«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


) Nam to’plash maqsadida sug’orish



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə69/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

2) Nam to’plash maqsadida sug’orish;
3) Sho’r yuvish maqsadida sug’orish;
4) Ekin ekishdan oldin sug’orish;
5) Chigit suvi berish;
6) Sovuq urishga qarshi sug’orish.
Shudgordan oldin sug’orish. O’zbekistonning tekislik mintaqalardagi sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda ekinlari o’suv davrida sug’orishlar tugallanib, hosil yig’ib olingandan so’ng yog’inning deyarli tushmasligi oqibatida tuproqning ustki qatlamida, ayniqsa, bug’doy, yozda xaydab bo’ziladigan bedapoya va ko’p yillik o’tlardan bo’shagan dalalar tuprog’ida nam miqdori keskin kamayib ketadi. Bu hol yerga asosiy ishlov berishni qiyinlashtiradi: yer belgilangan chuqurlikda haydalmaydi, palaxsa kesaklar ko’rib mayin shudgorlashga erishilmaydi. Paxta va boshqa ekinlar hosildorligi kuzgi shudgorni qay darajada o’tkazilganligiga bog’liq.
Yerni sifatli haydash uchun tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-60 foiz bo’lishi bo’lishi lozim.
Buning uchun yoz oylarida shudgorlashdan 7-10 kun, kuzgi shudgorlashdan 10-12 kun oldin eski muvaqqat sug’orish tarmoqlari, yo’lak va cheklar orqali sug’orish o’tkaziladi. Sug’orish me’yorlari haydov qatlamli namiqtirish hisobidan belgilanadi: yengil tuproqlarda 700-800, o’rtacha -900-100 va og’ir tuproqlarda 1000-1200 m3/ga suv beriladi.
Paxtazorlarda tuproq yetilishi bilan g’o’zapoya maydalanadi, o’qariqlar tekislanib, yerni haydashga krishiladi. Bedapoyalarda yerning ustki qismi 5-6 sm chuqurlikda ag’dargichi olingan plug bilan asosiy haydashdan 5-7 kun oldin haydaladi. Bunda bedapoyaning ildizi kesilib, unuvchanligi yo’qoladi. Begona o’tlar ko’p tarqalgan yerlarda ang’iz shudgordan oldin kupchilik bilan yerlarda 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Kuzgi ekinlarni ekishdan 15-20 kun oldin haydash samarali ekanligi bois ang’izni sug’orish muddati muvofiqlashtirilishi lozim.
Sho’r yuvish maqsadida sug’orish. O’zbekistondagi sug’oriladigan maydonlarning deyarli har xil darajada sho’rlangandir. Tuproq tarkibidagi ortiqcha tuzlar o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatadi, o’simlik yaxshi o’sib rivojlanmaydi va hosildorlik keskin kamayib ketadi. Sho’rhok yerlarda o’simlik deyarli o’sib rivojlanmaydi. Tuproq tarkibidagi tuzni yo’qotishning asosiy vosita tadbiri – bu sho’r yuvishdir. Sho’r yuvish samaradorligi uni o’tkazish muddati, sho’r yuvish me’yorlarini to’g’ri tanlash, tuproqni sho’r yuvishga qanday tayyorlanganligi, sho’r yuvish usullari kabilarga bog’liq.
Ilmiy tadqiqot muassasalarining tavsiyalariga ko’ra qumloq, yengil soz tarkibi kam sho’rlangan yerlarda tuproq 1-2 marta 1500-200 m3/ga me’yorda, loy tuproqli kam sho’rlangan yerlar 2 marta 2500 m3/ga me’yorda, og’ir loy tuproqli o’rtacha sho’rlangan tuproqlar 2-3 marta 3000-3500 m3/ga me’yorda, og’ir mexanik tarkibli kuchli sho’rlangan yerlar 4 marta 4000 m3/ga umumiy me’yorda yuviladi.
Tuproq sho’ri kuzgi shudgordan so’ng – kuz va erta qish oylarida yuvilsa yaxshi samara beradi. Xorazm va Qoraqalpog’istonda sho’r yuvishning qo’lay muddatlari 1-10 dekabr va qo’shimcha fevral oyidan 1-10 aprelgacha bo’lgan muddat hisoblanadi. Mirzachul va Markaziy Farg’onada 25-31 dekabrgacha, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryoda 15-20 yanvargacha bo’lgan muddat qulay hisoblanadi.
Sho’r yuvish cheklarining kattaligi: yaxshi suv o’tkazuvchan joylarda 0,05 - 0,08 ga yaxshi tekislangan og’ir mexanik tartibli tarkibli tuproqlarda 0,20-0,25 ga va o’rtacha sharoitlarda 0,10-015 ga. Sho’r yuvishda cheklar 15-20 sm chuqurlikdan suv bilan bostiriladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin