Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan
bogliq bolib. ubirinchi bolib arab raqamlaridan
foydalangan holda,
arifmetik amallami bajarish qoidasini bayon etdi.
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar
algoritmga har xil ta’rif berilib kelindi. Lekin ularning bari ma’no
jihatdan bir-biriga juda yaqin edi.
Algoritm —bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma’-
lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-
ketligidir. Boshqacha qilib
aytganda, algoritm boshlang‘ich ma’lumot-
lardan natijagacha olib keluvchi jarayonning aniq yozilishidir.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va
bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi xossalarga ega: aniqlik, tushunarlilik,
ommaviylik, natijaviylik va diskretlik.
Anialik va tushunarlilik —deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan
ko‘rsatm alar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi. Chunki
ko‘rsatmalardagi noaniqliklar mo‘ljallangan
maqsadga erishishga olib
kelmaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko‘rsatmalar tushunarli
mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi.
Ommavivlik — deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir
turdagi masalalaming barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi, ya’ni
umumiy bo‘lishi tushuniladi.
Natiiavivlik —deganda algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta
natija bo‘lishi tushuniladi.
Diskretlik — deganda algoritmlami chekli qadamlardan tashkil
qilib bo‘laklash imkoniyati tushuniladi.
Algoritmning uchta turi mavjud:
chiziqli, tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi(siklik).
Chiziali akoritmlar — hech qanday shartsiz faqat ketma-ket
bajariladigan jarayonlardir.