«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Nam to’plash maqsadida sug’orish



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə70/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Nam to’plash maqsadida sug’orish. Janubiy iqlim zonasida va sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda qish va bahor oylarida yog’inning kam bo’lishi tuproqda kerakli darajada nam to’plamasligiga, bu esa ekishdan so’ng qiyg’osko’chatlar olmaslikka olib keladi. Shu sababdan bunday mintaqalarda fevral oyi va mart oyining boshlarida nam to’plash maqsadida sug’orishlar o’tkaziladi.
Nam to’plash uchun sug’orish me’yori (m) S.A.Rijov taklif etgan qo’yidagan ifoda yordamida hisoblanadi:

Bunda: P - tuproqning ChDNS, m3/ga, N-sug’orish arafasida tuproqning amaldagi nam zahirasi, m3/ga, K-yog’ingarchilik hisobiga to’planadigan suv miqdori koeffisenti (0,5), O-sug’orishdan ekin ekkunga qadar tutadigan yog’in miqdori, m3/ga.
Nam to’plash maqsadida sug’orish me’yorlari qo’yidagicha; yengil mexanik tarkibli tuproqlar 1000-1200; o’rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 1200-1500 m3/ga: og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda 1800-2000 m3/ga.
Bunday sug’orishlar bostirib yoki egatlar orqali o’tkaziladi.
Sug’orish o’tkazilgan yerlar yetilishi bilan suvni bug’lashga sarfini kamaytirish maqsadida dalalarda yoppasiga sixli yoki diskli barona bosiladi.
Ekishdan oldin sug’orish. Tuproqqa bahorda bir qancha marta ishlov berilganda, bahorgi issiq kelishi va shamollar ta’sirida tuproqning yuqori qatlamida ekish davrigacha namlik keskin kamayib ketishi mumkin. Uning zahirasini oshirish maqsadida Qashqadaryo, Buxoro, urxondaryo viloyatlarida ekishdan oldin sug’orish o’tkaziladi.bunday sug’orish o’tkaziladi. Sug’orish me’yorlari og’ir tuproqlarda 1500-1600 m3/ga, qumloq va yengil qumoq tuproqlarda 1000-1200 m3/ga.
Suvni bug’lanishga isrofgarchiligini kamaytirish uchun yer yetilishi bilan chizillanadi yoki kultivasiya qilinadi, barona bosiladi.
V.T.Lev va V.Mirzayevlar (1973-1975) tomonidan Surxondaryo viloyatida olib borilgan tadqiqot natijalari ko’rsatadiki, ekishdan oldin. Sug’orish o’tkazilmagan tuproqning namligi chigit ekish arafasida ChDNS ga nisbatan 50-57 foiz bo’lgan va chigitni undirib olish uchun urug’ suvi berilgan. Ekishdan oldin sug’orilgan tuproqning namligi esa 75,4-80,2 foizni tashkil etgan sug’orish ta’sirida begona o’tlar urug’lari ertaroq unib chiqqan va dalani ekishdan oldin yopasiga ishlash orqali ular qirib tashlangan, ya’ni ekishdan oldingi sug’orish provakasion sug’orish vazifasini nam o’tagan.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin