Demografik portlash va demografik tanglik jarayoni


Dunyo bo`yicha aholining yillik tabiiy o`sishi 1,2 % ni



Yüklə 72,26 Kb.
səhifə2/2
tarix12.11.2022
ölçüsü72,26 Kb.
#68716
1   2
DEMOGRAFIK PORTLASH VA DEMOGRAFIK TANGLIK JARAYONI

Dunyo bo`yicha aholining yillik tabiiy o`sishi 1,2 % ni
tashkil etgani holda (2007 y)



Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishini 2 turga bo`lib o`rganiladi.
Aholi ko`payishining 1-tipi: “Demografik tanglik”. Bu tur uchun tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish ko`rsatkichlarining nisbatan past ekanligi xosdir. Bunga Shimoliy Amerika va Evropa davlatlari misol bo`ladi. Masalan: GFR, Daniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya, Latviya. Bu mamlakatlarda tug`ilishning kamayishiga shahar aholisining tez ortishi (shaharlarda tug`ilish qishloqlardan kam bo`ladi), ayollarning ishlab chiqarishga ko`p jalb etilishi, erkaklar salmog`ining nisbatan kamligi (15 mln.kishiga Horijiy Yevropada), katta yoshdagilar salmog`ining ortib, kichik yoshdagilar salmog`ining kamayishi sabab bo`ladi. \
Aholining tabiiy ko`payishi har 1000 kishiga 4 ta va undan kam. Masalan: Germaniyada oilaning o`rtacha me`yori 2,7 kishi. Har 4 oilaning 1tasi farzandsiz. Rossiyada ham tabiiy ko`payish ancha past bo`lib, ko`p bolali oilalarning kamayishi kam bolali oilalarning ko`payishi kuzatilinmoqda. Oilaning o`rtacha me`yori 3,2 kishini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tug`ilishning va tabiiy ko`payishning o`sishiga qaratilgan demografik siyosat olib borilmoqda.
Aholi ko`payishining 2-tipi: “Demografik faollik yoki portlash”. Bu turi uchun tug`ilish va tabiiy ko`payishning yuqori, juda yuqori va o`limning kamligi xosdir. Aholi ko`payishining bu turi rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo`lib, asosiy sabablari: mustaqillikdan keyingi hozirgi zamon tibbiyoti, sanitariya-gigiena yutuqlaridan keng foydalanish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ekonomika taraqqiyot darajasining pastligi, qishloq xo`jaligining usturligi (bolalar ishi hisoblanadi), savodsizlik, sanitariya madaniyatining etarli emasligi, ayollarning oilada va jamiyatda erksizligi, nikohga erta kirishi, ko`p bolalikni rag`batlantiruvchi diniy, iqtisodiy (mat-geroy 10 ta bolali), milliy, mahalliy odatlar.
Tug`ilish va tabiiy ko`payish yuqori bo`lgan mamlakatlar asosan Osiyo, Afrika davlatlardir. Bularda oilaning o`rtacha miqdori 6 kishi. Aholining tabiiy ko`payishi 1000:30 kishi. 90 yillari tug`ilish (1000:54) va tabiiy ko`payish (1000:41) eng yuqori bo`lgan davlat Keniya bo`lgan. Aholi ko`payishining sur`ati shunday saqlansa 17 yilda mamlakat aholisi 2 barobar ko`payadi. Buyuk Britaniya aholisining 2 hissa ko`payishi uchun 630 yil kerak bo`ladi.
Demografik portlash XX asrning 60 yillari paydo bo`lgan. Demografik portlash asosan Horijiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilinmoqda. Ma`lumki, aholisi soni 100 mln dan ortiq bo`lgan mamlakatlarning 7 tasi Osiyoda joylashgan. Bu mamlakatlarda demografik siyosat aholi tabiiy ko`payishini kamaytirishga qaratilgan (hatto konstitusiyaga kiritilgan).
Demografik siyosat – Ma`muriy (er bermaslik, ishga olmaslik, uy joy bilan yaxshi ta`minlamaslik yoki aksi), iqtisodiy (oylikni to`la bermaslik, sosial ta`minotni yaxshilamaslik, bezdetniy, geroy ona va h.k. yoki aksi) targ`ibot va boshqa tadbirlar aholining tabiiy ko`payishiga o`zi hohlagan yo`nalishda ta`sir ko`rsatishdir.


Foydalanilgan adabiyotlari:

  1. Kuznеtsоv I. “Gеоgrаfiya nаsеlеniya i хоzyaystvа mirа” Mоskvа “Drоfа” 1990. Uchеbnik 10-klаssа.

  2. Urlаnis B. “Nаsеlеniе mirа” Mоskvа, Pоlitizdаt. 1965.

  3. Аsаnоv G. Sоtsiаl iqtisоdiy gеоgrаfik lug‘аt. Tоshkеnt, “O‘qituvchi” 1990 y.

  4. www.ziyonet.uz

Yüklə 72,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin