dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
senariysi
Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag’ishlangan
shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek,
siyosiy adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.
(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha qatnashchilari chiqadi).
boshlovchi - Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud, Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.
boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud, O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor
MADHIYA YANGRAYDI
boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga, Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga. Farovon, nurafshon ulug; kunlarga, Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim! Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon, Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot, O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!
“Assalom “ qo`shig`i
1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 31 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan
tadbirni, marhamat, tomosha qiling.