Ma’lumotlarning iyerarxik va tarmoq modellari. Mashina
muhitidagi ma’lumotlaming murakkabroq modellari —tarmoqli va iyerarxik modellar bolib hisoblanadi. Bu modellar ulaming o‘zlariga
xos turdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi.
MBBTda ma’lumotlami mantiqiy tashkil etish usuli ma’lumotlarning
tarmoqli yoki iyerarxik modeliga mos holda ko‘r-satiladi. Bunday
model o‘zaro bogliq obyektlarning majmuidir. Tkki obyektning aloqasi
ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmoqli yoki iyerarxik
modelida obyekt bo‘lib. MBBT kiritilgan ma’lumotlar tuzilmasining
asosiyturlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma’lumotlaming
tuzilmasi turlicha aniq-lanishi va nomlanishi mumkin.
Modellarda ma’lumotlarning tuzilmalari.M a’lumotlarning
namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: malumotlarning elementi,
ma’lumotlaming agregati, yozuv, ma’lumotlar bazasi va hokazo. Bu
elementlar va agregatlar o‘zaro aloqada bo‘lgan tuzilma bilan
tavsiflanadi. Shuning uchun yozuvning tuzilmasi iyerarxik xarakterga
ega bolishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega bolgan yozuv nusxalari
to‘plamining hammasi yozuv turini tashkil etadi.
Ma’lumotlarning elementi— bu ma’lumotlar tuzilmasining
nomlangan minimal birligi (faylli tizimlardagi maydonning o‘xshashi).
Ma’lumotlar agregati — bu ma’lumotlar elementlarning quyi
to‘plami yoki yozuvlar ichidagi boshqa agregatlaming nomlangan
quyi to‘plami.
Yozuv —umumiy holda agregat bo‘lib. u boshqa agregatlaming
tarkibiga kirmaydigan tarkibli agregatdan iborat.
Obyektlarning modellardagi aloqasi. Ma’lumotlar modeli bir necha
turdagi yozuvlarni (obyektlami) o‘z ichiga olishi mumkin. Ma’lumot
modeli obyektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatadi. Qandaydir bir predmet
sohasi uchun modelning o‘zaro boglangan muayyan obyektlar to‘plami
ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.
Tkki turdagi yozuvlarning (model obyektlari) o‘rtasidagi aloqalar,
ularning nusxalari o‘rtasidagi gumh munosabatlari bilan aniqlanadi.
Gumh munosabati — bu ikki turdagi yozuvlar o‘rtasidagi qat’iy
iyerarxik munosabat bo‘lib. ular asosiy yozuvlar to‘plami va tobe
yozuvlar to‘plamidan iboratdir.
Iyerarxik modellarda kalit bo‘yicha bevosita kirish odatda, faqat
boshqa obyektlarga tobe bo‘lmagan eng yuqori pog‘onadagi
222
obyektgagina mumkin. Boshqa obyektlarga kirish modelning eng yuqori
pog‘onasidagi obyektdan aloqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarmoqli
modellarda esa, kalit bo‘yicha bevosita ixtiyoriy obyektga kirish (uning
modeldajoylashgan pog‘onasidan qat’i nazar) ta’minlanishi mumkin.
Shuningdek, aloqalar bo‘yicha har qanday nuqtadan kirish ham
mumkin. Tarmoqli modellarda obyekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi
ko‘pincha chiziqli va kamroq hollarda esa iyerarxik bo‘ladi. Quyi
pog‘onadagi ma’lumotlarning tuzilmasi ham o‘z xususiyatiga va
nomiga ega bolishi mumkin. Masalan, atribut bu ma’lumotlar
elementining analogi. Chiziqli tuzilmaga ega bolgan obyekt faqat
oddiy va kalitli atributlardan iborat. Iyerarxik modellardagi obyekt
(yozuv, seoment) tuzilmasi iyerarxik yoki chiziqli bolishi mumkin.
Turli predmet sohalari uchun ma’lumotlarning tarmoqli modeli
iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot
tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab
predmet sohalarining ma’lumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli
ko‘rinishga ega. Bu esa, ma’lumotlaming iyerarxik modeliga ega
bolgan MBBTdan foydalanishni cheklab qo‘yadi. Tarmoqli modellar
ma’lumotlarnmg iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi.
Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi
foydalanuvchi uchun qulaydir, chunki ma’lumotlarga kirishni amalga
oshirishda hech qanday cheklashlar yo‘q va bevosita ixtiyoriy
pog‘onadagi obyektlarga kirish imkoni mavjud.
Iyerarxik ma’lumotlar bazasida —ma’lumotlar iyerarxiya (daraxt)
ko‘rnishida saqlanadi. Uning ko‘rinishini quyidagicha tasvirlash
mumkin:
Malumotlaming iyerarxik modeli.
223
Masalan, bu yerda A12 tugunidagi ma’lumotni olish uchun, oldin
MBdan A tugun, keyin A1 tugun va undan keyin A12 topiladi.
Tarmoq ma’lumotlar bazasi —ichki ma’lumotlar tuzilmasi, biri
ikkinchisiga bogliq ravishda boladi. Uning ko‘rinishini quyi-dagicha
tasawur qilish mumkin.
Ma’lumotlaming tarmoq modeli.
Iyerarxik va tarmoq modellarida ma’lumotlar tasvirining
murakkabligi vabu ma’lumotlar orasidagi aloqani MBni loyiha-lashda
aniqlash kerak bolib. bu esa, MBga so‘rov berilganda relatsion MB
jadvallari orasida aloqa o‘rnatishni ta‘minlab beradi.