«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


–Modul TUPROQNING OZUQA REJIMI HAMDA UNI BOSHQARISH USULLARI



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə23/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

6–Modul

TUPROQNING OZUQA REJIMI HAMDA UNI BOSHQARISH USULLARI



Reja:

1. Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
2. O’simlik hayotida makrova mikroelementlar hamda o’simliklar oziqlanishida mikro-rganizmlarning roli.
3. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati.
4. Tuproq oziq rejimini boshqarish usullari



1.Qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlariga bo’lgan talabi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.
O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir.
Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari haddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy tasir etadi.
Oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga vaular o’sayotgan sharoitga bog’liq (6-jadval).

6-jadval


Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin