«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Yo’g’on poyali zarpechaklar



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə126/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Yo’g’on poyali zarpechaklar. Bular butun O’zbekistonda va Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida tarqalgan. Poyasi yo’g’onlashgan, chizimchasimon, qizg’ich yoki sarg’ish rangda bo’ladi. Bular deyarli daraxt va bo’talarda parazitlik qiladi. Bir yillik ekinlar va begona o’tlarda ham uchraydi. Daraxt va bo’talarda, asosan Leman zarpechagi (Cuscuta Lemanniana Bunge) uchraydi.
Ildiz parazitlari. Bularga shumg’uyalarning barcha turi kiradi. Ulardan eng zararlisi qo’yidagilardir: shoxlagan nasha va tamaki shumg’uyasi (Orobanche ramosa L.); kungaboqar shumg’uyasi (O. cumana Waeer); misr shumg’uyasi (O. aegyptica); mo’tel shumg’iyasi (O. Muteli); beda shumg’iyasi, ya’ni sariq shumg’iya (O. lutea).
O’zbekistonda shumg’uyaning ikki turi: kungaboqar va misr shumg’uyasi uchraydi.
Kungaboqar shumg’uyasi – Orobanche cumana Waeer, shumg’iyadoshlar (Orobanchaceae) oilasiga kiradi. U O’rta Osiyoda va Shimoliy Kavkazda tarqalgan. Asosan kungaboqar ildizida, kamdan-kam pomidor, tamaki, maxsar va poliz ekinlarida parazitlik qiladi. Begona o’tlardan shuvoq va qo’ytikanda ko’proq uchraydi.
Poyasi oddiy, shoxlamagan, qo’ng’irroq, Syeret, pastki qismi yo’g’onlashgan, bo’yi 25 sm gacha bo’ladi. Yozning ikkinchi yarmida gullaydi va hosil beradi. Deyarli urug’dan ko’payadi. Bir tup o’simligi 60-150 mingtagacha urug’ tugadi. Urug’i juda mayda bo’lib, shamolda oson tarqaladi, tuproq reaksiyasi (pH) ga qarab unib chiqadi. Ekinlar ildizidan ajralib chiqadigan modda shumg’iya urug’ining unib chiqishi uchun qulay bo’lgan ma’lum tuproq reaksiyasini yaratadi.
Misr shumg’uyasi (Orobanche aegyptica Pus.) pomidor, baqlajan, tamaki, kartoshka, qovun, tarvuz, bodring kungaboqar, karam, xantal, yeryong’oq, kunjo’t va dag’alkanopni zararlaydi. Begona o’tlardan qo’ytikan, qora ituzum, qo’ypechak va boshqalarni zararlaydi. Shumg’iyalarning barcha turi karantin begona o’tlar qatoriga kiradi.



1-rasm. Tekinxo’r begona o’tlar.
a-zarpechak, b-kungaboqar shumg’iyasi.



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin