuproqda bir vaqtning o’zida o’simliklar uchun maksimal miqdorda zarur bo’lgan suv, havo va oziq moddalar bo’lishi tushuniladi. Odatda tabiiy tuzilishi buzilmagan holatdagi tuproq namunasida uning bir qismi hajmi tuproq, qolgan qismi suv bilan, tuproq va suvdan bo’sh qismi esa havo bilan to’lgan bo’ladi.
Shunday qilib, tuproq qattiq, suyuq va gazsimon qismlarga bo’linadi. Tuproqning gazsimon, suyuq va qattiq qismlari hajmining nisbati kyesakchalarning yirik-maydaligiga qarab doimo o’zgarib turadi. Bu nisbat kyesakchalarning yirik-maydaligi va shakliga ularning o’zaro joylashishi va tuproqda chang zarrachalarining mavjudligi, shuningdek, unga namlik va harorat ta’sir etishiga bog’liq.
Tuproq zarrachalarining bir-biriga zich taqalib turmasligi natijasida bo’shliqlar, ya’ni kovakliklar deb ataladigan turli kattalikdagi oraliqlar yoki teshiklar hosil bo’ladi. Kyesakchalar orasidagi va ichidagi barcha eng mayda (qilsimon) bo’shliqlar kapillyar kovakliklar deyiladi. Kyesakchalar orasidagi barcha yirik bo’shliqlar nokapillyar kovakliklar deyiladi.
Kapillyar va nokapillyar kovakliklarning jami hajmi umumiy kovaklik deyiladi. Kapillyar oraliqlar suv bilan, nokapillyar oraliqlar esa ko’pincha havo bilan, qisman suv bilan to’lgan bo’ladi.
Tuproqning kovakligi ko’proq uning suv xossalarini belgilaydi. Masalan, suv singdirish, nam sig’imi, suvning kapillyar ko’tarilishi, bug’lanish va boshqalar tuproqda kechayotgan fizik - mexanikaviy, shuningdek biokimyoviy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Chunki, tuproq qatlamining aerasiya darajasi unga bog’liq. Aerasiya darajasi mikrobiologik jarayonlarning jadalligiga, yeruvchanlikka, mineral va organik moddalarning oksidlanishiga sabab bo’ladi.
Haydalma qatlamning tuzilishi tuproqning suv, havo va oziq rejimini belgilaydi. Yerni ishlash yo’li bilan bu qatlamning tuzilishini o’zgartirish mumkin. Haydalma qatlam mustahkam kyesakchali strukturaga ega bo’lmasa, tuproqning tuzilishini yaxshilash choralari qo’llanganda ham u yog’ingarchilik yoki sug’orish vaqtida tez buziladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt ishlov berilmagan strukturali tuproqlar juda zichlashib qoladi, binobarin tuzilishi yomonlashadi. Strukturali tuproqlarga ishlov berish tufayli hosil qilingan yaxshi tuzilish uzoq vaqtgacha saqlanadi. Shuning uchun tuproqning strukturasi va tuzilishi bir-birini to’ldiradi. Ko’p yillik va bir yillik ekinlar ekib tuproqning struktura holati yaxshilanadi.
Haydalma qatlam tuzilishi qo’yidagi usullar bilan aniqlanadi:
1. Patronlardagi tuproq namunasini suv bilan to’yintirish usuli. Bu usul asosiy hisoblanadi.
2. Eng tez, lyekin kamroq aniqlikda bo’lgan piknometr usuli.
3. Dala sharoitida umumiy kovaklik faqat tuproqning hajmiy va solishtirma massasiga qarab belgilanadi. Umumiy kovaklik qo’yidagi formulaga muvofiq foiz hisobida aniqlanadi:



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin