Mos ravishda aholining boshlang‘ich soni 20 marotabaga ko‘payishi davri 101 yil 4 oyni tashkil qiladi.
Demografik tadqiqotlarda aholining istiqboldagi soni aholining yosh-jins tarkibi bo‘yicha prognoz qilinadi va unda aholining yosh-jins tarkibidagi o'zgarishlar nisbatan aniq yoritiladi. Aholini yoshi bo‘yicha prognoz etishda «yoshni siljitish» usulidan foydalaniladi. Bunda aholining istiqboldagi soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Lx* Px = Lx+ \, (12.19)
bu yerda:
Lx — x yoshgacha yashashi mumkin bo‘Igan
aholi soni;
Px — x + 1 yoshgacha yashashi mumkin bo'lgan ehtimollik koeffitsienti;
Lx+[ — x + 1 yoshgacha yashashi mumkin bo'lgan aholi soni.
Demak, har bir yoshdagi aholi soni (Z.J har biryosh yashashi mumkin bo'lgan ehtimollik koeffitsienti (P
r) yordamida bir yoshdan (Z.J ikkinchi yoshga
(Lx + 1) siljitiladi.
Masalan, 2010 yilda 55 yoshdagi aholi soni 123557 ga teng, 55 yoshdan 56
yoshgacha, ya'ni bir yilda shu guruh aholisining yashash ehtimollik koeffitsienti 0,98588 ga teng. Bu koeffitsientni topish uchun asosiy yosh guruhlari bo‘yicha har 1000 kishiga hisoblangan o‘lim ko‘rsatkichidan foydalanildi. Aytaylik, aholining 55-59 yoshdagi guruhi uchun o‘limning maxsus ko‘rsatkichi 14,12 %oga teng yoki har 1000 ta 55-59 yoshdagi aholida o‘lganlar soni 14,12 ni tashkil etgan
Px
1000-14,12
1000
= 0,98588 .
Shundan so‘ng 55 yoshdagilar soni — 123557 topilgan koef- fitsient 0,98588 ga ko‘paytirilib, keyingi yilda 56 yoshga kiradiganlar soni hisoblanildi. Yoshdan yoshga o‘tib borgan sari yashash ehtimollik koeffitsienti ham o‘zgarib boradi. Bu koeffitsient res- publikada aholining yosh guruhlari bo‘yicha so‘nggi besh yillikdagi o'limning maxsus koefl'itsienti asosida hisoblab chiqildi. Shu tariqa istiqboldagi aholi soni prognoz qilindi.
Shunday qilib, ekstropolyatsiya, matematik funktsiyalar, yoshni siljitish va boshqa bir qator usullardan foydalanib aholi sonining istiqbol ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Tug‘ilish tendentsiyalarini istiqbolli baholash
Tug‘ilish dinamikasiga juda ko‘p omillar va vaziyatlar ta’sir o‘tkazadi, ular rivojlanishining haqiqiy yo‘nalishini oldindan aytib berish juda mushkul, ko‘pincha esa umuman iloji yo‘q. Istiqbolda tug‘ilish darajasiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi uchta omilni ajratib ko‘rsatish mumkin:
demografik to'lqinlar, ya’ni oraliqdagi reproduktiv kogortlar miqdoridagi tebranishlar;
kogortlar qatori mahsuldorligining tugashi;
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar.
Hammasidan ham ko‘ra, demograftk to‘lqinlar osonroq baho- lanadi, chunki reproduktiv yoshdagi ayollar soni va ularning yosh tarkibidagi tebranishlar, awalambor, joriy tug‘ilish
darajasida emas, balki tug'ilayotganlar sonida aks etadi.
2003-2005 yillar oralig'ida 1980-yillarning ikkinchi yarmida tug'ilganlarning ko'plab avlodlari reproduktiv yoshda bo‘lib qol- moqda. Biroq, 2008-2010 yillarga kelib 1990-yillarning bosh- larida kuzatilgan tug‘ilishning keskin kamayib ketishining oqibatlari o‘zining to‘liq kuchini ko‘rsatadi.
Demografik to‘lqinlar tug‘ilishga uning yosh bo‘yicha jadalligiga bilvosita nikoh orqali ta'sir qilishi, aniqroq aytadigan bo‘lsak — nikohga qodir bo‘lgan kontingentlar tarkibi orqali ta’sir qilishi mumkin.
Kogortlar mahsuldorligining tugashi vaqt bo‘yicha ancha cheklangan. Masalan, 1989 yilda 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar reproduktiv yosh chegaralarini 2019 yildan keyin tark etadi. Lekin, ushbu paytgacha ular tug'ilish darajasiga ta'sir ko‘rsata oladi.