Tur =( 1 Qiymat, 2 Qiymat, ... ,1 Qiymat)
Masalan:
Type
Color=(black, green, yellow, blue, red, white);
Fam=(Petrov, Sidorov, Rahimov, Sobirov);
DayOfWeek=(mon, tue, wed, thu, fri, sat, sun);
Bu yerda
Color sanoq turi beshta ranglar ketma-ketligini aniqlaydi.
Fam sanoq turi to‘rtta familiyani aniqlaydi.
DayOfWeek sanoq turi hafta nomlarini aniqlaydi.
Odatda Delphi tilida turlar nomlari T harfidan boshlanadi (Type —
tip so‘zidan).
Yangi tur ta’riflangandan so‘ng shu turga tegishli o‘zgaruvchini
ta’riflash mumkin. Masalan:
Type
TDayOfWeek = (MON, TUE, WED, THU, FRI, SAT,SUN);
var
ThisDay, LastDay: TDayOfWeek;
Sanovchi tur ta’rifi qiymatlar o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Eng
chap element minimal, eng o‘ng element maksimal hisoblanadi.
Yuqorida kiritilgan DayOfWeek turi elementlari uchun quyidagi
munosabat o‘rinli:
MON < TUE < WED < THU < FRI < SAT < SUN
Sanovchi tur elementlari orasidagi munosabat o‘zgaruvchilarni
boshqaruvchi instruksiyalarda qollashga imkon beradi. Masalan:
if (Day = SAT) OR (Day = SUN) then
begin
{ agar kun shanba yoki yakshanba bo‘lsa bajarilsin }
end;
Bu instruksiyani quyidagicha yozish mumkin:
if Day > FRI then begin
{ agar kun shanba yoki yakshanba bo‘lsa bajarilsin }
end;