Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud. Bir xil
turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal,
Ci kabi tillarda
yozish mumkin. Lekin, qaysi dasturlash tili yaxshi? Bu savolga javob
berish oddiy emas. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Pascal
tili boshqa tillarga qaraganda dastur tuzishni o‘rganish uchun ancha
qulay til bolib hisoblanadi.
Pascal tili Shvetsariyalik olim N.Virt tomonidan yaratilib,
keyinchalik Borland korporatsiyasi tomonidan rivojlantirildi. Bu til
rivojlantirilib Turbo Pascal, Borland Pascal va
keyinchalik esa Object
Pascal nomini oldi. Hozirgi kunda Object Pascal tili asosi bolgan
Windows muhitida ishlovchi Delphi dasturiy vositasida murakkab
professional dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Kompyuterda dasturlash oxirgi yiUarda juda tez rivojlanib, dastur
tuzishga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10—15 yil oldin o‘z
dasturlarini W i Windows muhitida yaratish ko‘pgina
dasturchilarning orzusi
edi. Delphi dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional
dasturchilar, balki oddiy dastur tuzuvchilar uchun ham keng yo‘l ochib
berdi.
Ushbu qollanma Pascal tilining asosiy operatorlariva Delphi dasturiy
vositasida dasturlar yaratish texnologiyalarini o‘z ichiga olgan.
Qollanma to‘qqizta bolimdan iborat. Har bir bolimda nazariy
ma’lumotlar va mavzuga doir misollar keltirilgan. Birinchi bolimda
algoritm, dasturlash til elementlari va uning standart funksiyalari
keltirilgan. Ikkinchi bolimda operatorlar, protseduralar va lunksiyalar
haqida ma’lumotlar berilgan. Uchinchi
bolimda Delphi dasturiy
vositasining oyna elementlari, sinf va obyektlar haqida tushunchalar
berilgan. To‘rtinchi bolimda Delphi dasturlash vositasi komponen-
talarida ishlash texnologiyalari keltirilgan va har bir mavzuga doir
misollar keltirilib, ularni bajarish tartibi berilgan.
Beshinchi bolimda Delphi dasturlash vositasi grafik va multimedia
imkoniyatlari yoritilgan. Oltinchi va yettinchi bolimlarda Delphi
dasturiy vositasining qo‘shimcha imkoniyatlari va komponentalari