Delphi dasturida massivlar bilan ishlash Massivlarning toifalanishi Massivlar ustida amallar



Yüklə 170,86 Kb.
səhifə1/9
tarix01.05.2023
ölçüsü170,86 Kb.
#105429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 mavzu DELFI DASTURLASH TILIDA MASSIVLAR


Delphi dasturlash tilida massivlar
Reja:
K I R I SH

  1. Delphi dasturida massivlar bilan ishlash

  2. Massivlarning toifalanishi

  3. Massivlar ustida amallar

  4. Ko`p o`lchamli massivlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


K I R I SH
Kompyuter dunyosida ko’plab dasturlash tillari mavjud. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci, kabi tillarda yozish mumkin. Lekin, qaysi dasturlash tili yaxshi? Bu savolga javob berish oddiy emas. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Pascal tili boshqa tillarga qaraganda dastur tuzishni o’rganish uchun ancha qulay til bo’lib hisoblanadi.
Pascal tili Shvetsariyalik olim N.Virt tomonidan yaratilib, keyinchalik Borland korporatsiyasi tamonidan rivojlantirildi. Bu til rivojlantirilib Turbo Pascal, Borland Pascal va keyinchalik esa Object Pascal nomini oldi. Hozirgi kunda Object Pascal tili asosi bo’lgan Windows muhitida ishlovchi Delphi dasturiy vositasida murakkab professional dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Kompyuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzushga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows muhitida yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Delphi dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki oddiy dastur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Ushbu dasturlash tili vizuallashganligi sababli unda dastur tuzish osonlashdi.
Delphi dasturida massivlar bilan ishlash
Massivlarni e’lon qilishdan maqsad massiv elementlari uchun kompyuter xotirasidan joy ajratishdir.
Massiv elementlari qiymatlarini kiritish uchun sikl operatorlaridan foydalaniladi. Misol: For i:=1 to 100 do Read(A[i]);
Bu misolda A massivning 100 ta elementi qiymatini ekrandan ketma-ket kiritish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday massiv qiymatlarini ekranga chiqarish ham mumkin.
Misol: For i:=1 to 100 do Write(A[i]);
Dasturda massiv elementlarini ishlatganda ularning indeksi e’lon qilingan chegaradan chiqib ketmasligi kerak. Yuqoridagi ma’lumotlarni tasdiqlash uchun, massivlarga oid bir nechta misollar ko‘rib o‘tamiz.
Misol. massiv elementlarini yig`indisi va o‘rta arfimetigin topish dasturi tuzilsin.
1-bosqich.
1. Komponеntalar ro‘yxatini Additional bandidan StringGrid1(abc) tugmani tanlaymiz 1-rasmda ko‘rsatilgan.

1-rasm.
Tugma tanlangandan so‘ng, oynani ko‘rinish holati quyidagicha bo‘ladi:

2-rasm.

Hosil bo‘lgan jadvalni ustun bo‘yicha 5 ta, satr bo‘yicha 1 ta jadval hosil qiling. Bu jadvalni hosil qilish uchun, parametrlar va xossalar bo‘limidan ColCount hodisalar bandiga 5 raqamini kiritamiz. Satr bo‘yicha o‘zgartirish kiritish uchun, RowCount bandiga 1 raqamini kiritamiz.


Umumiy holda oynani ishga tayyorlashimiz uchun parametrlar va xossalar bo‘limidan jadvalda ko‘rsatilgan buyruqlarning tarkibi quyidagicha:
1-jadval

Parametrlar va xossalar bo‘limi

Hodisalar bo‘limi

ColCount

5

FixedCols

0

RowCount

1

DefaultRowHeight

24

Height

24

DefaultColWidth

64

Width

328

Options . goEditing

True

Options . AlwaysShowEditing

True

Options .goTabs

True

Jadvaldagi ko‘rsatilgan 3 ta Options . goEditing, Options . AlwaysShowEditing, Options .goTabs buyruqlarni hosil qilishimiz uchun parametrlar va xossalar bo‘limidan “Options” parametirini “+” ishorasini “-” ishoraga o‘tkazamiz (jadval ustiga sichqoncha tugmasini bir marta bosganimizdan so‘ng, aytilgan topshiriqni bajarishimiz mumkin).

3-rasm

4-rasm.
Hodisalar bo‘limining goEditing bandida 2 ta False va True buyrug`i mavjud. True buyrug`ini tanlasangiz katakchaga ma’lumot kiritishgandan so‘ng dastur bilan bog`lanish hosil qiladi aks holda False buyrug`ini tanlasangiz kiritilgan ma`lumotni dastur bilan bog`lanishga ruxsat etmaydi.
Parametrlar va xossalar bo‘limidan “Options” parametirini “+” ishorasini “-” ishoraga o‘tkazganimizdan so‘ng oynani ko‘rinishi holati quyidagicha bo‘ladi:
2. “Label1” tugmasidan foydalanib “Massiv” so‘zini kiritamiz.
3. “Label2” tugmasiga “Natija” so‘zini kiritamiz.
Natijada oynaning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

5-rasm.
2-bosqich.
1. Dasturlash maydoniga quyidagi dasturni kiritamiz:

Yüklə 170,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin