Dehqonobod tuman 89-umumiy o’rta ta’lim maktabining



Yüklə 141 Kb.
səhifə1/2
tarix01.04.2023
ölçüsü141 Kb.
#92243
  1   2
Mustaqil ishi mavzu Nutq madaniyati va stilistikasining o\'zaro



Dehqonobod tuman 89-umumiy
o’rta ta’lim maktabining
10-A sinf o’quvchisi
POSHSHAYEVA VENERAning
Ona tili fanidan
“Minbarda nutq so’zlash” mavzusida tayyorlagan

LOYIHA ISHI



MAVZU: Minbarda nutq so’zlash
Nutq madaniyati – real nutqiy hodisa. Kishilarning muhim aloqa vositasi bo‘lgan til qanchalik tariiy ahamiyatgaega bo‘lsa, so‘zlovchilarning bu tilga munosabati ham shunchalik qadimiydir. Chunki so‘zlovchi inson doimo fikrini ta’sirchan qilib so‘zlashga, suhbatdoshining e’tiborini tortishga, javob talab qilish uchun tushunarli nutq so‘zlashga harakat qilishi obyektiv zarurat hisoblangan. Bunday odat va ko‘nikmalar ikki muhim jihatga aloqador bo‘lganligi ham shubhasiz: birinchidan, tildagi tabiiy va aslida mavjud imkoniyatlarni egallash, undan o‘rinli foydalanishga intilish; ikkinchidan, so‘zlovchilarning muayyan nutqiy talablar, normalarga amal qilishi. Birinchi holatda til va uning mavjud ifoda vositalaridan foydalanish malaka va ko‘nikmalari shukllana borgan bo‘ls, ikkinchi holatda nutqning til bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tomonlari ham namoyon bo‘la borgan. Masalan, so‘zlovchining va tinglovchining muayyan axloq-odob normalariga rioya qilishi, ta’srchan va chiroyli gaprishga intilish,tilga hurmat, o‘z gapi va o‘zgalar gapiga e’tiborli bo‘lishi, o‘rinli so‘zlash, so‘zlash madaniyati va tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, munozara madaniyati, tilga e’tibor va ehtiyotkorlik va boshqalar. Mazkur talablar asosida insonlar orasida nutqiy-axloqiy qonun-qoidalar yuzaga kelgan va bu tilda ham ma’lum normalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Qadimda nutq madaniyatining kurtaklari nutq odobi tarzida namoyon bo‘lgan.

Stilistika — grekcha «stylos» so‘zidan olingan bo`lib, «suyakdan qilingan uchli tayoqcha» degan m a’noni bildiradi. Qadimgi greklar mum surtilgan taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu tayoqchaning tepa tomoni kurakchaga o'xshar edi. Xato yozilgan sofzni tayoqchaning kurakchaga o`xshagan tomoni bilan taxtachadagi mumni tekislash orqali o ‘chirar edilar va uchli tom oni bilan to‘g‘rilab yozardilar. Stil so`zidan stilet — ingichka xanjar va stilo — avtoruchka so`zlari kelib chiqqan. Qadimdanoq stil so‘zi «bo‘g‘in, nutq stili» m a’nosida qo‘llana boshlangan. Goratsiyning «Agar sen o‘qish uchun loyiq narsa yozmoqchi bo'lsang, stilingni tez-tez almashtirib tur. Dunyoqarashi tor odamlami qoyil qoldira olmasang, kuyinib o'tirma, ozgina bo‘lsa ham tushungan odamlar bilan qoniq» deb yozib qoldirgan jumlalari ichidan «stilingni tez-tez almashtirib tur» degan ifodasi keyinchalik greklarda maqolga aylanib ketgan. Demak, odamlaming ko`ngliga urmaydigan, foydali m a’lumot beradigan biror narsa yozish uchun stilni tez-tez almashtirib turish lozim ekan.


Izohli lug‘atlarda stil so‘zining bir necha ma’nolari berilgan. 1935—1940-yillarda D.N.Ushakov tahriri ostida nashr etilgan «Толковый словарь русского языка» kitobida stil so‘zining 4 xil m a’nosi berilgan. Bu ma’nolar 1981 -yilda chop etilgan « 0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ham taijima qilinib, izohlangan. Ular quyidagilar:
1. Biror san’at asarining, biror ijodkor, davr, millatning o`ziga xos belgilari yig`indisi. Masalan: arxitekturadagi sharqona stil (naqshinkorlik, gumbazli binolar). Ko'rinadiki, stil so`zining 1-m a’nosi juda keng tushunchani ifodalaydi, ya’ni badiiy ifodalar yig`indisi yoki badiiy ifodalaniing umumiy tizimi tushuniladi. Bunda adabiyot nazarda tutilmaydi.
2. Biror adabiy asar, adabiy yo`nalish, adabiy janr yoki biror muallifga xos bo`lgan g`oya va til vositalarining tizimi orqali izohlanadi. Masalan, A. Qahhor stih, Oybek stili. Poetik stil, romantik stil va h.k. Bunda fikr ifodalash stillari ham tushuniladi. Masalan, ko`tarinki stil, lo`nda stil va boshqalar.
G` .G ‘ulomning «Sen yetim emassan» she’ri ko`tarinki stilda yozilgan. A.Qahhoming stili fosh qiluvchilik xususiyatiga ega. Uning asarlarida zaharxanda iboralar, maqol va matallar ko`plab uchraydi. Masalan, «Sinchalak» qissasida Arslonbek Qalandarov shunday deydi: «Sinchalak degan oyog‘i ipday ingichka qush bor. U kechasi oyog‘ini osmonga k o ‘tarib yotadi, osmon tushib ketsa, k o ‘tarib qolaman». Saida esa unga javoban deydi: «Xo‘roz ham «men qichqirmasam, tong otmaydi», der ekan. «Mayiz yemagan xotin» hikoyasida bunday fosh qiluvchi jumlalar juda ko‘p. Yozuvchi Oybekka esa keng ko`lamlilik xos, masalan, Oybekning «Navoiy» romanidan quyidagi parchaga e’tibor beraylik: Shoir «Xiyobon» ко ‘chasidan o ‘tib, «Bog‘ zag`on»ning katta darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib bilan kuzatib turgan navkarlar muhrdorga salom berib, darrov otning jilovidan ushladilar. Shoir ulaming yordamisiz otdan tushdi-da, «Bog‘ zag`(on»ga kirdi. Bu — turli qasrlar, ко (shklar va boshqa go `zal binolar va ajoyib xiyobonlarga boy g'oyat katta bog‘ edi. Daraxtlar oralab ketgan k eng, toza va quyosh nurlari bilan ola chalpoq yo `dan borib, bir necha tanob joyni ishgbl etgan katta gulzorlaiga chiqdi. Bu yerga go`уо butun dunyoning gullari to‘plangan edi. Turli-tuman rang va ziyo bilan quyoshda yashnagan bu chaman ко`zlarni qamashtirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. Har kungidek, to‘xtab, zavq bilan tomosha qildi. Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga — devorlari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qo`li bilan yasalgan naqsh gulzorini toblantirgan tomon yurdi. Oltin qubbachalar, о `ymakor gullar bilan bezangan eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham bir xonaga kirdi. Bu yerdn uni do‘sti Hoja Afzal qarshi oldi. Bu —past bo ‘yli, tiyrak ко ‘zli, xushmuomala, qariyb o ‘zi bilan tengdosh kishi edi. 3. Ko‘chma ma’noni ifodalaydi. Bunda xulq, axloqqa xos bo‘lgan xususiyatlar yig‘indisi, faoliyat usuli, biror ishni amalga oshirishning yo`l-yo‘riqlari kabilar tushuniladi. 4-xil ma’no adabiyotga ham, tilga ham xos emas. Bu davrga, yil hisobiga nisbatan islilatiladi. Masalan, melodiy yil hisobi, xijriy yil hisobi.
NUTQ STILISTIKASI Bu tushuncha adabiyotlarda funksional stilistika yoki funksional stil turlari deb ham yuritiladi. Nutq stillari bir-biriga bog‘liq vositalaming tuzilishidan tashkil topadi. Ular tilning vazifasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ham ular nutq stillari deyiladi. Tilning vazifasi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq va uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi. Nutq stili tizimini tashkil etuvclii ifodalar faqat bir stil doirasida cheklanib qoladi. Masalan, ilmiy stilda ishlatiladigan terminlar badiiy, publitsistik, rasmiy va so‘zlashuv stillarida ishlatilmasligi ham mumkin. Lekin har bir nutq stili o‘zining barcha xususiyatlari bilan yagona bir maqsadga bo‘ysungan muayyan til vositalarining majmuasiga ega. Nutq stillari til taraqqiyotining ma’lum bir davrida asta-sekin shakllanadi va o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, XX asr boshida nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining kengayib ketishi bilan bog‘liq tarzda O‘zbekistonda publitsistik stil vujudga kelgan. Nutq stillari og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas bog‘liq. Demak, har bir nutq stili og‘zaki va yozma shaklda ifodalanishi mumkin. Masalan, so‘zlashuv stili, asosan, og‘zaki nutqqa xos. Lekin badiiy adabiyotda bu stil yozma shaklga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilmiy stilning og‘zaki ko‘rinislii dars jarayonida ma’ruza o‘qilganda, anjumanlarda ilmiy m a’ruzalar bayon qilinganda namoyon bo‘ladi, yozma shakli esa dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar taizida ifodalanadi. Nutq stillari o‘ziga xos belgilari va farqlaridan qat’i nazar, adabiy til m e’yorlari asosida umumiylikka ega. Adabiy me’yor nima? Adabiy m e ’y o r atamasiga « 0 ‘zbek tilining izohli lug`ati»da shunday sharh beriladi: «Adabiy me’yor til tovush tizimini, grammatik ko‘rinishi va lug‘at tarkibidagi eng hayotiy va zaruriy vositalami tanlab olish demakdir. Adabiy me’yor tilning eng yuksak, ishlangan, silliqlangan shaklidir». Adabiy me’yor tilning faqat yozma ko‘rinishigagina emas, balki og`zaki shakliga ham xosdir. Shuning uchun ma’ruza o‘qilayotganda, radio va televideniyedagi chiqishlarda ham adabiy m e’yorga rioya qilish talab qilinadi. Shu bilan birga, uning adabiy me’yordan chetga chiqadigan tomonlari ham mavjud. Masalan, so‘zlashuv stilida shevaga xos so‘zlar ham ishlatiladi. Bu adabiy me’yorga zid, lekin stil m e’yori hisoblanadi. Badiiy stilda yozuvchi yoki shoir shunday so‘zlami yaratishi mumkinki, ular hali me’yorlashtirilmagan bo‘lishi mumkin, lekin stil me’yori sifatida qolaveradi. Adabiy m e’yor bilan stil m e’yorining o‘zaro munosabati, ya’ni mushtarak va farqli xususiyatlari b o ‘yicha dissertatsiyalar yaratilgan. M asalan, A.E.Mamatovning «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tihda leksik va frazeologik norma muammolari» nomli doktorlik dissertatsiyasi (1991-yil), S.Toshaliyevaning « 0 ‘zbek tilida okkazionalizmlar» nomli nomzodlik dissertatsiyasi (1998-yil) kabilami ko'rsatish mumkin. Funksional stil turlari quyidagilar: 1) so‘zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publitsistik stil; 5) badiiy stil.



Yüklə 141 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin