Demografik portlash va demografik tanglik jarayoni



Yüklə 72,26 Kb.
səhifə1/2
tarix12.11.2022
ölçüsü72,26 Kb.
#68716
  1   2
DEMOGRAFIK PORTLASH VA DEMOGRAFIK TANGLIK JARAYONI


DEMOGRAFIK PORTLASH VA DEMOGRAFIK TANGLIK JARAYONI
Reja:

  1. “Demografik portlash” haqida tushuncha

  2. Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat

  3. Aholini tabiiy ko’payishini asosiy tiplari

Foydalanilgan adabiyotlar


Demografiya (qadimgi yunoncha: δῆμος - demos — xalq va γράφω - grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan 17-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855 y.da fransuz olimi A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda, asosan 1960 yilardan qoʻllanila boshladi.
Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini koʻrsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oila-viy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini oʻrganish; demografik bashorat (maʼlum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi aholining miqdoriy oʻsishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil etmogʻi lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi.
Demografik tadqiqot usuli — statistik, tarixiy taqqoslash, haritagrafik, sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari ham oʻrganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir.
Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga boʻysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan i.ch. usuli va i.ch. munosabatiga bogʻliq boʻladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish mahsuli boʻlib, turli omillar zaminida koʻpayadi. Bu jihatdan Demografiya iqtisod, sotsiologiya, geogr., tibbiyot, tarix fanlari tahlil mavzuiga yaqin boʻlib, ularning yutuqlaridan foydalanadi, ayni vaqtda, ularga muhim maʼlumotlar beradi.
Demografik jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik davlatlarda demografik maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali maʼlumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi.
Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi oʻrtasida oʻlim yuqori boʻlgan. Garchi tugʻilish yuqori boʻlsa ham aholi juda sekin koʻpaygan. 20-asrning 2-yarmidan Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida oʻlim bir oz kamayib, aholining oʻrtacha umr koʻrishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat oʻsishi roʻy berdi. Shu davrda Oʻzbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga eʼtibor berildi. Demografik tadqiqotlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Aholishunoslik i.t. lab., demografiya, ijtimoiy geogr. va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya kafedralari, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi, Mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazani oʻrganish Respublika ilmiy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti, Oʻz-bekiston Respublikasi "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazida olib boriladi.
Oʻzbekistonning demografik taraqqiyoti, uning xususiyatlari, omillari va muammolari I. Mullajonov, R. Ubaydullayeva, M. Qoraxonov, E. Ahmedov, O. Otamirzayev, L. P. Maksakova, A. Soliyev, H. Salimov, A. Qayumov, M. Boʻriyeva, O. A. Ergashev, E. Safarov, O. Saidahmedov, G. Murtazina, Z. X. Rayimjonov, R.K. Ortiqboyev va b. olimlarning i. t.larida keng oʻrganilgan. 1993 yildan Oʻzbekistonda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) oʻz faoliyatini boshlagan. Uning faoliyati mintaqa davlatlarini, Qozogʻiston va Ozarbayjonni qamrab oladi. Jamgʻarma aholi salomatligi, ayniqsa, ayollar salomatligini yaxshilash borasida tadbirlarni amalga oshiradi, mamlakatda milliy tashkilotlar, tibbiyot muassasalariga sogʻlom oilani shakllantirish maqsadida keng qam-rovli sotsiologik-demografik tadqiqotlar oʻtkazadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez tabiiy ko’payishi va buning hisobiga butun yer shari aholisi o’sish suroatlarining tezlashganligi ayrim olimlar uchun bu jarayonni “Demografik portlash” deb atashga asos bo’lmoqda. Bu jarayon natijasida ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tabiiy o’sishi bilan u mamlakatlar iqtisodiyotining erishilgan taraqqiyot darajasi o’rtasida nomuvofiqliklar vujudga kelayotganligi ham sir emas. Tug'ilishning ham o’limning ham kamligi bu mamlakatlarda aholi tabiiy o’sishining kamligini belgilaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining juda tez o’sayotganligi muhim iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelmoqdayu va dunyo demograflari tomonidan qiziqib o’rganilmoqda. SHunday qilib rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining hozirgi tabiiy o’sishi harakteri juda ko’p tug'ilishga nisbatan ham o’lish va yuqori tabiiy o’sish bilan belgilanadi. Aholining takror barpo qilinish jarayonining ko’pgina xususiyatlariga ko’ra bu mamlakatlarning yana bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Mamlakatimiz aholisiga keyingi yillarda tabiiy o’sish hisobiga har yili 537 ming kishi qo’shilmoqda.
O’zbekistonda aholining tabiiy o’sishi asosan mahalliy millatlar orasida yuqori. Aholining yillik o’sish sur’ati esa 1,7 % ga teng bo’lmoqda.
Osiyo aholisining soni esa, doimiy ravishda o’sib bormoqda. Ammo ayrim davrlarda uning dunyo aholisidagi salmogi ancha pasayib ketganligini ko’rish mumkin.
SHunday qilib, dunyo aholisining o’sish dinamikasi ko’plab va xilma xil faktorlar ta’sirida bo’ladi.
Dunyo aholisining o’sishi va bu o’sishning suroatlari yuqorida aytilganidek davom etsa, 21-asr o’rtalarga boranda, dunyo aholisi 9 mlrd kishiga, 21-asr oxirlarida esa 11-12 mlrd kishiga yetadi.
XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.
Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demograf k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kelgan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi.
Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni sabablarini demografik o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi. Dastlabki, 1-bosqichda tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholi tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demografik vaziyat "an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’riflangan demografik portlash hodisasi ro‘y beradi. Demograf k o‘tishning 3-bosqichida o‘limning pasayish jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘i lish darajasi kamayishni boshlaydi. Tug‘ilishning pasayib ketishi aholining yashash tarzi o‘zgarganligi (shaharlashuv, sanoatlashuv, mehnat unumdorligining yuksalishi, tibbi yotning rivojlanishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni o‘zgarishi va hokazo) natijasida yuzaga keladi. Yakuniy, 4-bosqichda esa tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lib, tabiiy ko‘payish minimal darajada kuzatiladi va "zamonaviy barqarorlik” deb ataluv chi demografik vaziyat vujudga keladi. Ba’zida demograf k o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya bosqichiga ham o‘tib ketadi.
Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqichini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografik o‘tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o‘xshash demograf k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografi k o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan.
Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografik o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsa lar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakatlari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aholisi har yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning demografik vaziyatidagi tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlarning saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq.
O`rta Osiyo respublikalari –O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va qirg`iziston mustaqillikka erishganlaridan so`ng o`z oldilarida turgan muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etmoqdalar. Jumladan, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash, uni bozor munosabatlariga o`tish davri talablariga muvofiqlashtirish, mavjud tabiiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa imkoniyatlardan to`la va samarali foydalanish, mamlakatning geosiyosiy mavqeini yanadi takomillashtirish masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, aholi muammolarini ijobiy hal etish, uning yashash sharoitini tubdan yaxshilash, sifat ko`rsatkichlariga e`tibor berish ayniqsa dolzarbdir.
Odatda, tabiat bilan jamiyat taraqqiyoti o`rtasida muayyan darajadagi mutanosiblik kerakligidek, aholi va iqtisodiyot rivojlanishi ham bir-biriga muvofiqlashuvi lozim. Shu ma`noda, iqtisodiyot, moddiy ishlab chiqarish jabhalari aholi (nufus) sonining o`sishiga nisbatan ancha ildamroq, ustuvorroq rivojlanmoqi kerak.
O`z navbatida iqtisodiyotning bunday bo`lishiga aholining o`sib borayotgan talab va ehtiyojlari, «sotsial buyurtmalar» ham sabab bo`ladi. Zero, faqat mustahkam iqtisodiyot negizidagina xalq farovonligi, uning moddiy va ma`naviy hayoti, turmush sharoiti yildan-yilga yaxshilanib boradi, aholining noz-ne`matlarga bo`lgan talabi to`laroq qondiriladi.
Umuman olganda, demografik va iqtisodiy taraqqiyot masalasi, ularning mushtarak birligini shakllantirish va uyg`unlashtirish dunyoning barcha mamlakatlari uchun xos va ular ushbu muammoni yechishga turlicha yondashadilar. Bu xususda asosan ikki yo`l bo`lib, u ham bo`lsa iqtisodiyot rivojini aholi o`sishiga moslashtirish va aksincha, aholi sonini mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hamda ushbu masalani davlatning rasmiy demografik siyosati asosida tartibga solish va uning o`sishini chegaralashdan iboratdir.
Albatta, bu ikki yo`nalishni qat`iy ravishda bir-biriga muqobil qo`yish xato, chunki har qanday sharoitda ham demopentrik prinsip ustun turadi. Binobarin, amalda ko`proq birinchi yo`nalish qo`llanilmoqda va bu shubhasiz, mantiqan to`g`ridir. Sababi, iqtisodiyot, moddiy borliq, milliy daromad aholi soni o`sishiga nisbatan taxminan 3-4 marta tezroq yoki ko`proq o`smog`i lozim.
Shu bilan birga ba`zi davlatlar iqtisodiy tanglik, ekologik vaziyatning nochorligi va boshqa sharoitlar tufayli aholi soni o`sishini pasaytirishga (to`xtatishga) mo`ljallangan demografik siyosatni o`tkazmoqdalar. Ayni paytda iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida aholi sonining kamayishini to`xtatish va uning barqaror o`sishini rag`batlantirishga moyil yoki intiluvchi davlatlar ham yo`q emas.
Yana shuni qayd etmoq joizki, ayrim mintaqa va mamlakatlarda ekologik muhit va ijtimoiy hayotning yomonlashuvi oqibatida aholining «aylanma harakati» (oboroti) ko`paymoqda – yuqori darajadagi tug`ilish ko`rsatkichlari ayni vaqtda, afsuski, xuddi shunay yuqori miqdordagi o`lim, va ayniqsa, ko`proq bolalarning nobud bo`lishi bilan sodir bo`lmoqda. Bu noxush holat, albatta, iqtisodiy va ijtimoiy (ma`naviyat, tarbiyaviy) jihatdan ham maqbul emas. Zero, bunday sharoitda aholining o`rtacha yashash umri qisqaradi, uning sifat ko`rsatkichlariga, naslu-nasabi, sog`lom avlodni yetishtirishga katta zarar yetkaziladi.
Ma`lumki, O`rta Osiyo davlatlarining aholisi nisbatan jadal sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Masalan, mintaqa aholisi 1865-1999 yillar mobaynida 8 marta oshdi: 1865 yilda bu yerda taxminan 5,2 mln. kishi yashagan edi, hozirgi kunda esa bu raqam 40 mln. atrofida (2000 yil boshida). Shu yillar davomida O`zbekiston aholisi 8,5-9 barobar ko`paydi; qolgan qo`shni davlatlarda ham u taxminan shu miqyosda oshdi. Agar 1865 yilga nisbatan qaralsa, region aholisi 1938-1939 yilarga kelib 2 barobar ko`paydi. Demak, buning uchun taxminan 75 yil talab etildi. Keyingi yillarda esa aholisining ko`payishi ancha jadallashadi-1970 yilga kelib aholi soni yana hissaga oshdi va 20 mln. kishini tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda, aholi sonining bunday ko`payish davri deyarli 2 martaga qisqardi va atigi 32-33 yilga teng bo`ldi, xolos. Aytish mumkinki, asrimizning oxiriga kelib mintaqa aholisi 1970 yilga nisbatan yana ikki hissa ko`paydi, ya`ni 30 yil davomida uning soni 40 mln-dan oshib ketdi.
Sobiq SSSRning aholisi eng avvalo O`rta Osiyo respublikalari hisobidan ko`payib borardi: mamlakat yillik o`rtacha aholi sonining ko`payishining taxminan 35 foizi O`rta Osiyoga, shundan 20 foizi O`zbekistonga to`g`ri kelardi. Binobarin, o`sha yillarda mintaqada o`ziga xos demografik vaziyat vujudga kelgan edi.
Aholining o`rtacha yillik ko`payish sur`ati ham yuqorilashib bordi. Chunonchi, bu raqam 1926-1939 yilarda 2,55 (SSSR-2,00), 1939-1959 yy.-1.30 (0,50), 1950-1970 yy. 3,45(1,35) va 1070-1989 yy.-2,70 (0,90) foizni tashkil etadi. To`g`ri, eng so`nggi yilarda bu yerda ham demografik rivojlanish jarayoni susaydi-hozirgi paytda ko`rilayotgan ko`rsatkich 2,0 foizdan oshmaydi (masalan, O`zbekiston aholisi 1999 yilda 351 ming kishiga yoki 1,4 foizga ko`paydi). Buning sababi turlicha: aholining tashqi migratsiyasi kuchaydi, tug`ilish biroz pasaydi, o`lim va ayniqsa bolalar o`limi ancha yuqori.
Mintaqa aholisi asosan tabiiy ko`payish negizida o`sib bormoqda. Tabiiy ko`payish esa bu yerda an`anaviy ravishda yuqori va yillar davomida uning pasayishi asta-sekin amalga oshmoqda. 1998 yilda tug`ilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga nisbatan) qirg`iziston va Turkmanistonda 22, Tojikistonda 25 kishi, o`lim, yuqoridagilarga mos ravishda 7 va 6 kishini tashkil qiladi. Bolalar o`limi Tojikistonda 25, qirg`isitonda 26, Turkmanistonda 38 promilledan iborat. O`zbekistonda xuddi shu yili tug`ilish 23,0, o`lim 5,8 va bolalar o`limi 21,8 promillega teng bo`ldi.
Shu bilan birga mintaqaning demografik rivojlanishida aholi migratsiyasining rolinini ham inkor etib bo`lmaydi, albata. Bu yerga chetdan (xususan Rossiya rayonlaridan) aholining ko`chib kelishi XIX asrning so`nggi choragida, ikkinchi jahon urushi yillarida ancha avj olgan edi. 80 nchi yillar oxiri va 90-yillarning birinchi yarmida esa aks vaziyat yuzaga keldi- O`rta Osiyodan «kelgindi» aholining qayta ko`chib ketishi ko`paydi. Agar dastlabki yilarda g`ayri mahalliy milatlar ko`proq uzoq xorijga (AqSH, Isroil va boshqalar) ko`chib ketgan bo`lsa, keyinchalik emigratsiya jarayoni «yaqin xorij», ya`ni sobiq ittifoqdosh respublikalarini va birinchi navbatda Rossiya, Ukraina davlatlarini ham qamrab oldi.
Misol tariqasida, quyidagi raqamlarni keltirish o`rinli: O`zbekiston Respublikasidan 1980 yilda «uzoq xorijga», ya`ni sobiq SSSR hududidan tashqariga 900 kishi ko`chib ketgan bo`lsa, 1998 yilda tashqi migratsiya 3580 kishini, 1989 yilda-10100 va 1990 yilda 41934 kishini tashkil etdi. qirg`istonda ushbu raqamlar yuqoridagi yillarga mos ravishda 957, 10618, 16757 va 18035 kishiga, Tojikistonda 905, 10463 va 12468 kishiga teng. Faqat Turkmanistonda emmigratsiya jarayoni sustroq. Bu yerdan 1980 yilda atigi 25 kishi, 1988 yilda –56, 1989 yilda –57, 1990 yilda –302 kishi ko`chib ketdi, xolos.
90-yillarda tashqi migratsiya yanada kuchaydi. Misol, birgina O`zbekistonda aholi almashuvining natijasi, ya`ni saldo migratsiya (migratsiya qoldig`i) 1997 yilda 48,4 va 1998 yilda 50 ming kishini tashkil qildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim ko`rsatkichlaridan biri aholining o`rtacha umr ko`rishidir. Mazkur holat O`zbekistonda erkaklar uchun 66, ayollar uchun esa 72 yilga barobar; qirg`izistonda u 63 va 71, Tojikistonda 66 va 71, Turkmanistonda 62 va 69 yilni tashkil qiladi. («Naseleniye i obhestvo» axborotnomasi ,№ 38 avgust, 1999).
Keyingi yillarda O`zbekistonda ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi jadal rivojlanmoqda. Masalan, chop etilgan ma`lumotlarga qaraganda, respublika bu borada 1999 yilda MDX mamlakatlari orasida birinchi o`ringa chiqib oldi; bu yerda sanoat mahsulotlari 1991 yilga nisbatan 117 foizga o`sdi. Hamma narsa taqqoslashda, qiyoslashda ravshanlashadi, deyishadi. Shu nuqtai nazardan yondoshsak, bu ko`rsatkich Rossiyada 53, Ukrainada 51 va qozog`istonda 48 foizga tengligini guvohi bo`lamiz. Raqamlar o`z-o`zicha vaziyatni real ko`rsatmoqda va ularni ortiqcha tahlil qilishga zaruriyat bo`lmasa kerak.
Aholining yoshi va jinsiy tarkibini o’rganish muhim ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega. Butun mamlakat va uning ayrim rayonlari aholisining yoshi va jinsiy tarkibini aniq bilish mehnat resurslarining sonini hisoblab chiqishga, uning hozirgi soninigina emas, balki kelajakda qanday o’sishni ham aniq bilib olishga, sh shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalariga, maktabning birinchi sinfiga boradigan bolalar sonini bilish, shunga ko’ra tegishli planlashtirish ishlarini oldindan olib borishga imkon beradi.
Aholining jinsiy tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, umuman yer shari bo’yicha yangi tug'ilgan chaqaloqlar orasida o’g'il bolalarning soni qiz bolalarga nisbatan bir oz ko’proq bo’ladi. Yuqorida qayd etib o’tiganidek, yangi tug'ilgan chaqaloqlar orasida o’gil bolalarning qiz bolalarga nisbatan bir oz ko’proqligi 15-20 yoshlargacha saqlanadi.
Aholining yosh tarkibiga uning tabiiy ko’payishi, migratsiya va urushlar katta taosir qiladi. Aholisining yosh guruhlari nisbatan qarab, dunyo mamlakatlarini ikkita asosiy tipga bo’lish mumkin.
Aholining yoshi va jinsiy tarkibiga urushlarning bevosita va bilvosita taosirini aholining yoshi va jinsiy tarkibi bo’yicha berilgan piramidada yaqqol ko’rish mumkin.
Aholining yosh tarkibida ham mamlakatimizda ayrim territorial farqlar bor. Aholining insiy tarkibida Respublikamiz hududida hotin-qizlar soni erkaklarga nisbatan kam bo’lgan. Masalan, 1926 yilgi ro’yxat maolumoti bo’yicha O’zbekistonda xotin-qizlar salmog'i 47, %, 1939 yilda 48,4 % edi. Ulug' Vatan urushi O’zbekiston aholisining jinsiy tarkibiga ham putur yetkazdi. Urushdan keyin o’tkzilgan dastlabki ro’yxat yakunlari bo’yicha, bu yerda birinchi bor xotin-qizlar soni va salmog'i erkaklardan oshib ketdi (52 %).

O'zbekistonda xotin-qizlar salmog'i



O’zbekiston aholisining yosh tarkibi ham mamlakatimiz o’rtacha ko’rsatkichidan farq qiladi. CHunki, turli yoshdagi aholining soni va salmog'i o’sha territoriyada aholining takror barpo qilinishi rejimini harakteriga ko’p jihatdan bog'liq bo’ladi. O’zbekistonda uzoq umr ko’ruvchilar ham ko’payib bormoqd. Masalan, 1959-1970 yillar orasida Respublikaning barcha aholisi 45 % ko’paygani holda 80-90 yoshdagi qariyalar soni 63 %, 90-99 yoshdailar soni 45 % ko’paydi va h.k. 1970 yilda O’zbekistonda 80-100 va undan ham katta yoshdagilar aholi soni ancha yuqori bo’ladi.
Aholining ko`payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta`sir etadi. Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishi yiliga 90 mln. kishi, ya`ni tabiiy ko`payish 2%ni tashkil etsa, O`zbekiston aholisi 2,9%ga o`smoqda.




Yüklə 72,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin